Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 440,66 Kb.
səhifə9/112
tarix13.04.2023
ölçüsü440,66 Kb.
#105438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112
Ijtimoiy pedagogika

O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g‘oyalari
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg‘onish davri olimlarining asarlari alohida o‘rin tutadi. Ular faoliyatining mohiyati o‘sha davrgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiylashtirish usullarini ilmiy asoslangan tizim holatiga keltirganliklaridadir. Yetuk olimlarning faoliyatidagi o‘ziga xoslik, ya’ni doimiy ilm bilan mashg‘ul bo‘lish, bilimga chanqoqlik ularning ijtimoiy pedagogik qarashlarining mazmunida o‘z aksini topadi.
Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi olimlar o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o‘sib kelayotgan avlodga qaratish g‘oyasini ilgari surishgan va buni tadbiq etishgan.
Bu, avvalambor, ular ta’limning maqsadini hayotga tayyorlash, axloqiy me’yor va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo‘lishda, deb bilganliklarida namoyon bo‘lgan.
Mashhur olim Al-Xorazmiy (783-850 y.) asarlari yorqin didaktik tavsifga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo‘lga kiritilishi, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishi va jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1050 y.) ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U, shuningdek, ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Allomaning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo‘naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o‘z ifodasini topgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.) o‘z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Olimning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof-muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o‘qitish haqidagi g‘oyalari hozir ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko‘nikmalari jamoa bo‘lib o‘qitish shaklida yaxshi shakllanadi.
Markaziy Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o‘rnini ijtimoiylashuvning mikroomillar: muhit, oila va o‘quvchilar guruhiga e’tibor qaratganlarida hamda ota-onalar pedagog va o‘quvchining harakatlarini mujasamlashtirish kerakligi bilan bog‘liqlikda berganliklarida yorqin namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘rta asr olimlari ijtimoiy pedagogika sohasida katta meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmini rivojlantirishda muhim manba hisoblanadi.

Yüklə 440,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə