Ibtidoiy dinlar


Nikoh tuzishning huquqiy asoslari



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə4/6
tarix11.03.2022
ölçüsü27,82 Kb.
#84432
1   2   3   4   5   6
Ibtidoiy dinlar

Nikoh tuzishning huquqiy asoslari

Insonparvar demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Oila” instituti o‘ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati, uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligi hamda ijtimoiy vazifalarida ifodalanadi. Mamlakatimizda har bir oila va har bir insonning turmush farovonligi, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan oliy maqsadlarga asoslanib ish olib borish ustuvor vazifa sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida nikoh tuzishning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra nikoh rasmiy qonunlar asosida ro‘yxatdan o‘tkazilgandagina huquqiy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 1-moddasida nikoh – fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi lozimligi belgilangan. Buning uchun nikohdan o‘tuvchilar FHDYOga ariza bilan murojaat qilganlaridan keyin bir oy o‘tgach shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi” ning 15-moddasida balog‘atga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida va oila qurish uchun ma’lum hayotiy, jismoniy va ma’naviy yetuklik talab qilishlikni e’tiborga olish haqida shunday qoidalar belgilangan: Uzrli sabablar bo‘lganda, alohida hollarda nikohga kirishni xohlovchilarnigina iltimosiga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimligi nikoh yoshini bir yilga qisqartirishi mumkin, bunda ular O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra nikohdan o‘tgan vaqtdan boshlab muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Oila kodeksida belgilangan nikoh yoshiga rioya qilmasdan g‘ayri-qonuniy ravishda nikoh munosabatlarida bo‘lish har xil huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishi mumkin. Xususan, bunday nikoh haqiqiy emas deb topilib, tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunda hattoki jinoiy oqibatlarga: Jinoyat Kodeksining 125-1-moddasiga binoan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish – eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat Kodeksining 136-moddasiga binoan, ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish esa – eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida nikoh tuzish uchun ariza bilan murojaat etgan shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bugungi kunda majburiy holat qilib belgilangan bo‘lib, Oila kodeksida: nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo‘yicha maslahat berish nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari shifokor siri haqidagi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat ko‘rikdan o‘tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga muvofiq, oilada erxotinning huquqiy munosabatlari nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Oilada ota onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashlari to‘g‘risida majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida o‘z ifodasini topgan1. Oilaviy munosabatlar quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi, bular: oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillaridir.


Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə