Ii qism VIII bob. Didakòikaning predmeòi va uning vazifalari


DIDAKÒIKANING ASOSIY KAÒEGORIYALARI



Yüklə 334,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix05.01.2022
ölçüsü334,38 Kb.
#82601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
pedagogika

DIDAKÒIKANING ASOSIY KAÒEGORIYALARI

O‘qitish nazariyasi bilimlar, ma’lumotlar va dalillarning katta

zaxirasiga ega, ularning bir qismi tizimlashtirilgan, tartibga solin-

gan.


O‘qitish jarayonining strukturaviy komponentlari — maqsadli

rag‘batlantirish — motivlashtirish mazmuni, harakati, o‘qitish-

ning shakl va metodlarining ajratilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Mana shu komponentlarning ajratilgani o‘qituvchi bilan o‘quvchi-

larning birgalikdagi faoliyati qonuniyatlarining tabiatini chuqurroq

tushunish imkonini beradi.

Pedagogik yechimlarni tanlash nazariyasini ishlab chiqishning

metodologik asosi — o‘qitish jarayonining mavjud barcha qonu-

niyatlarini hisobga olish fikri bilan muntazam aloqada bo‘ladi.

Boshqacha aytganda, o‘qitish jarayonining mavjud hamma qonu-

niyatlarini, albatta, kompleks holda hisobga olish bilangina ta’lim

masalalarini to‘g‘ri hal qilish mumkin.

Pedagogik va psixologik shart-sharoitlarni aniqlash asosida

o‘qitishning optimalligi mezonlarining asoslari tarkib toptirilgan

va ularning eng ahamiyatlilari quyidagilardan iboratdir:

— o‘qitish optimal bo‘lishi uchun har bir o‘quvchi o‘zining

haqiqiy o‘qish imkoniyatlariga muvofiq darajada o‘zlashtirishi,

tarbiyalanishi va kamol topishi shart;

— o‘qitish optimal bo‘lishi uchun o‘quvchilar va o‘qituvchilar

darsdagi va uydagi ishlar vaqtining o‘zlari uchun gigiyenik jihatdan

belgilangan normasiga ega bo‘lishi kerak.

Rejalashtirishni optimallashtirishning asosiy yo‘llari o‘qitish-

ning vazifalarini ta’lim berish, tarbiyalash va kamol toptirish bilan



87

birgalikda loyihalashga kompleks yondashish hamda o‘qitish

vazifalarini u amalga oshadigan tizimning xususiyatlarini hisobga

olgan holda muayyanlashtirishdir.

Ishni rejalashtirishni quyidagi usullaridan foydalaniladi:

— o‘qitish mazmunining qo‘yilgan vazifalarini eng muvaffa-

qiyatli hal qilishni ta’minlaydigan optimal variantini tanlash;

— o‘qitish jarayonida  qo‘yilgan vazifalarni belgilangan vaqt ichida

muvaffaqiyatli hal qilishni ta’minlaydigan metod va vositalarni

tanlash;


— masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishni, shu jumladan,

o‘quvchilarga tabaqali yondashishni ta’minlaydigan tashkiliy

shakllarini tanlash.

Hozirgi paytda ta’limning muhim jihatlari, masalan, ta’limning

mazmunini ishlab chiqish va tanlash, muammoli — kamol topti-

ruvchi o‘qitish, o‘quvchilarning o‘qishini faollashtirish, o‘qitish

metodlari va ularning tarkibiy qismlari; o‘quvchilar o‘quv-bilim

faoliyatining metodlari; o‘quv materialini tashkil qilish, struktu-

ralashtirish va hokazolar jadal o‘rganilmoqda.

Òa’lim mazmunining ishlab chiqilgan nazariyasida quyidagi

muhim qoidalar talqin qilingan:

— ta’lim mazmunida jamiyatning ma’naviy va moddiy element-

lari, shu jumladan, tabiat, jamiyat va inson haqidagi bilimlar, ijodiy

faoliyat tajribasi, insonning munosabatlari, boshqarish faoliyati,

xulqi  va hayoti ifodalanishi lozim;

— ta’limning mazmuni umumiy, politexnik va kasb-korlik

komponentlarining birligini aks ettirishi kerak;

— ta’limning mazmuni o‘quvchilarning yoshidan va jamiyat-

ning rivojlanish darajasidan kelib chiqadi;

— ta’limning mazmunidagi ajratilgan to‘rt komponent hajmi

va mazmuni bo‘yicha o‘zaro aynan muvofiq bo‘lishi kerak.

Maktab rivojlanishining hozirgi bosqichida ta’limni kompyuter-

lashtirish masalasi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘quv-

chilarni zamonaviy hisoblash texnikasidan foydalanishga doir bilim

va malakalar bilan qurollantirish, o‘quv jarayonida kompyuter-

larning keng qo‘llanishini ta’minlash jamiyatda bozor iqtisodiyotini

rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. Mana shu vazifani

amalga oshirish yuzasidan pedagogika fanida o‘rta maktabga elektron

hisoblash mikroprotsessor texnikasini tatbiq etishning ikkita asosiy

yo‘nalishi ishlab chiqilmoqda. Bularning birinchisi — maktabdagi

ta’limning mazmuniga o‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligining



88

komponenti sifatida dasturlashtirish asoslarini va hisoblash texni-

kasini joriy etish; ikkinchisi — maktabda elektron hisoblash mashi-

nalaridan ta’minlash ta’limining vositasi sifatida foydalanishdir.

Pedagogika fani maktablarning EHMlardan foydalanishdagi

tajribalarini o‘rganishi va umumlashtirishi: yalpi kompyuter savod-

xonligiga javob beradigan yagona dasturlashtirish umumta’limiy

kursini yaratish; dasturlashni o‘rgatish boshlanadigan muddatni

va kursning hajmini belgilashi, maktabda o‘rganiladigan algoritm

tilini tanlash, ta’limni mashina bazasidan foydalanish asoslarini

ishlab chiqishi va boshqa vazifalarni ado etishi kerak.

Òa’lim nazariyasiga muammoli — kamol toptiruvchi o‘qitishni

joriy etish, shuningdek, o‘quv jarayonini tabaqalashtirish va

individuallashtirish yo‘llarini izlash bo‘yicha faol ishlar olib

borilmoqda.

Muammoli — kamol toptiruvchi o‘qitishning nazariyada ishlab

chiqilgan asosiy g‘oyalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:

— ta’limiy bilishni ilmiy bilishga muvofiq modellashtirish g‘oyasi,

ya’ni muammoli vaziyatni vujudga keltirish — farazni olg‘a surish —

farazni asoslash — farazni hal qilish — uni tasdiqlash yoki rad

etishdek zarur bo‘g‘inlarni o‘z ichiga olgan muammoli o‘qitish;

— o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini rivoj-

lantirish, ularda tadqiqotchilik yo‘sinidagi ko‘nikma va malakalarni

o‘stirish g‘oyasi.

Muammoli o‘qitish nazariyasida qator qonuniyatlar ifodalandi

va eksperiment yo‘li bilan asoslandiki, ulardan muammoli dars

o‘tish  bilan muammoli o‘rgatishning birligi va bir-birini taqozo

etishi, o‘quvchilarning tayyorligi darajasi bilan muammoli o‘rga-

tish darajasining muvofiqligi kabi qonuniyatlarni ajratish mumkin.

Didaktikada ishlab chiqilgan o‘quvchilarning bilish faoliyatini

faollashtirish nazariyasi muammoli — kamol toptiruvchi o‘qitish

nazariyasiga juda yaqindir.

Faollik nazariyasining asosiy g‘oyasi ham maxsus tashkil etilgan

ta’lim muhitida (o‘qitishning mazmuni, shakllari va metodlari

bilan) o‘quvchilarning faolligini tobora oshirib borishdan iboratdir.

Ishlab chiqilgan faollik nazariyasi o‘quv jarayonida bilimlarni

o‘zlashtirish, ularni qayta ishlash va qo‘llashning (muammoli va

reproduktiv) usullarini o‘rganish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘zini

o‘zi boshqaradigan faollikdan iboratdir.

Mazkur qonuniyatlar asosida amaliy jihatdan muhim ahami-

yatga molik nazariy qoidalarni 


Yüklə 334,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə