Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə36/38
tarix21.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#118394
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Иммунология

Vaksina oluvchi- larning yoshi

Vaksina prcparatlari nomi

1.

1-kun

VGB-1 (gepatit B-virusiga qarshi)

2.

2-5 kun

BSJ (silga qarshi)
OPV-O (shol-poliomiyelitga qarshi)

3.

2-oyda

AK.DS-1 (ko'k yo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi) OPV-1 (shol-poliomiyelitga qarshi) VGB-2 (gepatit B-virusiga qarshi)

4.

3-oyda

AK.DS-2 (ko'k yo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi) OPV-2 (shol-poliomiyelitga qarshi)

5.

4-oyda

AKDS-3 (ko'k yo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi) OPV-3 (shol-poliomiyelitga qarshi)

6.

9-oyda

Qizamiq - I
VGB-2 (gepatit B-virusiga qarshi)

7.

16 oyda

AKDS-4 (ko'kyo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi) OPV-4 (shol-poliomiyelitga qarshi)

8.

1-sinf (7 yosh)

ADS-m-5 (bo'g'ma va qoqsholga qarshi) OPV-5(shol-poliomiyelitga qarshi) BSJ R-l(silga qarshi revaksinatsiya)

9.

8-sinf (14-15 yosh)

BSJ R-2(silga qarshi revaksinatsiya)

10.

16 yoshda

ADS-m-6 (bo'g'ma va qoqsholga qarshi)

11.

26 yoshda

ADS-m-7 (bo'g'ma va qoqsholga qarshi)

12.

46 yoshda

ADS-m-8 (bo'g'ma va qoqsholga qarshi)

Zardobli immun preparatlar


Bularga asosan immun zardoblar va immunoglobulinlar kiradi. Immun zardoblar amaliyotda davolash, profilaktik, diagnostik maqsadlarda ishlatiladi. Profilaktik va terapevtik maqsadda qo'llanilganda bu preparatlar inson organizmida passiv orttirilgan immunitetni hosil qiladi. Preparatlarning ta'sir qilish mexanizmi maxsus AT ni agglyutinatsiyalovchi, pretsepitatsiyalovchi, komplement bog'lovchi, litik va neytralizatsiya qiluvchi xususiyatlariga asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, inson organizmiga tayyor effektor AT lar kiritiladi. Shuning uchun bu preparatlarni profilaktikada va terapiyada qo'llash mumkin. Immun zardoblar asosan organizmga parenteral yo'l bilan kiritiladi, ularning effekti uzoq (2-6 hafta) bo'lmaydi.
Davo-profilaktika zardoblari va immunoglobulinlar bir necha marta antigen yuborilgan (giperimmunizatsiya qilingan) otlar yoki emlangan, yuqumli kasallikni boshidan kechirgan kishilar qonidan tayyorlanadi.
Diagnostik zardoblar (antizardoblar) esa quyonlarni emlash yo'li bilan olinadi. Bu zardoblar agglyutinatsiya, pretsipitatsiya hosil qiluvchi va eritrotsitlarni erituvchi (gemolitik) zardoblarga bo'linadi. Ulardan serologik reaksiyalarda mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishda foydalaniladi.
Organizmning u yoki boshqa bir yuqumli kasallikka va turli allergenlarga nisbatan sezuvchanligi oshib qolganligini aniqlash maqsadida qo'llaniluvchi preparatlar "allergen" lar deb ataladi. Allergen sifatida mikroorganizmlardan va boshqa tabiiy, sun'iy moddalardan ajratib olingan Ag-allergenlar qo'llaniladi. Organizmning allergik holatini (sezuvchanlikni oshganligini) allergik sinamalar orqali aniqlash mumkin. Ko'pchilik yuqumli kasalliklarda kasallik qo'zg'atuvchisiga nisbatan organizmning sezgirligi oshadi, shuning uchun allergik sinamalar yuqumli kasalliklar diagnostikasida ham (sil kasalligida Mantu, Pirke, brutsellezda Byurne, 66-rasm) qo'llaniladi.
Immunomodulyatorlar
Oxirgi yillarda klinikada va klinik immunologiyada ko'plab immun tizimga aktiv ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar qo'llanilmoqda (33-34- jadval). Immunomodulyatorlarning "ta'sir immun nuqtasi" mavjud, ya'ni bu preparatlar uchun nishon immunokompetent hujayralar hisoblanadi. Bu preparatlarni klinik ko'rsatmadan kelib chiqqan holda davolashda va profilaktikada qo'llash mumkin.
Euhiotiklar - odam normal mikroflorasidan olingan tirik mikrob kulturalari bo'lib, disbakterioz kasalliklarini davolashda keng qo'llaniladi. Asosan eubiotik sifatida ko'proq liofilizatsiya qilingan mikrob kulturasi ishlatiladi (Linex, bifikol, bifidumbakterin, bakterin, laktobakterin va boshqalar).

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya