Ii. Asosiy qisi



Yüklə 28,1 Kb.
səhifə1/6
tarix06.04.2023
ölçüsü28,1 Kb.
#104470
  1   2   3   4   5   6
raxobat


Reja:
I.Kirish


II.Asosiy qisi.
1.1.Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi
1.2. Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklarini ng shakllanishi
1.3.Milliy iqtisodiyotda raqobatning muhitini shakllantirishning institusional asoslari
1.4. Milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishining muvaffaqiyatli strategiyasi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat. Buning uchun esa sog‘lom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy- huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Bozorga o‘tish bosqichida davlat tomonidan tartibga solishning roli shakllangan bozor xo‘jaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga ikkita asosiy sabab bor. Birinchidan, o‘tish bosqichida bozor shakllanish bosqichida bo‘ladi va uning tartibga soluvchi imkoniyatlari unchalik yuqori emas, bu davlatning iqtisodiy jarayonlarga jadal aralashuvi zaruratini belgilab beradi. Ikkinchidan, rejali xo‘jalikdan bozorga o‘tish avtomatik tarzda va stixiyali kechadi. Davlat o`tish jarayonini tartibga solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini rag‘batlantirishga, uning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga da’vat etilgan.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning funksiyalarida muayyanlashadi. Davlatning o‘tish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlikning hususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalarining ikkita guruhini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funksiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning o‘z tartibga soluvchilarini ta’sirini to‘ldirish va unga tuzatishlar kiritish.
Birinchi guruhga bozor xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishining huquqiy bazasini ta’minlash funksiyasi hamda bozor muhitida asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida raqobatni rag‘batlantirish va himoyalash funksiyasi kiradi.
Ikkinchi guruhga esa daromadlarni qayta taqsimlash, resurslarni taqsimlashga tuzatishlar kiritish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish funksiyalari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan funksiyalar o‘tish iqtisodiyoti uchun ham, rivojlangan bozor iqtisodiyoti uchun ham xos xususiyatdir, biroq bozorga o‘tish bosqichida ushbu funksiyalarning har birining amalga oshirilishi qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Agar shakllangan bozor xo‘jaligida iqtisodiyot faoliyat ko‘rsatishining huquqiy bazasini ta’minlash asosan amaldagi xo‘jalik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishini nazorat qilish va unga qisman tuzatishlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshirilsa, o‘tish bosqichida esa xo‘jalik yuritishning butun huquqiy bazasini yangidan tashkil etish talab etiladi.
O‘tish davridagi iqtisodiyotga xos bo‘lgan raqobatning rivojlanmaganligi va bozorni monopollashtirishning haddan ziyod yuqori darajasi tufayli mazkur funksiyani amalga oshirish bu yerda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 28,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə