Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: tojiboyeva z



Yüklə 489,22 Kb.
səhifə2/13
tarix05.05.2023
ölçüsü489,22 Kb.
#108679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tojiboyeva Z optika kurs ishi 2-G fizika





KIRISH


Hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga ta’lim – tarbiya, ilm – fan, kasb – hunar o’rgatishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasida yagona va uzliksiz ta’lim tizimi joriy etila boshlagach, har bir ta’lim turi bo’yicha ma’lum maqsadli vazifalarni bajarish lozimligi ayon bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatorida fizika fani predmetining o’qitilishini ham tubdan yangilanishini talab etmoqda.
Fizika ta’lim konspsepsiyasiga muvofiq fizika ta’limning yo’nalishi hamda maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi o’quvchilarning siyosiy–g’olbiy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan ijobiy munosabatini shakllantirish kasbga yo’naltirishni ko’zda tutadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, yurtimizda 1997 – yildan boshlab hozirga qadar 2 trillion 368 milliard 730 million so’m mablag’ sarflab, 1364 ta kasb – hunar kolleji, 137 ta akademik litsey bunyod etganimiz barcha uzoq va yaqin qo’shnilarimizning, jahon hamjamiyatining e’tibori hamda xavasini o‘ziga tortayotgani albatta bejiz emas. Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak, ma’naviytli, ma’daniyatili o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan mohir pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muommolardan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o’quv yurtlari muhum o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida ularning soni ikki barovar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet hamda oliy o’quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlanadiganidek: “Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun ularga zarur barcha imkoniyat hamda sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”. Shu jihatdan mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar o’quv jarayoniha nosbatan o’zgacha mazmun, o’zgacha talab va o’zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayoni mazmun jihatdan avvalgidan tubdan farqlanadi.
Ilg’or pedogogik texnologiya “Ta’lim tog’risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida olib borilayotgan tubdan islohatlar asosiy yo’nalishlarining eng bosh harakatlantiruvchi kuchidir. Mamlakatimizda kimyo sanoatining kimyoviy ta’limni rivojlantirish bilan chambarchas va uzviy bog’liq. XXI asrga kelib ta’limning turli bo’g’inlarida (maktablar, akademik litseylar, kasb – hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari ) fizik ta’limni takomillashtirishni hayotning o’zi taqazo etmoqda. Chunonchi, hozirgi zamon odami qanday kasbni egallashdan qa’tiy nazar minglab turdagi tabiiy, sun’iy va sintetik usullarda olingan oziq – ovqat, dori – darmon, kiyim –kechak va sanoat mahsulotlaridan foydalaniladi. Mazkur mahsulotlarning fizik tarkibi va xossalarini har bir kishining bilishi ulardan to’g’ri, oqilona va tejamli foydalana olishlari uchun ham juda zarurdir [1].
Kurs ishining dolzarbligi: Biz kundalik hayotda turli xil fizik hodisalar, qonuniyatlarga duch kelamiz. Hamma ham bu qonunlarni tushuna olavermaymiz, shuningdek, deyarli e’tibor bermaymiz. Misol tariqasida erta tongda quyosh ufqqa ko’tarilib, tahminan 8 daqiqada quyosh nurining yerga yetib kelishi bilan tong otadi va kechga borib quyosh uffqa botishi bilan kun qorayib tun boshlanadi. Bularning barchasi fizik qonuniyatlar asosida ro’y beradi. Shuningdek kun davomida ko’pgina fizik hodisalarga duch kelishimiz mumkin. Shulardan biri yorug’lik qonuniyatlari. Bugungi shiddatli zamonda insonlarning tobora ehtiyoji ortib bormoqda. Xususan energiyaga ham. Muqobil energiya manbalarini topish insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu kabi masalalardan faqat ilmiy yondashibgina yechim topish mumkin. Biz quyosh nuri energiyasidan foydalanishni boshladik. Quyosh batareyalari bugungi kunda ko’pchilikni energiya manbayi bilan ta’minlamoqda. Energiyaning bu turi ekologik toza va arzonroq hisoblanadi. Bulardan ko’rinib turibdiki biz yorug’lik haqida ko’proq va chuqurroq o’rganishimiz kerak.



Yüklə 489,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə