Ichki sekretsiya bezlari



Yüklə 409,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü409,37 Kb.
#130365
  1   2
3 Ichki sekretsiya bezlari



 Odam va uning salomatligi
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
Davron Sultonov
1. Gumoral (1) va gormon (2) so’zlari qaysi tildan olingan, 
qanday ma’noni bildiradi?
A) 1- yunoncha “gumor” — suyuqlik; 2 - yunoncha “hormao” 
— qo‘zg‘ataman, harakatga keltiraman 
B) 1- lotincha “gumor” — suyuqlik; 2 - yunoncha “hormao” — 
qo‘zg‘ataman, harakatga keltiraman 
C) 1- lotincha “gumor” — suyuqlik; 2 - lotincha “hormao” — 
qo‘zg‘ataman, harakatga keltiraman 
D) 1- yunoncha “gumor” — suyuqlik; 2 - lotincha “hormao” 
— qo‘zg‘ataman, harakatga keltiraman 
2. Qonda qand miqdori oshib ketsa qanday o’zgarishlar 
kuzatiladi? 
A) jigarda qanddan glikogen sintezlanishi kamayib, qonda 
qand miqdori o‘zgarmaydi 
B) jigarda qanddan glikogen sintezlanishi kamayib, qonda 
qand miqdori ko’payadi 
C) jigarda qanddan glikogen sintezlanishi kuchayib, qonda 
qand miqdori o‘zgarmaydi 
D) jigarda qanddan glikogen sintezlanishi kamayib, qonda 
qand miqdori kamayadi. 
3. Gomeostaz so’zining ma’nosi qanday? 
A) yunoncha “gomeostazis” – harakatsiz 
B) lotincha “gomeostazis” – harakatsiz
C) yunoncha “gomeostazis” – harakatli
D) inglizcha “gomeostazis” – harakatsiz 
4. Tushunchalarni ularning mazmuni bilan birga juftlab 
yozing. 
a) gomeostaz, b) retseptorlar, c) gumoral boshqarilish,
d) impulslar, e) biologik faol moddalar, f) o‘z-o‘zidan 
boshqarilish, h) nerv boshqarilish. 
1-nerv signallari orqali, 2-ichki muhit orqali,
3-signallar, 4-nerv va gormonlar orqali amalga oshadi,
5-ichki muhit doimiyligi, 6-sezgir nerv uchlari,
7-gormonlar, fermentlar, vitaminlar. 
A) a-7, b-6, c-3, d-1, e-5, f-4, h-2 
B) a-3, b-1, c-4, d-6, e-7, f-2, h-5 
C) a-2, b-3, c-5, d-1, e-4, f-7, h-6 
D) a-5, b-6, c-2, d-1, e-7, f-4, h-3 
5. Organizm funksiyasi gumoral boshqarilishi tartibini 
aniqlang.
A) moddalar ichki muhitga o‘tadi, В) gormonlar ta’sirida 
organlar ishi o‘zgaradi, D) muhit o'zgarishi sekretsiya 
bezlariga ta’sir qiladi, E) moddalar hujayralarga ta’sir qiladi, 
F) bezlar biologik faol moddalar ishlab chiqara boshlaydi.
A) A→F→D→B→E B) D→F→A→E→B 
C) F→A→D→E→B D) A→D→B→F→E 
6. Nerv boshqarilishi amalga oshirilishi tartibini aniqlang. 
A) qo‘zg‘alish nerv signallariga aylanadi, В) nerv uchlarida 
qo‘zg‘alish hosil boladi, D) nerv signallari orqa va bosh 
miyadan organlarga uzatiladi, E) muhit o'zgarishi 
organizmga ta’sir qiladi, F) nerv signallari orqa va bosh 
miyaga uzatiladi, G) organlardagi muskullar qisqarib ish 
bajaradi. 
A) B→E→A→F→D→G B) E→B→F→A→D→G 
C) E→A→B→F→D→G D) E→B→A→F→D→G 
7. Qaysi bezning sekret chiqarish yo’li bo’lmaydi? 
A) gipofiz B) so’lak bez 
C) ko’z yosh D) oshqozon devori bezlari 
8. Qaysi gormon organizmda moddalar almashinuvini 
tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish 
xususiyatiga ega? 
A) timozin B) tiroksin 
C) adrenalin D) somatotropin 
9. Miksedema kasalligining belgilari qanday? 
A) Moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi 
qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib
ketadi. 
B) Yosh bolalarning o‘sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda 
sekinlashib ketadi. 
C) Organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, nerv 
sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi va kishi ozib ketadi. 
D) Tez jahl chiqishi, uyqusizlik, ishtahaning pasayishi, 
terlash. 
10. Qalqonsimon bez gormoni tiroksin bilan bog‘liq
kasalliklarni ularning sabablari bilan birga juftlab yozing. 
a) kretinizm, b) miksedema, d) endemik buqoq,
e) Bazedov kasalligi, f) tireotoksikoz.
1) katta yoshda tiroksin yetishmaganida, 2) suv tarkibida yod 
yetishmaganida, 3) qalqonsimon bez funksiyasi birmuncha 
kuchayganida, 4) tiroksin gormoni ortiqcha ishlab 
chiqarilganida, 5) kichik yoshda tiroksin yetishmaganida. 
A) a-5, b-1, d-2, e-4, f-3 B) a-3, b-4, d-2, e-1, f-5 
C) a-1, b-5, d-3, e-4, f-2 D) a-2, b-1, d-5, e-3, f-4 
11. Qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni
ularga mos keladigan belgilar
bilan birga juftlab yozing. 
a) kretinizm, b) miksedema, c) endemik buqoq,
d) Bazedov kasalligi, e) tireotoksikoz. 
1) moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi 
qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishadi, 2) bolalarning 
o'sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashadi, 3) tez 
jahl chiqishi, uyqusizlik, ishtaha pasayishi, terlash paydo 
bo'ladi, 4) bez yiriklashib, bo‘yinda shish paydo bo'ladi, 5) 
ko‘zlar notabiiy chaqchaygan bo’ladi. 
A) a-2, b-1, c-4, d-5, e-3 B) a-4, b-5, c-2, d-1, e-3 
C) a-3, b-5, c-4, d-1, e-1 D) a-5, b-1, c-3, d-2, e-4 
12. Kretinizm qaysi gormon yetishmasligidan kelib chiqadi? 
A) timozin B) tiroksin C) adrenalin D) somatotropin 
13. Kasalliklarni ularni davolash yo‘llari bilan birga juftlab 
yozing. 
a) kretinizm, miksedema, b) endemik buqoq,
d) Bazedov kasalligi, e) tireotoksikoz. 
1) osh tuziga yod qo'shib ishlov beriladi, 2) ba’zan bezning 
bir qismi olib tashlanadi, 3) bez faoliyatini kuchaytiradigan 
dorilar beriladi, 4) bez faolyatini pasaytiradigan dorilar 
beriladi. 
A) a-3, b-1, d-2,4, e-3 B) a-3, b-1, d-2,4, e-4 
C) a-3, b-1, d-2,3, e-4 D) a-3, b-1, d-2, e-4 
14. Sekretsiya bezlarini ularning organizmda joylashgan o‘rni 
bilan birga juftlab yozing. 
a) qalqonsimon bez, b) qalqonoldi bezlari,
d) gipofiz, e) epifiz, f) ayrisimon bez, h) buyrakusti bezlari. 
1) o‘ng va chap buyrak ustida, 2) qalqonsimon bez orqa 
yuzasida, 3) bosh miya ostki yuzasida, 4) o‘rta miyada,
5) to‘sh suyagining orqa yuzasida, 6) bo‘yinning oldingi 
qismida. 
A) a-3, b-5, d-6, e-1, f-2, h-4 B) a-4, b-5, d-3, e-6, f-2, h-1 
C) a-2, b-6, d-1, e-5, f-4, h-3 D) a-6, b-2, d-3, e-4, f-5, h-1 



Yüklə 409,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə