Ii. Asosiy qism


Ikki vа uch yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə5/7
tarix27.05.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#113481
1   2   3   4   5   6   7
21.13

Ikki vа uch yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi
(2-3 yosh)
Kichkintoyning jismoniy rivojlanishida 2-3 yosh oʼziga xos davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning vazni 13-15 kg, boʼyi taxminan 85-90 sm boʼladi.
Ikki yoshli bolaning turli harakatlar qila olish imkoniyati tevarak-atrofni oʼrganishida juda katta sharoit yaratadi. Bola atrofidagi narsalarni kuzatadi, qoʼli bilan ushlab, tekshirib koʼradi. Shu tariqa bolaning sezgi va idroki, tasavvur va xotirasi, nutqi va hissiyoti rivojlanadi.
Kichkintoyda jismoniy harakatlarning muhim hayotiy turlarini shakllantirish (yurish, yugurish, sakrash, emaklash, irgʼitish) orqali oyoq, qoʼl, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, turgan joyida aylanishni oʼrgatish, harakatli oʼyinlarni oʼynashga boʼlgan qiziqishlarini oshirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish (chaqqonlik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuch v.b.), bola qomatini toʼgʼri shakllantirishga taʼsir koʼrsatish lozim.
Bolani jismoniy tarbiya instruktori yordami asosida mashqlarni tushunib, birgalikda harakat qilishga, oʼz harakatini boshqalarniki bilan solishtirishga oʼrgatish. Mashqlar bajarayotganda gavdani toʼgʼri va tovonni mustahkam tutishiga eʼtibor berish. Boshlangʼich gimnastika mashgʼulotlariga, shuningdek, ertalabki badantarbiyaga ijobiy munosabatni uygʼotish.
Yirik motorikani rivojlantirish. Bolaning jismoniy faolligini oshirish, boʼyining meʼyorida oʼsishini kuzatib borish, salomatligini mustahkamlash; bolaning salomatligini inobatga olgan holda chiniqtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim.
Bolaning harakatlanish faoliyatini turli gimnastik mashqlar va oʼyinlar bilan boyitib borish; jismoniy tarbiya instruktori koʼrsatmasi asosida harakatlarni toʼgʼri bajarishga undash, faol harakatlanishning jamoaviy shakllariga jalb qilish, bolada tanish harakatlarni oson va erkin, bir maromda, fazoviy yoʼnalishdan adashmay, muvozanatni saqlagan holda bajara olish koʼnikmalarini shakllantirish.
Аsosiy harakatlarga doir mashqlar
Yurish mashqlari. Jismoniy tarbiya instruktori koʼrsatmasi asosida, belgilangan yoʼnalishda bir qator boʼlib toʼgʼri yurish, oyoqlarining uchida yurish; eni 15-20 sm boʼlgan yuzada yurish; ilon izi shaklidagi chiziqcha ustidan yurish; toʼlqinlar shaklida tashlab qoʼyilgan arqon ustidan yurib oʼtish; eni 20 sm boʼlgan yuzada yoʼnalishni saqlab yurishga oʼrgatish.
Yugurish mashqlari. Jismoniy tarbiya instruktori koʼrsatmasiga koʼra yugurish; doira boʼylab bir tomonga qarab 30-40 soniya davomida yugurish.
Sakrash mashqlari. Turgan joyida ikki oyoqlab sakrash; eni 20-25 sm boʼlgan kichik ariqchadan, toʼsiqlar ustidan, kichik narsalar ustidan sakrab oʼtishga oʼrgatish.
Yumalatish, irgʼitish va ilib olish mashqlari. Buyumlarni yigʼish, maʼlum joyga qoʼyish. Buyumlarni (toʼplar, qum haltacha v.b.) nishonga ikki qoʼllab; oʼng yoki chap qoʼl bilan irgʼitish; otilgan toʼpni ikki qoʼl bilan ilib olish.
Emaklash va tirmashib chiqish mashqlari. Balandligi 25-30 sm boʼlgan arqon ostidan emaklab oʼtish, bolaga qulay usulda gimnastika devorchasidan tirmashib chiqish va tushish, mustaqil ravishda zinadan chiqib, tushish.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berish va tarbiyalashda boshqa sohalardagi rejalashtirishdan sezilarli darajada farq qiladi.Bu harakat faolligini o`rganishning o`ziga xos jarayoni, tizimli dastur ta`lim va tarbiya vazifalarini hal qilish zarurati bolalarning jismoniy rivojlanishiga, ularning sog`lomlashtirish jarayoniga maqsadli ta`sir ko`rsatadi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar bilan jismoniy mashqlarning barcha turlarini o`tkazish quyidagicha rejalashtiriladi:
- jismoniy tarbiya mashg`ulotlari;
- kun tartibidagi jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish tadbirlari;
-jismoniy tarbiya va ommaviy tadbirlar (dam olish, xordiq chiqarish va
- bolalarning mustaqil harakat faoliyati.
Bundan tashqari, faoliyat bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarining samaradorligini mutaxassisning tibbiy xodimlar va ota-onalar bilan o`zaro hamkorligi belgilaydi.[14]

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə