Informatika va at fanini o’qitishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish



Yüklə 488,17 Kb.
səhifə6/19
tarix22.03.2024
ölçüsü488,17 Kb.
#180614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Informatika va at faninih

Videoproektordan foydalanish
Videoproektordan foydalanish umuman olganda toza tutish va havo filtrini tozalab turish va almashtirishdan iborat bo’ladi. Havo filtrini har 100 ish soatidan keyin bajarish kerak, agarda u chang va tutunli xonada ishlatiladigan bo’lsa kamroq vaqtda almashtirish zarur. Bu juda muhim shart, chunki proektor qizishi rejimini kuzatib borish – uning buzilmasdan ishlashi garovidir. Shuning uchun proektorni o’rnatayotganda uning havo kiradigan yo’llariga havo bemalol kelib turishini ta`minlashga e`tibor berish kerak. Noto’g’ri issiqlik almashuvi yoki havo filtrining ifloslanishini ko’rsatuvchi aniq belgisi proektorning ko’p ishlamay turib, qizishini ko’rsatuvchi indikatorning yonib turishi yoki uning avtomatik o’chib qolishi hisoblanadi.

I.4 Interaktiv elektron doska


Interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni, balki barcha turdagi ma’lumotlarni berish bilan birga odatiy matn yozish (konspekt qilish)ni bartaraf etib, vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Tinglovchilar dars yakunida dars jarayonida keltirilgan barcha ma’lumotlar va yozuvlarni fayl ko‘rinishida yozib olish va undan keyinchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Interaktiv doskalar ma’lumot olish samaradorligini oshiradi.
Barqarorlashib ulgurgan interaktiv texnologiyalarning dunyobozori mavjud bo‘lib, uning o‘z etakchilari va o‘rtamiyonalari mavjud. Ularning hammasi ham biznes, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalar uchun texnologiyalar ishlab chiqadi. To‘lig‘icha buyurtmachiga yo‘nalgan kompaniyalarning paydo bo‘lishi soha rivojiga qo‘shimcha impuls bag‘ishladi. Endilikda bu kabi kompaniyalar ishi mijozlar fantaziyasi va mablag‘lari byudjetiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Interaktiv jihozlar ishlab chiqarishda dunyoda etakchilik qilayotgan Prometheam (Buyuk Britaniya, Activboard interfaol sinf doskalari), Interwrite Learning (AQSH, Interwrite tm Board), Smart Technologies Inc (Kanada, SMART Board), Hitachi (YAponiya, Hitachi Starboard IT)), Polyvision (Koreya, Poly Vision IT), Panasonic (YAponiya, Panasonic Panaboard nusxa ko‘chiruvchi va interfaol doskalar) va boshqalar nafaqat interaktiv qurilmalarni boshqarishni, mashg‘ulotlar davomida ilovalar yaratish va boshqa funksiyalarni, balki anchagina samarador ishlashni ham tutib turadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni taklif qilishadi. Ta’lim oluvchilar kabi o‘qituvchi ham ma’ruza konspektining yoki boshqa mashg‘ulotning istalgan o‘rniga, muhim jihatlarni yodga olish, xotirada tiklash uchun qatnashishi mumkin, konspektning o‘zi esa harakatlar ketma-ketligi va real mashg‘ulotning umumiy muhitini qayta yaratadi. Bunday o‘quv materialining jiddiy farqi ularning samaradorligidan iborat: o‘qituvchi materialning (matn, grafik, interfaol) sharhlab berish va mustahkamlash zarur bo‘lgan o‘rinlariga e’tiborini jamlaydi, materialni passiv taqdim qilish bilan taqqoslaganda yaxshiroq tushunish va o‘zlashtirishga erisha boradi.
Interfaol doskalarda qo‘llanadigan texnologiyalar to‘rt asosiy tipga bo‘linadi:

Yüklə 488,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə