Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix10.09.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#121590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

Venn diagrammasi. 
Venn diagramma-grafik ko’rinishda bo’lib, olingan 
natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq 
predmetni (ko’rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. 
Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi. 
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli 
va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish. 
Amalga oshirish bosqichlari: 
1-bosqich. O’quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to’ldiradilar, har bir 
doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o’tiladi. 
2-bosqich. O’quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, 
diagrammalarni taqqoslaymiz va to’ldiramiz. 
3-bosqich. Kichik guruh o’quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, 
ko’rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz. 
4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o’ziga xos 
tomonlarini o’qiydi. Boshqalar zarurat bo’lganda uni javobini to’ldiradilar. 
5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi 
(umumiy) xususiyatlarni o’qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo’lganda bu javoblarni 
to’ldiradilar. 


21 
“T-sxema” metodi. 
T- sxema metodida bahs davomida javoblarni 
(haG`yo’q, tarafdorG`qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo’lib 
xizmat qiladi. 
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi 
T- sxemani tuzish kerak: 
Tarafdor 
Muammo 
Qarshi 
Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh 
minut davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan 
bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar 
sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida 
o’quvchilar o’zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- 
sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə