Ijtimoiy pedagogika-integrallashgan bilim sohasi sifatida


Bu uning fan sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan; 2) ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan



Yüklə 59,39 Kb.
səhifə2/2
tarix19.06.2023
ölçüsü59,39 Kb.
#118047
1   2
ABDURASHIDOV ABBOSBEK kurs ishi Ijtimoiy pedagogika

. Bu uning fan sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan;
2) ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan. Bu yerda ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteri, ta’siri haqida gap bormoqda;
3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y bergan. “Nochor” va tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda, katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-pedagogik faoliyat boshlangan. Eng asosiysi, ijtimoiy pedagogik faoliyat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratilgan. Ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning eng asosiy vazifasi bolalarni ijgimoiy jihatdan himoya qilish g‘oyasi birlashtiradi. Biroq, XVIII-XIX asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldiriladi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga e’tibor kuchayadi. Unda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina boshlandi. Bu ishlarning davomi Yevropa va Amerika qit’alarida ro‘y berayotgan o‘zaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘z aksini topishi kerak bo‘ldi. Industriyalashtirish qishloq aholisining shaharga ommaviy migrasiyasini keltirib chiqardi. Qishloq aholisining yangi turmush tarziga moslashishda qiyinchiliklarga uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik ko‘paydi. Kam rivojlangan Yevropa davlatlaridan aholi ko‘chib kelishining ortishi sababli AQSHda ahvol nihoyatda og‘ir edi. Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi kuzatildi. Cherkov shu paytgacha axloqiy me’yorlarning an’anaviy tashuvchisi bo‘lib kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotdi. Shu bilan birga, Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Ushbu masalani hal qilish vositalarini topish zarurati paydo bo‘ldi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil turtki bo‘ldi.
Shunday qilib, nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan fanga kiritilgan «ijtimoiy pedagogika» atamasi XX asr oxiriga kelib rasmiy ravishda keng qo‘llanila boshlagan.
Aynan shu vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizasiyasi tarixida ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’yektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga eng birinchi navbatda falsafa orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ijtimoiy pedagogikaning qator fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sosiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi. Aynan shu davrda “pedalogiya”- bolani har tomonlama o‘rganish haqidagi fan rivojlana boshladi. Uning asoschilari E. Meyman, S. Xoll, Torndayk hisoblanadi. Bu borada Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagog olimlardan Georg Kirshenshteyner (1854-1932, Germaniya), Jon Dyui (1859-1952, AQSH), Vilgelm Laylarning (1862-1926, Germaniya) nomlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. G. Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarda bolalarning sust qabul qilishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini ijodiy amalga oshirishga, ijodga ko‘ra isloh qilish g‘oyasiga asoslanadi. Kirshenshteynerning ijtimoiy-pedagogik qarashlarining asosini bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish kerakligi tashkil etadi.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Amaliy natija hamda biznesda muvaffaqiyatga erishish mazkur pedagogikaning oliy qadriyatlari hisoblanadi. Jon D’yui xizmatlari shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilganidadir.
Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlar orasidagi o‘rni borasida “Bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning bir sohasi bo‘lib qolaveradimi?”, degan masalada bahs-munozaralar davom etmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G Noll va G Boymer (1920-1930 y.) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmagan huquqbuzarlarning profilaktikasi, deb tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natorp (XX asrning 20-yillari) umuman boshqacha ta’riflagan. U ijtimoiy pyedagogika xalqning madaniy va axloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy kuchlarini yaqinlashtirish muammosini tadqiq etadi, deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko‘proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika insonni hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan.
XVIII asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish, ijtimoiy pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlash kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Xususan, XX asrning 70-yillaridan boshlab Germaniyada oliy ma’lumotli ijtimoiy pedagoglar tayyorlana boshlangan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ijtimoiy pedagogik muammolarning global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1959 yilning 20 noyabrida va 1989 yilning 20 noyabrida qabul qilingan «Bola huquqlari Deklarasiyasi» guvohlik beradi. Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga va boshqa bir qator muammolarni hal qilishga qaratilgan.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning an’ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda. Davlat ta’lim standartlarini va darsliklarni yaratish, mugaxassislar tayyorlash, o‘quv rejalari va dasturlarni tuzish mavjud tajriba va chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida amalga oshirilishi kerak. Chunki Germaniya, Angliya, AQSH kabi davlatlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi quyidagi omillar bilan izohlanadi. Jamiyat tarixini sinfiy kurashlar tarixidangina iborat deb izohlovchi, har qanday ijtimoiy fan faol ravishda sinfiy xarakterga ega deb tushuntiruvchi sobiq marksizm-leninizm metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishguncha pedagogika tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar tarixining nursiz bir nusxasi tarzida talqin etib kelishdi. Lekin, vaqt bu metodologik asosning yaroqsiz ekanligini qayta-qayta ko‘rsatdi. Vaholanki, qadimiy Turon, Movorounnahr, Turkiston va hozirda O‘zbekiston deb ataluvchi hududda yashab kelgan turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlar, xususan, o‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq ijtimoiy pedagogik merosini faqat jahon ilmi-fani va ijtimoiy pedagogika tarixi fani talablari asosida o‘rganib va tasnif etib talabalarga yetkazish mustaqillik davrining eng dolzarb masalasidir.Burhoniddin o‘g‘li Nasriddin Rabg‘uziyning XIII asr oxiri XIV asr boshi “Qissasi Rabg‘uziyi” asarida zikr etilishicha, Nuh payg‘ambar Odam Atoning o‘ninchi bo‘g‘ini bo‘lib, uning to‘rt o‘g‘li bir qizi bo‘lgan. O‘g‘illarining birinchisi Som, ikkinchisi Xom, uchinchisi Yofas, to‘rtinchisi Kanan bo‘lgan. Keyinchalik Som hind xalqining otasi bo‘lgani uchun Abulhind, Xom forsning otasi bo‘lgani uchun Abulfors nomi bilan ataganlar. Xulqu-odob bobida ota mehrini uyg‘otgan Yofasga esa hokimlik qilish uchun Turkiston berilgan. Shuning uchun ham bu yurt uning sharafiga Abulturk-Turkning otasi demakdir.Ana shu fikr Temurning “Zafar yo‘li” asarida ham o‘z isbotini topgan. Unda “Bizning ajdodimiz Abulturk Yofasning o‘g‘li Nuhning nabirasi va turklarning buyuk xoni erdi”10, deyilgan. Eslatib o‘tganimizdek, “Amir Temur vasiyati kitobi”ning 3-betida bu fikr mazmunan quyidagicha chuqurlashtirilgan, boyitilgan:
“Biz kim Mulki Turon,
Amir Turkistonimiz.
Biz kim, millatlarning,
Eng qadimgi va ulug‘i,
Turkning bosh bo‘g‘inimiz”.
“Turkning bosh bo‘g‘inimiz” degan iborasi Turon zaminu Turkistonda azal-azaldan o‘zbeklar bilan yonma-yon yashab kelgan turkman, qozoq, qirg‘iz, qaroqalpoq, tojik va boshqa qardosh xalqlar va elatlarni aslo kamsitmasligini alohida ta’kidlamoqchimiz.Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo‘lsada, u ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘ro‘g‘li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko‘ramiz. Katta Xorazmda yaratilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ajdodlarimizning ko‘p ming yillik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, ma’naviyati, tili, yozuvi, urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari, ta’lim-tarbiya tizimi va pedagogik qarashlarini o‘rganish uchun bebaho yozma manbadir. “Avesto”da ta’kidlanishicha, o‘smirlar 15 yoshga to‘lganda balog‘atga yetgan va turmush qurish huquqiga ega hisoblanganlar. Lekin yoshlarning o‘zboshimchalik qilib oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo‘lgan. Avestoshunoslarning ta’kidlashlaricha, “Avesto” ham boshqa muqaddas kitoblar: “Injil”, “Tavrot”, “Qur’oni karim” va qadimgi Hindiston xalqlarining “Rigveda”, “Shastra” singari muqaddas kitoblari uzoq asrlar mobaynida bolalarga ezgu xulq, odob, xayrli amal, ezgu so‘z, ezgu niyat, ezgulikka-hidoyat kabi fazilatlarni shakllantirishda dasturilamal vazifasini o‘tagan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy omillarini “ezgu fikr”, ya’ni fikrlar sofligi, “ezgu kalom”, ya’ni so‘zning sobitligi, “ezgu amal”, ya’ni amallarning insoniyligi, tashkil etadi. Zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan har bir kishi butun hayoti davomida ana shu uch axloqiy aqidani qalbiga jo qilmog‘i zarur. “Avesto”dan keltirilgan yuqoridagi dalillar shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq otashkada-ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Ularning ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Bolalarga diniy tarbiya berish, asosan, 7 yoshdan boshlangan; o‘g‘il bolalar 7 yoshga to‘lganda, ularga oq ipakdan tikilgan “muqaddas kuylak” kiydirish marosimini jamoa oqsoqoli, qohinlar, ota-onalar ishtirokida o‘tkazish rasm bo‘lgan. Otashkadalar-ibodatxonalar qoshidagi ustaxonalar, vaqf yerlari, darmongoh-sihatgoh va dorixonalar, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, tabiblik kasbini tanlagan yoshlar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maskanlar vazifasini o‘taganlar. Buqrotning tabiblar qasamyodi haqidagi fikridan bir necha asr burun “Avesto”da tabiblarning maxsus qasamnomasi keltirilgan. Hatto tabobat ramzi-ilon zahar sochayotgan idish-jom tasviri ham ilk bor “Avesto”da tasvirlangan. “Avesto”da bolalarning sog‘lom-bardam o‘sishida atrof-muhitning pokizaligi, jamoat joylari va er-xotin hamda bolalarning shaxsiy gigiyenasi maxsus qayd qilingan. Masalan, “Vandidod”ning 3, 9, 10, 16, 17-boblarida kishilarning ruhan pok bo‘lish bilan bir qatorda tana ozodaligiga e’tibor berishlari, ayniqsa, yuz-qo‘llarni va boshni kunda bir necha marta yuvib turishlari, sochni tarash va tishni toza tutish, tirnoqlarni tez-tez olib turishlari, mudom badan tarbiyasi bilan shug‘ullanishlarining amaliy mohiyatiga daxldor mulohazalar yuritilgan va foydali maslahatlar berilgan. “Har bir zardushtiy, deb yozadi Fozila Sulaymonova, - kuniga besh marta yuvinib, poklanib,
Quyoshni olqishlab unga sig‘inishi shart bo‘lgan” 11 – “Avesto”dagi Quyoshga e’tiqod, o‘z navbatida, muqaddas olovga ehtiromni tug‘dirgan. Shu bois, Quyosh – pokizalik, tiriklik, olov esa tozalik, ozodalik ekanligi haqidagi zardushtiylik falsafasida teran mazmun, betakror o‘xshatish, tengi yo‘q haqiqat mavjud. “Avesto”da ekologik tarbiya masalalariga, ya’ni tabiatni, yer, suv, daraxt, o‘simlik, jonivorlarni e’zozlashga, yerni ishlatib, sug‘orib, bog‘-rog‘, ekinzor qilishga, chorvani, ayniqsa, yilqichilikni rivojlantirishga, suvni muqaddas tutishga alohida e’tibor berilgan. Ekologiya qonunlarida 4ta narsa: Yer, olov, suv va havoni ifloslantirish qattiq gunoh, deb qayta-qayta eslatiladi. “Avesto”da bu to‘rt unsurni ifloslantirgan kimsalarga nisbatan og‘ir jazo ham belgilangan. Muqaddas kitob o‘gitlariga rioya etmay, shunday gunohni sodir qilganlarga 400 qamchi urish jazosi belgilab qo‘yilgan. Eng baquvvat odam ham bu jazoning oxirigacha dosh bera olmasligini o‘ylasak, tabiatga nopisand munosabatda bo‘lgan kimsa boshiga tushgan qismat ayni kezda o‘lim jazosi bilan tengligi ma’lum bo‘ladi”12. Shuingdek, ko‘cha eshigi yoniga axlat to‘plab qo‘ygan xonadon sohibiga jamoa oqsoqolining hukmi bilan 25 qamchi, hovuz yoki chashmadan nopok ko‘za yo chelakda suv olgan shaxsga 5 qamchi urilgan.Shunday qilib, muqaddas “Avesto” kitobi ijtimoiy jihatdan yosh avlodga, “inson butun umri davomida Yer, Olov, Suv va Havoni, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir” 13, deb ta’lim beradi. Ayniqsa, “Avesto”da talqin etilgan: “Har bir inson o‘zi o‘sib-ulg‘aygan zaminni eng yaxshi va go‘zal mamlakat, deb hisoblaydi”14, degan g‘oyalarning yoshlarimizning ijtimoiy hayotidagi o‘rni, ma’naviyati va vatanparvarlik tarbiyasidagi ahamiyati hozirgi kunda ham juda muhimdir. Keyinchalik VI-VII (oltinchi-yettinchi) asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni yuzaga keltirdi. Jahon dinlaridan, umumbashariy ta’limotlardan bo‘lib hisoblangan Islom dini insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha muammolarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ular mintaqadagi oila va jamiyat tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashinuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o‘zaro munosabatlarning shakllanishini yuzaga keltirdi. Moddiy barqarorlik, ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy
hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirishga yordam berdi.
O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g‘oyalari
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg‘onish davri olimlarining asarlari alohida o‘rin tutadi. Ular faoliyatining mohiyati o‘sha davrgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiylashtirish usullarini ilmiy asoslangan tizim holatiga keltirganliklaridadir. Yetuk olimlarning faoliyatidagi o‘ziga xoslik, ya’ni doimiy ilm bilan mashg‘ul bo‘lish, bilimga chanqoqlik ularning ijtimoiy pedagogik qarashlarining mazmunida o‘z aksini topadi.Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi olimlar o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o‘sib kelayotgan avlodga qaratish g‘oyasini ilgari surishgan va buni tadbiq etishgan.Bu, avvalambor, ular ta’limning maqsadini hayotga tayyorlash, axloqiy me’yor va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo‘lishda, deb bilganliklarida namoyon bo‘lgan.Mashhur olim Al-Xorazmiy (783-850 y.) asarlari yorqin didaktik tavsifga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo‘lga kiritilishi, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishi va jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan.Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1050 y.) ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U, shuningdek, ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Allomaning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo‘naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o‘z ifodasini topgan.Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.) o‘z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Olimning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof-muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o‘qitish haqidagi g‘oyalari hozir ham nihoyatda muhim hisoblanadi. Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko‘nikmalari jamoa bo‘lib o‘qitish shaklida yaxshi shakllanadi.Markaziy Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o‘rnini ijtimoiylashuvning mikroomillar: muhit, oila va o‘quvchilar guruhiga e’tibor qaratganlarida hamda ota-onalar pedagog va o‘quvchining harakatlarini mujasamlashtirish kerakligi bilan bog‘liqlikda berganliklarida yorqin namoyon bo‘ladi.Shunday qilib, o‘rta asr olimlari ijtimoiy pedagogika sohasida katta meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmini rivojlantirishda muhim manba hisoblanadi.
Eng avvalo, ma’rifatparvar pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik qarashlarining amaliy ahamiyati birinchi o‘ringa keng ommani ma’rifatli qilish va ta’lim masalalarini qo‘shib olib borganliklaridadir.Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, ma’rifatparvar shoir Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari o‘zining uzoqni ko‘ra olishi va yuksak zakovati bilan ajralib turgan.
Olim Xalvon qishlog‘i hovlisida dehqon va hunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan. 1914 yilda eski kitob, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan savdo qiluvchi do‘kon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq maktablari tashkil etib, ularda o‘zbek, tojik, rus bolalariga ta’lim-tarbiya bergan. Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan.Ma’rifatparvar va demokratik g‘oyalar XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘rta asr g‘oyalari: zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib, o‘zbek ma’rifatparvarlari yangi ta’lim maqsadlari, ideallari va tamoyillarini har tomonlama tarbiyalashga asoslangan (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o‘g‘il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.O‘zbekistondagi demokratik pedagogik g‘oyaning taraqqiyparvar yo‘nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). U Sharq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o‘rganib, mumtoz o‘zbek adabiyoti ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o‘zbek pedagogikasiga qo‘shgan hissasi shuki, u ilk marotaba tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qo‘ya olgan. Avloniy ma’rifiy g‘oyalarni ilgari surishi bilan bir qatorda, 1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochgan va bu yerda ona tilini o‘qitishning yangi usullarini qo‘llagan. Avloniy ta’lim-tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirishga harakat qilgan bo‘lib, bu olimning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida o‘z ifodasini topgan.Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak, deb tushungan va o‘z qarashlarini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga krishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi.XX asr boshidagi o‘zbek pedagogik g‘oyasini uch yo‘nalishga ajratish mumkin:
- ko‘proq hukmronlik qiluvchi o‘rta asr feodal klerikal yo‘nalishi;
- paydo bo‘layotgan milliy burjua yo‘nalishi (jadidchilik).
Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshi chiqib, o‘zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogik talablarini ilgari surganlar;
demokratik taraqqiyparvar yo‘nalish. Demokratik pedagogika o‘rta asr maktablarini va tarbiyasini tanqid qilgan, inkor etgan va unga qarshi yangi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan.XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika, balki “ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo‘lishini ta’minladi.Gʻarbiy Yevropa davlatlarida, ayniqsa, Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda, ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlandi. Biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlarning kasbiy faoliyatlarida ko‘p umumiy jihatlar mavjud bo‘lganligi sababli, bu tushunchalar bir kasbni anglatuvchi sinonim so‘zlar sifatida foydalaniladi. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo‘llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.Bu toifa xodimlarning paydo bo‘lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarga ehtiyoj tug‘ilgani bilan bog‘liq.Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor, ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. Bundan tashqari, “mehribonlik”, “xayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogikada, ham ijtimoiy ishda qo‘llanishi tasodif emas.Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish, ularning maqsadlarini yaqinlashuviga va bir-birlarini to‘ldirishlariga olib keladi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, masalan, bolalar bog‘chalari va maktablarda, hozirda ham ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ish olib borishlari mumkin. Biroq ularning har biri o‘z maqsadlari va vazifalariga ega.Ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy pedagoglarlarning farqlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.Bilim sohasiga ko‘ra: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa sosiologiya negizida shakllangan.Amaliy faoliyatga ko‘ra ijtimoiy pedagoglar o‘z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyansalar, ijtimoiy xodimlar, asosan, ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanadilar.Bu ikki g‘oya shuningdek, faoliyat ob’yekti bo‘yicha ham farqlanadi. Ijtimoiy ish ob’yekti insonning barqaror faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga kelib, ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo‘lishi, yoki insonga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar (kasallik va boshqa)ga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bu holda ijtimoiy ish ob’yekti o‘z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo‘lgan inson bo‘ladi.Shunday qilib, ijtimoiy ish ob’yekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan insondir.Ijtimoiy pedagogika ob’yekti esa bolaning ijtimoiy sub’yektga aylanishiga kerak bo‘ladigan yordamdir. Ijtimoiy xodim yordam ko‘rsatayotgan inson mijoz deyiladi. Ijtimoiy pedagogikada, odatda, “go‘dak”, bola” so‘zlari ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish”- insonlarning bir-biriga insoniy munosabatining namoyon bo‘lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinmoqda.Ijtimoiy faoliyat insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini osonlashtirishga qaratilgan tizimli chora tadbirlardir. U mehribonlik va shunga o‘xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni, balki ehtiyojlarni qondirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal qilishga ham yordam berishi bilan ajralib turadi.Davlat va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) tomonidan ko‘rsatiladigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu kasb egalari ancha obro‘-e’tiborga egadirlar. Biroq ijtimoiy xodimlarning maoshi butun dunyo miqyosida yuqori emas. Ehtimol, ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar sonining ham ko‘p emasligi sababi ham shundadir.Ijtimoiy xodim ishini ham axloqiy burch, ham kasb desak bo‘ladi. Shu o‘rinda: “Ijtimoiy xodim o‘zi nima bilan shug‘ullanadi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy.Ijtimoiy ishning o‘ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmondning “Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo‘ldi. Bu mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy xodim odamlarni kambag‘allikdan halos etish bilan shug‘ullanmaydi, u kambag‘allikni umuman bartaraf etish uchun nima qilish haqida o‘ylaydi”, - deb yozilgan. Ijtimoiy ishda M. Richmonddan keyin izlanish, tashxis, davolash paradigmasi asosiy bo‘ldi.Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag‘ishlangan ilk yirik asarlardan birida I. Karpf (1931 yil) ijtimoiy ish o‘z rivojlanishida tayanishi lozim bo‘lgan fanlarni alohida ko‘rsatib o‘tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sosiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. Shundan buyon bu ro‘yxat deyarli o‘zgarmadi.Amaliy ijtimoiy xodim atamasi 1970 yildan buyon qo‘llanilmoqda. Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan mijoz, guruh bilan ishlash, yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlar, kambag‘allar, nogironlar, aqli ojizlar, aroqxo‘rlar bilan ishlash kabilar. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga nisbatan keng qarashlar shakllandi. Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to‘qnash keladilar. Bu muammolarga aroqxo‘rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog‘liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalaridir. Bu ixtisoslashuvga berilgan eng keng ta’rifdir. Ixtisoslashuv ijtimoiy xodimdan o‘z sohasida undan yordam so‘rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishini talab qiladi.XX asrning 70-yillarida tizimli yoki yaxlit yondashuv yetakchi yondashuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy xodimlardan bir sohaga ixtisoslashuv, moslashuv, universallik, turli usullarni uyg‘unlashtira olish talab qilina boshlandi. Pedagogik va sosiologik nazariyalarning ahamiyati oshdi. Ijtimoiy ish sohasidagi tor ixtisosliklarning ko‘payishi bilan, ularning birlashishga bo‘lgan zarurat orta boshladi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy xodimlar bir vaqtning o‘zida bir qancha inson muammolarini hal qilishni amalga oshirish malakasiga ega bo‘ldi.Butun dunyoda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga jiddiy yondashilmoqda. Unda milliy ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda, ya’ni Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvesariya va Yaponiyada o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi.Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga tayanadi. Ijtimoiy ishga oid barcha bilimlar shu sohaga oid ishlangan va boshqa sohalardan o‘zlashtirilgan bilimlarning yig‘indisidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sosiologiya, psixologiya fanlariga oid bilimlarga asoslanadi. Ijtimoiy xodimlar shaxs, ijtimoiy guruhlarning xulq-atvori, oila muammolari, hokimiyat, qo‘shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, ijtimoiy tabaqalanish, murakkab tuzilmalar, turli madaniy tizimlarning turlarini psixologiya va sosiologiyadan olganlar. Mijozlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi esa pedagogika, psixologiya va tibbiyot fanlari ta’siri ostida shakllanadi.Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo‘lishi lozimligi talab qilinmoqda, shuning uchun ham bu kasb bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi borgan sari ortib bormoqda. Maxsus konferensiyalar tashkil qilinib, ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg‘or yutuqlarning almashinuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi.Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga yetkazish, ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’yekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, kadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim.Boshqa so‘zlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’yektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko‘rsatish.Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruhdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek, o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy hayot yo‘lini belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi.Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, guruh va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir.Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning sub’yektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlr vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashlariga bog‘liq.O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi. “Tamoyil” tushunchasi - (yunoncha “principium”) biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi, boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi, umumlashtirilgan talab degan ma’nolarni anglatadi. Har bir fan yoki soha o‘z tamoyillari asosida rivojlanib boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi.Fanlar prinsip va qoidalari bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda, balki zararli ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiyki, o‘z asosida shu fan prinsiplarga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradilar yoki yangicha ma’lumotlarni izohlaydilar. Biz uchta prinsipni ko‘rib chiqamiz. 1).Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsipi. 2).Tarbiyaning madaniyatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi. 3).Insonparvarlik prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi - ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanish omillariga tayanadi. Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1632) asarida eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning uslubiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan edi. Masalan, «Uy-ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Abu Ali Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi.
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkiri Abu Nasr Forobiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarida izohlagan ediki, inson tabiatning eng oliy mavjudoti, u atrof-muhitni har tomonlama idrok qilishi mumkin.Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan, siyosiy fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy xislatlarni tarbiyalashda atrof-muhit katta o‘rin tutadi. U bola shaxsining tabiiy kamolotiga ishonardi, bola tabiatdan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedgogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalarini ko‘rish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak Russo, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlab, yozadi: «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak». Shveysariya pedagogi Iogan Genrix Pestalosi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, uning fikricha, tabiat maqsadi-inson tabiiy kuchlari inson maqsad va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim. Nemis pedagogi Adolf Disterverg ham I.G. Pestalosi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblab, ta’lim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi zarurligini uqtirgan. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini topgan. K. D. Ushinskiy o‘zining asosiy «Inson tarbiyasining mavzusi sifatida» degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bolaning ta’lim-tarbiyasi uchun prinsiplar va qoidalarni bilibgina qolmay, ularni har bir aniq bola uchun har bir aniq holda tatbiq qila olishi lozim. K. D. Ushinskiy fiziologiya gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipida quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
bolalar yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish;
me’yoridan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish;
bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;
bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.
Tabiiylik, tabiiy muvofiqlik-bolani tarbiyalash, o‘qitish
va ijtimoiylashtirish bolaning jismoniy psixik rivojlanishi qonuniyatlari asosida sodir bo‘lishi va tashkil etilishi kerak. Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadi, o‘zini tutib, ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi falsafachilar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Madaniyatga uyg‘unlik prinsipi Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shakllanadi, har qanday madaniyatning asosiy boyligi-insondir. O‘tmish falsafa va pedagog olimlari madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir, deb hisoblaganlar. Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy, nomi bilan bog‘langan. Bu g‘oya uning «Turkiy guliston yoxud axloq» degan asarida Vatanga muhabbat sifatida aks ettiriladi. Insonparvarlik tamoyili. Insonparvarlik-inson qadriyatlarini shaxs deb, erkinliklari, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlarini rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Bu inson manfaati ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni tenglik haqqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarini istagan me’yor deb hisoblaydigan tizimdir. Insonparvarlik - bolani shaxs sifatida tan oluvchi, uning qadri va erkinligini himoya etish bilan ifodalangan, insonning baxtini ijtimoiy institutlarning ijtimoiy bahosi asosiy mezonlari deguvchi tenglik va adolatlilikni esa insonlar o‘rtasidagi munosabatlar kaliti deb hisoblovchi dunyoqarashlar tizimidir. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim - ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko‘nikma, malaka berish, ularning insoniy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. U bo‘lajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Insonparvarlik tarbiya g‘oyalari rivojlanishi Sharq Uyg‘onish davri va Gʻarb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga yetdi. Insonparvarlik tarbiya ideali bo‘lib, erkin, har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Insonparvarlikning mohiyati va qadr- qimmatiga oid bilimlarsiz hech kim insonparvar bo‘lolmaydi. Boshqacha aytganda, insonparvarlik ijtimoiylashtirish bilan sinxron tarzda inson bilimini oshirishni taqozo etadi. Insonparvarlikning mohiyatini tushunmasdan, amalga oshirish yo‘llari va harakat maqsadini aniqlamay natija olinmaydi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, A. Navoiy, Tomas Mor, Fransua Roble, Mishel’ Monten, Jaloliddin Davoniy va keyingi asr allomalari tomonidan tarbiya mazmuni ochib berilgan va gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan edi.
Integrasiyani pedagogik jarayonda amalga oshirish masalasi falsafa tomonidan to'plangan va umumlashtirilgan bilimlar bir fan doirasiga sig 'may qolgan, natijada
falsafadan mustaqil bilim sohalari ajralib chiqa boshlagan bir paytda paydo bo'ldi. Fanlarning tabaqalanishi, o'z navbatida, o'quv fanlarini alohida o'qitishga o'tishga olib keldi. Parchalanish jarayonida, pedagogika tarixi guvohlik berishicha, bilimlar o'rtasidagi tabiiy bog'liqlik buzildi, bu haqiqiy dunyo ob'ektlari va hodisalari o'rtasida mavjud.Faylasuf-gumanist, jamoat arbobi Komenskiy birinchilardan bo'lib ta'lim va tarbiyaning ob'ektiv qonuniyatlarini tizimga kiritishga, avvalgi pedagogika javob bera olmagan savollarni hal etishga harakat qildi. Komenskiy talaba ongini hissiy idrok qilinadigan dunyo narsa va hodisalari bilan tanishtirish orqali boyitishga chaqirdi. Komenskiyning evolyutsiya nazariyasiga ko'ra, tabiatda, shuning uchun ta'lim va tarbiyada hech qanday sakrash bo'lishi mumkin emas [3]. U istiqbolli ta'limni ko'rdi, unda talaba dunyoning yaxlit tasviri bilan ta'minlanadi. Komenskiy shunday deb yozgan edi: "O'zaro bog'liq bo'lgan hamma narsani bir xil aloqada o'rgatish kerak" .Pedagogik jarayonda integratsiya zarurligini asoslashga birinchi urinish I.F. Gerbart. U o'rganishning to'rt bosqichini aniqladi: aniqlik, assotsiatsiya, tizim va usul. Agar Gerbartning dastlabki ikki bosqichi bilim olishga qaratilgan bo 'lsa, oxirgi ikkitasi ilgari o'rganilgan narsalarni bog'lash va "yangi bilimlarni o'zlashtirish uchun o'ziga xos ko'prik yaratish" uchun mo'ljallangan. Gerbartning ta'kidlashicha, "ruhiy muhit sohasi" hozirgi vaqtda olingan bilimlar bilan bog'liq holda ilgari olingan bilimlarni takrorlash qobiliyatida namoyon bo'ladi.Ta'lim va tarbiyani tashkil etish va mazmunida sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirishga hissa qo'shgan Ushinskiy o'rganilayotgan ob'ektlar va hodisalar o'rtasidagi bog'liqliklarning didaktik ahamiyatini eng to'liq psixologik-pedagogik asoslashni ta'minladi. U o'zining "Inson - tarbiya sub'ekti" asarida real olam narsa va hodisalarining obyektiv munosabatlarini aks ettiruvchi turli assotsiativ bog'lanishlardan xulosa chiqaradi. Ushinskiy nazariyasida fanlararo aloqalar g'oyasi o'qitishning tizimli tabiatining umumiy muammosining bir qismi sifatida paydo bo'ldi. U umumiy fanlar tizimida tushunchalar va ularning rivojlanishi o'rtasidagi bog'liqlik o'quvchi bilimining kengayishiga va chuqurlashishiga olib kelishi va mashg'ulot yakuniga ko'ra ular bilimlarni to'plash jarayonida tizimga kiritish qanchalik muhimligini ta'kidladi. yaxlit dunyoqarash tizimi Shunday qilib, XVII-XIX asrlar olimlari-pedagoglari. Ta'limdagi integratsiyani o'quv jarayonida real dunyoning o'zaro bog'liqligini aks ettirish, o'rganilayotgan mavzular va hodisalarni yagona ajralmas zanjirga birlashtirish istagida namoyon bo'ladigan zarurat sifatida qaradi, bu esa, o'z navbatida, uyg'un rivojlanishni ta'minlashi kerak edi.Ta'limdagi integratsiya birinchi marta Buyuk Britaniyada 20-asrning boshlarida, Yevropa olimlari "kooperativ kurslar" deb ataladigan kurslarni ishlab chiqishganida,amaliyotga tatbiq etildi, ularning mohiyati kasbiy bilimlami amaliy faoliyat bilan integratsiya qilishdan iborat edi. Keyinchalik, bu kurslar Evropa va Amerika Qo'shma Shtatlaridagi ko'plab kollej va universitetlarda mashhur bo'ldi. Xorijiy ekspertlarning fikriga ko'ra, hamkorlikdagi ta'lim integratsiyaning alohida turi sifatida, umuman olganda, pedagogik jarayonga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va mutaxassislarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi shaklidir, bu esa shaxsning har tomonlama rivojlanishiga imkon beradi. chuqur o'rgatish .Keyinchalik, 1920-yillarda Rossiyada o'rganishni hayot bilan, talabalarning ishlab chiqarish mehnati bilan uyg'unlashtirish uchun integratsiyadan foydalanish tajribasi ishlab chiqildi. Mahalliy pedagogikada V.Ya.Stoyunin, N.V.Bunakov, V.I.Vodovozov, B.G.Ananiev va boshqalar. Ular o'quv jarayonidagi integratsiya predmetning tizimi va mantig'ini hamda alohida mavzular va masalalar o'rtasidagi mavjud aloqalarni tushunishni o'z ichiga oladi, deb hisoblashgan, shuningdek, ta'lim jarayonida integratsiyadan foydalanishning bir qator afzalliklarini ta'kidlaganlar - bu. bilimlardan o'zaro foydalanish; materialning takrorlanishini bartaraf etish; qarashlarning yaxlit tizimini shakllantirish.Bu davrda ilg'or o'qituvchilarning ta'lim jarayoniga integratsiyalashuv haqidagi qarashlari o'quv rejalari va dasturlarini qurishga yangicha yondashuvda o'z ifodasini topdi. Bu yondashuv "integratsiyalashgan yondashuv" deb ataldi, uning maqsadi maktab va hayot o'rtasidagi munosabatni o'rnatish edi. Kompleks dasturlarda bilim, ko'nikma va malakalar uchta asosiy g'oya atrofida belgilandi: tabiat, mehnat, jamiyat. Lekin ta'lim mazmunida bilimlarning yagona tizimini yaratuvchi, o'quv fanlarining ichki mantig'ini buzmaydigan bu majmualar o'rtasidagi bog'liqlik o'rnatilmagan. Keng qamrovli dasturlar o'qituvchilar tomonidan tanqid qilindi, chunki ularning fikriga ko'ra, "haddan tashqari integratsiya fanlarning to'liq inkor etilishiga olib keldi" . Biroq, ular o'quv rejasi va o'quv rejasini loyihalashda kompleks yondashuvni qo'llashga urinishlar ijobiy ta'sir ko'rsatdi, deb hisoblashdi. Xususan, olimlar integratsiyalashgan yondashuv "ta'limning asosiy g'oyalari atrofida bilim, ko'nikma va malakalarni uyg'unlashtirish tajribasini berganligini ta'kidladilar. Ushbu tajribaning kamchiliklari g'oyalarning o'zida emas, balki ularni amalga oshirishdadir ".XX asrning 30-yillarida. Qurilishi predmetli bo'lgan yangi dasturlarni joriy etishga urinishlar bo'ldi. Shu munosabat bilan, turli xil bilimlarni birlashtiruvchi "yadrolarni" aniqlash vazifasi qo'yildi, ya'ni ta'lim jarayoniga integratsiyalashuv muammosi hali ham ta'lim mazmunini belgilashda asosiy o'rinlardan biriga qo'yildi, ammo bu qoida amaliy qiyinchiliklarga, 50-yillarning o'rtalariga qadar amalga oshirilmadi.50-yillarda pedagogik jarayondagi integratsiya o'quv jarayoniga tizimli yondashish nuqtai nazaridan ko'rib chiqildi. Tizimli yondashuv ostida olimlarmiyaning tizimli tabiatining fiziologik va psixologik kontseptsiyasiga mos keladigan turli hodisalarning o'zaro bog'liqligi ta'rifini tushundilar. Shundan kelib chiqib, psixolog B.G.Ananiev sezgilarning o'zaro ta'sirini ochib berdi va ularning murakkab tizimini ko'rsatdi, bu esa pirovard natijada "insonning ob'ektiv voqelikni hissiy aks ettirishning yaxlitligini, moddiy dunyoning birligini" ta'minlaydi . Ananyev boshchiligida barcha o'quv dasturlari uchun fundamental ilmiy kontseptsiyalarni ishlab chiqish bosqichlarini ko'rsatadigan "muvofiqlashtiruvchi tarmoq" yaratildi. U o'qituvchilar va o'qituvchilarga bir fandan boshqasini o'rganayotganda materialdan foydalanishga yordam berdi.Shunday qilib, pedagog olimlar integratsiyani o'quv jarayonidagi mazmunli o'zgarishlar bilan bog'lashdi. Ular bilimlarning mazmuni, o'quv materialining tuzilishi, dars tuzilishiga bog'liqligini aniqladilar, mavjud ta'lim standartlarini o'zgartirishga va yangi o'quv dasturlarini yaratishga harakat qildilar.XX asr oxiriga kelib. pedagog olimlarning sa'y-harakatlari bilan pedagogik jarayonda integratsiya tushunchasini ochib beruvchi anchagina uyg'un qarashlar va g'oyalar tizimi yaratildi. Umuman olganda, integratsiya deganda ma'lum bir fan sohasi bo'yicha umumlashtirilgan bilimlarning ma'lum chegaralarda, bir o'quv predmeti bo'yicha birlashishi tushuniladi. Ushbu assotsiatsiya turli o'quv fanlari bo'yicha ta'lim mazmunining o'zaro izchilligini, ta'limning umumiy maqsadlari bilan ham, o'quv va tarbiyaviy vazifalarni hisobga olgan holda belgilanadigan materialni qurish va tanlashni nazarda tutadi.Bugungi kunga qadar pedagogik jarayonda integratsiya muammosi turli pozitsiyalardan o'rganilgan - bu integratsiyaning umumiy nazariy va pedagogik jihatlari, ilmiy bilimlarni integratsiyalashuvi va differentsiatsiyasi masalasi, amaliy sintez muammosi, shuningdek kurs. kasb-hunar ta'limidagi integratsiya jarayonlari.Integratsiyaning pedagogik jihati V.S.ning tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Bezrukova, G.M.Dobrova, V.M.Maksimova, O.M.Sichivitsa, I.P.Yakovlev va boshqalar. Jumladan, Yakovlev integratsiyani jamiyat, fan va ta'lim taraqqiyotining yetakchi tendentsiyasi deb atagan holda, ta'limda integratsiya jarayonlarining eng muvaffaqiyatli kechishi uchun shart-sharoitlarni aniqlashning katta ahamiyati va "ularning nazariy jihatdan zarurligini ta'kidlaydi. tahlil" . Dobrov, o'z navbatida, fanni turli xil kelib chiqadigan bilimlar bilan to'ldirish, ushbu bilimlarni sintetik idrok etishni ta'minlashga imkon beradigan samarali qarshi choralarni ko'rishni o'rganish vazifasini qo'yishini ta'kidlaydi. Bunday chora-tadbirlar sifatida u o'quv jarayoniga amaliy muammolarni ham, ilmiy-nazariy muammolarni ham kiritish zarurligini ko'radi; o'quv jarayonida kibernetik mashinalardan foydalanish; bilimlarni mustaqil egallashga yordam beradigan ko'nikmalarni rivojlantirishni ta'minlovchi o'qitish usullarining barcha bosqichlarida faol qo'llash .Integratsiyaning mohiyatini tushunish uchun turli fanlarning o'zaro ta'siri nuqtai nazaridan yaxlit ta'lim mazmunini ochib berishga bag'ishlangan tadqiqotlar katta ahamiyatga ega. Yana bir N.G.Chernishevskiy shunday deb yozgan edi: "...bir fan bo'yicha bilimlar boshqalar uchun bepusht bo'lib qolsa, o'quvchilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga erishib bo'lmaydi" . Ilmiy bilimlarni integratsiya qilish masalasi B.M.ning asarlarida eng to'liq ochib berilgan. Kedrova, M.G.Chepikova, G.M.Dobrova va boshqalar. Olimlar integratsiyani ilmiy bilimlarni differensiatsiyalashning tarkibiy qismi deb hisobladilar. Xususan, Kedrov ta'kidlaganidek, ilmiy bilimlarning rivojlanishida "bir-biriga to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshi va bir-birini inkor etuvchi ikkita tendentsiya mavjud: biri fanlarning parchalanishi va tabaqalanishi, ularni farqlash, bilish, ya'ni integratsiyalashuvidan iborat" . Integratsiyada Kedrov harakatni, ilmiy bilimlarning rivojlanishini ularning yopiq o'rganishdan o'zaro ta'sirigacha, so'ngra ularning yaxlitligiga qaraydi, bunda bir xil ob'ekt bir vaqtning o'zida turli tomonlardan o'rganiladi. Chepikov, o'z navbatida, integratsiya jarayonini tavsiflab, "turli fanlarning birlashishi, ilmiy bilimlarning sintezi natijasida aqlning moddiy dunyoning eng ichki sirlariga kirib borishi uchun eng qulay sharoitlar yaratiladi" deb ta'kidladi. .
Pedagogik jarayonda amaliy integratsiya masalalari ko'plab ilmiy ishlarda o'z aksini topgan (S.M.Arefieva, S.Yu.Burilova, V.V.Guzeev, V.A.S.Yu.Strashnyuk va boshqalar). Amaliy integratsiya turli xil texnikalar, usullar va o'rganish yo'llaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu, birinchi navbatda, integral kurslarni yaratish, fanlar va ularning tarkibiy qismlarini birlashtirishdir. Pedagogik jarayonda integratsiyani amalga oshirishning turli usullarini taklif qilgan holda, mualliflar ularning o'qitish va tarbiya jarayoniga ijobiy ta'sirini ta'kidlaydilar va bir qator afzalliklarni ta'kidlaydilar: materialning takrorlanishini istisno qilish; yangi materialni o'rganishda allaqachon olingan bilimlarga tayanish qobiliyati; o'quvchi ongida dunyoning yaxlit manzarasini, ilmiy bilim va ko'nikmalar asoslarini shakllantirish va buning natijasida bilim olishga qiziqishni oshirish.Hozirgi bosqichda umumta'lim va oliy o'quv yurtlarining o'quv jarayonida integratsiyadan foydalanish masalasiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Turli tadqiqotlar (I.B.Bogatova, V.G.Ivanov, O.V.Kozlova, E.M.Strizhevskaya va boshqalar) o'quv fanlari o'rtasidagi munosabat umumiy, politexnika va kasb-hunar ta'limining birligini amalga oshirish vositasi ekanligini ko'rsatadi. Xususan, kasb-hunar ta'limida integratsiya jarayonlarining eng muvaffaqiyatli kechishi uchun shart-sharoitlarni, shuningdek, ularning "mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirishga" ta'sirini aniqlashning katta ahamiyati ta'kidlangan. O'qitishda integratsiyalashgan yondashuvlar talabalarning shaxsiy va kasbiy intilishlarini bog'lash imkonini beradi; ularning o'z-o'zini hurmat qilishini shakllantirishda yordam berish va mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishni ta'minlash.Yuqoridagilarni umumlashtirib aytishimiz mumkinki, bugungi kunda pedagogik jarayonda integratsiya tushunchasini belgilash, uning mazmunining turli tomonlarini ochib berishda muayyan qarashlar va yondashuvlar tizimi mavjud. Umuman olganda, pedagogikada integratsiya deganda o'qitish va tarbiya jarayonini tashkil etishning maqsadlari, tamoyillari va mazmuni birligini ifodalashning eng yuqori shakli tushuniladi, uning faoliyati natijasi sifat jihatidan yangi yaxlit shakllanishdir. talabalarda bilim va ko'nikmalar tizimi. Ta'limdagi integratsiya muammosini har tomonlama o'rganish uning ahamiyati va pedagogik jarayonga ijobiy ta'sirini tasdiqladi, bu tizimli fikrlash, o'z faoliyatini ongli ravishda tahlil qilish, sharoitlarda mustaqil harakat qilish qobiliyatiga ega zamonaviy shaxsni rivojlantirish istagida ifodalangan. noaniqlik, shuningdek, yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdir.
"Integratsiya" atamasi nomi jihatdan yangi bo’lib, mazmun va moxiyati jixatdan o’zaro tarixga ega. Koinotda, jamiyatda, xayotda, turmushda va ishlab chiqarishda, ta‘limda, ya‘ni mikro olamdan tortib makro olamgacha integratsiya muhim ahamiyat kasb etadi. Integratsiya juda keng ma‘nodagi tushuncha. Bugungi kunga kelib, insoniyat integratsiya jarayonining mohiyatini yaxshi anglash, uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo’llay olish natijasidagina sayyoramizdagi muhim ekologik muammolarini hal qila olish, hayotni saqlab qolishi mumkinligini anglagan xolda, unga ehtiyoj zarurligini sezmoqda. Bumuammolarni hal qilishda, ayniqsa, pedagogikaning, ta‘limdagi integratsiya jarayonining muhimligini ko’pchilik mamlakat olimlari tomonidan tahlil qilinmoqda. Integratsiyaning ta‘limdagi nazariy va amaliy jihatdan muhimligi juda qadimdan ma‘lum. Aslida "integratsiya" so’zi lug'atda lotincha "tegragrac" so’zidan olingan bo‗lib, qayta qurish, tiklash, toldirish ("integr"— to’liq, butun, yaxlit) degan ma‘noni anglatadi. Xususan Qo’shchanov M.K.,AkobirovS.T.,Adxamova N.A va b. "Ruscha o’zbekcha lug’at"ida (1983) "integratsiya" –bog’langan xolda rivojlantirish, "integrirovat — bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit xolga keltirmoq— deb bayon qilingan. Binobarin integratsiya deganda, aloxida elementlarini yig‘ib. ularni birlashtirish, yaxlit xolga keltirish deb tushunish mumkin. SHuningdek, ko’pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmun moxiyatini aniqlash boyicha fikr berganlar. Hozirgi kunda "integratsiya" tushunchasining aniq ta‘rifi, metodik adabiyotlarda, bumuammo bo’yicha shug’ullangan olimlar tomonidan bir -biriga yaqin bo’lgan ta‘riflarda berilgan.Xususan N.S.Svetlovskaya integratsiyani "aniqlangan bir jinsli elementning turli birlikda bo’lgan bir nechta bo’laklaridan yangi butun narsani (o’quv predmetlari, faoliyat turlarini) yaratish, keyin esa, bu element bo’laklarini ilgari mavjud bo’lmagan alohida yaxlit sifatga birlashtirish" deb tushunadi. Va, u integratsiya bir nechta o‘quv predmeti materiallarini, metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga tabiiy bo‘ysundirish asosida tuzish usuli - deb ta‘riflaydi.L.N.Bakareva "integratsiya" tushunchasini shunga o’xshash talqin qiladi. U integratsiyani fanlarni aloqasi va yaqinlashishi sifatida ochib beradi. "Integratsiya-fanlararo aloqa, o‘qitishni yangi sifat darajaga ko‘taruvchi, ya’ni bir butun "bilimlar monoliti" ni yaratishga imkon beruvchi vosita" debta‘rif beradi.YU.M.Kolyaginning fikriga ko’ra, "integratsiya" tushunchasini ikki xil ma‘noda anglash mumkin. Birinchisiga ko’ra, "integrapiya" — deganda, atrof muxit haqida yaxlit tasavvurni yaratish (bu yerda integratsiya, o’qitish maqsadi sifatida qaraladi). Ikkinchisiga ko’ra, integratsiya- o’qitish vositasi sifatida qaralib, predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topish vositasi sifatida). Integratsiya ta’riflari "Integratsiya"—bir nechta o’quv predmeti materiallarini, metodikaning vazifasi va yagona maqsadiga tabiiy bo’ysundirish asosida tuzish usuli N.S.Svetlovskaya."Integratsiya"-fanlararo aloqa, o‘rnatishning yangi sifati darajasiga ko‘taruvchi, bir butun bilimlar "monoliti"ni yaratishga imkon beruvchi vosita L.N.Bakareva. "Integratsiya" predmetlararo bog’lanishning eng yuqori darajasi, umum metodologik prinsiplar asosida muammoni kompleks o’rganish yo‘li LT.Tarasov.'Ingegratsiya"-atrof-muxitni, yahlit tasavvurni, predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topuvchi vosita. YU. M.Kolyagin. Insoniyat tarixiga, jumladan fan tarixiga nazar tashlasak, fanlar kishilarning amaliy ehtiyojlari tufayli yuzaga kelib so‗ngra "shoxlab" o‗sib rivojlana borgan, vaqt o‗tishi bilan fanlarning defferensiyasi-tarmoqlanishi yuzaga kelgan. Inson ongining rivojlanishi, aql tafakkuri bilimlarga umumlashtirish ko’zi bilan qaragan. Integrallash qomusiy ajdodlarimiz Zardo’shtiy, Aristotel, Muso al-Xorazmiy, al-Farobiy, Axmad al-Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug’bek kabi o’nlab ma‘naviy yuksalish davrini daholarining g’oyalarida yuzaga kelgan."Integratsiya" tushunchasi bevosita XVIII asrlarda G.Spenser tomonidan o’z qo’l yozmalarida qo’llanilgan. Integratsiya tushunchasining mazmuni keng qamrovli bolib, koinotdagi jismlararo mujassamlashuvdan tortib, fanlararo bilimlarning integratsiyalashuvigacha ob‘ektiv tarzda qaraladi.Tadqiq etilayotgan ob‘ektni integrativ xolda o’rganish, ob‘ektni xar tomonlama aloqalar, munosabatlar jihatlarini mukammal bilishga imkon beradi.Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi uni tashkil etuvchi elementlarning o’zaro aloqadorligi, o’zaro munosabatlari tashkil etadi.Pedagogik, ta‘limiy jixatdan esa integratsiya, uzviylik, fanlararo va o’zaro aloqadorlikni ifodalaydi. U o’zaro bir-birini to’ldiruvchi, kengaytiruvchi, chuqurlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. O’quv predmetlari mazmunining eng kamida, DTS darajasida sintezlovchi, mantiqan tugallangan natijasi xisoblanadi.Integrativ yondashuv, o‗rganilayotgan ob‘ektni yaxlit tizim shaklida, xar tomonlama aloqadorlik nuqtai nazardan o’rganishni talab etadi.O’tmishdagi ko’pgina allomalar, o’z asarlarida Koinot, Yer, o’simlik, inson va hayvoalarning tuzilishi, yashash sharoiti bir-biriga bog’liqligi haqida ma‘lumotlar keltirib integratsiyaning insonpavvarlik, ekologik aspektlariga alohida e‘tibor berishgan. Eramizdan oldingi VII - VI asrlarda yashab o’tgan xorazmlik Zardo’sht "Avesto" kitobida Koinotning insoniyatga ta‘sirini, ona zaminni undagi suv, tuproq, havoni asrash to’g’risidagi fikrlari ular haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari uchun ham qimmatlidir. Jumladan, buyuk alloma Muxammad al-Xorazmiyning "Kitob surat-al-arz" asarida, yerning asosiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanish kerakligi, inson sog’ligi tabiat bilan bog’liqligi to’g’risidagi muxim ekologik muammolar haqida yaxshi ma‘lumotlar berilgan.Abu Rayxon Beruniy o’zining "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida, insonning egallashi lozim bo’lgan tarix, handasa, riyoziyot, falakiyot, falsafa fanlarining ahamiyatini, "Saydana" asarida, borliqni o’rganishda, ularningob‘ektlarining o’zaro aloqasi xaqida malumotlar keltirib o’tgan.Mir Alisher Navoiy asarlarida xam inson, har tomonlama bilimga ega bo’lib, tabiatga ongli munosabatda bo’lishi kerakligi ko’rsatib o’tilgan. Uning 1484 yilda yozgan "Sab‘ai sayyor" (Yetti sayyora) dostonida osmondagi yetti sayyoraga bog’liq holda haftaning yetti kunining kelib chiqishining tarixi, tabiat bilan insonlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, asarning bosh qaxromoni: Bahromdek har tomonlama yetuk bilimga ega bo’lmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi qayd qilingan.Fan va texnikaning rivojlanishi, hosilaviy fanlar sonining ko’payishiga, axborotlar hajmining keskin ortishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, XX asrga kelib, fanlardagi differensiyalashuv — tabaqalashtirilish ta‘limda o’quvchi va talabalarni O'quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma'lumki, bilish faoliyatining sub'yekti o'quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy- pedagogik asoslarga ega ta'lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o'rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o'quvchilar va uning ta'lim olishini tashkil etuvchi va yo'naltiruvchi o'qituvchilar munosabati yotadi. Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan. Ta'limda o'quvchilarning faoliyati haqida gap borganda o'quvchining bilish faolligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
O'kuvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo'ladi. Bu xususiyatlar o'quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya' ni o'quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo'lgan faol munosabati uchun harakterlidir. Shu sababli bilish faolligini oshirish insonning faol hayotiy qarashlarini shakllantirish deb bemalol aytish mumkin.

1 Қаранг: О. Мусурманова. Оила маънавияти – миллий ғурур. Т.: “Маънавият”, 1999.

2


3


4


5


6Педагогический энциклопедический словарь. – М.:Большая Российская энциклопедия, 2003. – С. 171.

7Мавлонова Р.А., Воҳидова Н.Ҳ. Ижтимоий педагогика Т.: “Истиқлол”, 2009. – 7-бет

8 Н.Эгамбердиева. Ижтимоий педагогика. Т.: “Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти”, 2009. 7-бет.

9 Н.Эгамбердиева. Ижтимоий педагогика. Т.: “Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти”, 2009. 10-бет.



10 Амир Темур. Зафар йўли. Т.: “Нур”, 1992, 35-бет.

11 Ф.Сулаймонова. Зардуштийлик ва Иония фалсафаси. “Адабий мерос”, 1989 йил, 4 (50)-сон, 9-10 бетлар.

12 Б.Дўсчонов. “Авесто” ўгитлари. “Халқ сўзи”. 2000 йил. 19 май.

13 Авесто. “Санъат”. 1991. 12-бет.

14 Ҳ.Бобоев, Т.Дўстжонов, С.Ҳасанов. “AVESTO”-Шарқ халқларининг бебаҳо ёдгорлиги. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2004, 53-54-бетлар.

Yüklə 59,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə