Ibtidoiy jamoa davri san’ati



Yüklə 48,51 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü48,51 Kb.
#164030
  1   2
IBTIDOIY JAMOA DAVRI SAN’ATI


IBTIDOIY JAMOA DAVRI SAN’ATI
REJA:



  1. Er. av. 3 ming yillikgacha bo‘lgan davrda Tosh asri, er. av. 3-2 ming yillikdagi bo‘lgan mis va bronza asri, er. av. 1 ming yillikda temir asri to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish.

  2. Shu davrdagi me’morchilik, tasviriy va amaliy-dekorativ san’at.

  3. O‘rta Osiyo, O‘zbekistonning ibtidoiy davrdagi yodgorliklari bilan keng tanishtirish.



Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni hamma xalq va elatlar o‘z boshidan kechirdilar. Ana shu uzoq davom etgan taraqqiyot jarayonida hozirgi zamon odami tipi paydo bo‘ldi, odamlar jamoasi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaifligi odamlarni kollektiv bo‘lib yashash va mehnat qilishga da’vat etdi. Ular qudrat birlikda ekanligini, hayotning ilk bosqichidayoq sezdilar. Bu qudrat ularni tabiat sirlarini ґrganishga boshladi. Madaniyat va san’at ravnaqiga zamin yaratdi.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar - mehnat va ov qurollari, uy-anjomlari va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yetib kelgan. Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, Qor va yerto‘la devorlariga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‘rganishning muhim manbai hisoblanadi. San’at qachon va qanday paydo bo‘lgan? San’at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yuzaga keldi va rivojlandi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo‘ydi. San’atning yuzaga kelishi insonning obyektiv voqelik to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o‘z avlodi tajribalaridan bahramand bo‘lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini jadallashtirdi.
Arxeologiyada ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan materiallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi:
1. Tosh asri - eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha bo‘lgan davr.
2. Mis va bronza asri - eramizdan avvalgi 3-2 ming yillik.
3. Temir asri - eramizdan avvalgi 1 ming yillik.
Haykaltaroshlikda hayvonlar tasvirini yasash keng urinni egallaydi. Odam tasviri, ayniqsa, ayollar haykali paleolit davrida keng uchraydi. harbiy Yevropadan (Avstriya) topilgan “Villendorf Venerasi” deb nomlangan haykal mashhurdir.Haykal hajm jihatidan katta emas, (balandligi 0,06 m.) lekin ko‘rinishi jihatidan monumental. Haykalda ortiqcha detallar yo‘q. Ichki kuch-qudratga to‘la haykalda bosh qismi bir oz belgilangan, yuz deyarli ishlanmagan, past tomonida tugallik yo‘q, lekin shunga qaramasdan, haykal o‘zining to‘laqonliligi, ichki kuchga to‘laligi bilan yaxshi taassurot qoldiradi.
Mezolit yoki o‘rta tosh asrida odamlar katta bo‘lmagan tґdaga ajralgan holda yashay boshlashlari ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chib o‘tish, katta yer maydonlaridan foydalanish imkoniyatini berdi. Qurollarning (mehnat va ov qurollari) ixcham, qulay bo‘lishiga e’tibor kuchaydi. o‘q, kamon-yoy, qayiqlarning ixtiro qilinishi ibtidoiy jamoa kishisining hayoti yanada yaxshilanishini ta’minladi. Odamlar yog‘och, qamishdan foydalanib, o‘zlariga kerakli buyumlar yasay boshladilar.
Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, o‘rta Osiyodan topilgan suratlar diqqatga sazovordir. “Kiyiklarni ovlash” (Ispaniya) suratlarida obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi), sxematik, o‘ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. Lekin bu shartlilik rassom aytmoqchi bo‘lgan fikrni tushunishga halaqit bermaydi. Ov manzarasidagi holat - kiyiklarning jon talvasada qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, hayajon ibtidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan. o‘rta Osiyo (Surxondaryo, FarQona), Ozarbayjon (Kobiston)dan topilgan suratlarda ham shu holni kґramiz. Zaravutsoy (Surxondaryo), Seymalitosh (FarQona) suratlari mashhurdir. Bu suratlarda ovchilarning hayvonlarga hujumi aks ettirilgan. Zaravutsoydagi niqob kiyib, ґljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettirgan surat o‘tmish hayotining ma’naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va tґlqinsimon chiziqlar, konsentrik aylanalar shu davrdagi ko‘pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvon va ґsimliklar dunyosidan olingin shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, tґlqinsimon chiziq-harakat, suv ramzi va h.k.
Bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik o‘rtalarida , bo‘lib, odamlar misni qalay, qo‘rg‘oshin, rux yoki surma bilan eritib, bronza tayyorlashni ґrganib oldilar.
Bronza qurollar, yaroq-aslaha, zebu ziynat yasash uchun asosiy material bo‘lib qoldi. Yer yuzida bronza asri boshlandi. Bronza asrini deyarli hamma xalq va elatlar boshidan kechirdi. Lekin bu asr ba’zi xalqlarda (masalan, Eron, Mesopotamiya, Kavkaz, o‘rta Osiyo) bir muncha erta, eramizdan avvalgi 3 minginchi yillar o‘rtalarida , boshlangan bo‘lsa, boshqa yerlarda (masalan, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Kipr va Qrimda) eramizdan avvalgi 3 va 2 minginchi yillar chegarasida, Misr, Xitoy, Xindiston, Yevropada eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda sodir bo‘ldi. Bronzaning ixtiro etilishi inson tafakkurining muhim Qalabasi edi. Bu ixtiro ijtimoiy hayot taraqqiyotini yanada tezlashtirdi, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirdi, mehnat unumdorligini oshirib, qґshimcha mahsulot tґplanishini ta’minladiki, bu o‘z navbatida inson ma’naviy olamining o‘zgarishi va boyishiga olib keldi.
o‘rta Osiyo yerlarida bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik ґrtalariga to‘g‘ri keladi. Bu yerlarda materiallardan buyumlar ishlash keng tarqaldi. Jumladan, FarQonadan topilgan bilakuzuklarda qґy va sher tasviri, ayniqsa, ta’sirli chiqqan. Bronza asrida o‘rta Osiyoda kulolchilik yanada rivojlandi. Kulolchilik dastgohlarining yuzaga kelishi esa, so‘zsiz, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va go‘zal bo‘lishini ta’minladi. Chustdan topilgan qizil fonga qora bґyoqlar bilan rasm va naqshlar ishlangan sopol buyumlar diqqatga sazovordir.
Temir asri. Ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichi bo‘lgan temir asri, “harbiy demokratiya” insoniyat ma’naviy dunyosining murakkablashishi, ijtimoiy hayotda urush, talon-tarojlikning kuchayishi va jamoada harbiy rahbarlarning roli ortishi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy hayotga kirib kelgan temir, tosh va qisman bronza buyumlarni hayotdan siqib chiqardi. ¤z xususiyati jihatidan mustahkam bo‘lgan bu metall ishlab chiarish kuchlarining ortishi va mehnat unumdorligini kuchayishiga samarali ta’sir qildi, ayniqsa, dehqonchilik imkoniyatlarini kengaytirdi.
Temir asrida ham amaliy-dekorativ san’at yetakchi urinni egalladi. Kulolchilik texnikasining murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning keng kґlamda ishlatilishi uning sifatini o‘zgartirdi, yangi tur va formalarni yuzaga keltirdi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozitsiyalardan foydalanish tendensiyalari rivojlandi.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo'lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakllanishiga imkon berdi. Shu zaminning ajralmas qismi bo'lgan O'zbekiston hududida juda qadim zamonlardanoq odamzod istiqomat qilib kelgan. Qadimshunoslar fikriga ko'ra, bu zaminda million yildan beri odam yashab kelmoqda. Turon zaminining Jayhun va Sayhun daryolari (Amu va Sirdaryo avval shunday nom langan) oralig'idagi havzada kishilik jamiyatining ilk shakllanishi, lining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji o'ziga xos evolyutsion taraqqiyotda bo'lib, shu yerda ibtidoiy to'da, qadimiy tosh asrining ibtidoiy jamoa xo'jaligi va nihoyat ibtidoiy san’at rivoji mavjud bo'ldi. 
O'zbekiston hududida qadimiy ibtidoiy madaniyat tosh asrining ilk bosqichi mil. avval 700—600 ming yillikdan 100 minginchi yillargacha bo'lgan davrga borib taqaladi va bu madaniyat oddiy mehnat qurollari — toshdan ishlangan chopqichlar sifatida paydo bo'lgan. Shunday qurollar So'x vohasining Selung'ur g'oridan, Ohangaron daryosi yaqinida Ko'lbuloq manzili, Boysun tog'Iari va Zarafshon etaklaridan topilgan, Bu topilgan mehnat qurollarining ilk namunalari asosan ikki tomoniga ishlov berilgan chopqichlar bo'lib, uning bir tomoni uchli va o'tkir bo'lishiga e’tibor berilgan. Tosh asrining so'nggi bosqichiga kelib hozirgi zamon odam qiyofasi shakllandi, odamlar tabiiy g'orlarni o'zlashtira boshladilar. Ular endilikda toshdan tashqari suyak, yog'ochdan o'zlari uchun kerakli buyumlami yarata boshladilar, bigizlar paydo bo'ldi. Bu davrga kelib olovni ixtiro etilishi odamlar jamoasini yaxlitlashishiga olib keldi. Odamlar yashaydigan joylarda esa mehnat qurollari yasaydigan ustaxonalar paydo bo'la boshladi, rassomlik, haykaltaroshlik , me’morlikning dastlabki ko'rinishlari shakllandi. Ibtidoiy odamlar o'z mehnat va ov qurollariga, kundalik turmushda ishlatadigan buyumlariga turli belgi va chiziqlar chizib ularning go'zalligini orttira boshladilar, o'zlari uchun bezak-taqinchoqlar yaratishga harakat qildilar.


Yüklə 48,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə