I. P. Pavlov kimni "Rus fiziologiyasining otasi "deb atagan?



Yüklə 7,25 Mb.
səhifə1/150
tarix01.09.2023
ölçüsü7,25 Mb.
#121206
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
8-sinf Isayeva 1




anatomiya8

YANGI TESTLAR



2019-2020



KIRISH. I BOB.
5.Tibbiyot faniga hissa qo`shgan olimlarning ishlarini juftlab ko`rsating.
a- Galenb- Gippokrat c- Sechenov I. M d- Adreas Vezaliy
1-Odam organizmini yorib ko`rish orqali o`rganishni boshlagan, 2-bosh miyaning reflektorlik xususiyatini kashf etgan, 3-anatomiya va fiziologiya diagnostika davolash va profilaktikanoing asosi ekanligini ko`rsatib bergan, 4-bemorga va uni davolashga xususiy yondashuv g`oyasini taklif qilgan, 5-uning asarlari klinik tibbiyotga asos soldi, 6-barcha organlarni rasmlar orqali tasvirlab, boshqalar yo`l qo`ygan kamchiliklarni tahlil qilgan.,7-tibbiyotga hayvonlar ustida ishlash tajribasini kiritgan
A) a-3,7, b-4,5,c-2,d-1,6 B) a-1,2,b-3,4 c-6, d-7
C) a-6,7, b-2,4, c-1,d-5 D) a- 1,5, b-3,7, c-4,6 d-4
7. Ilk bor rasmlari orqali odam organizmining realistik tasvirini yaratib bergan olim kim?
A) Aristotel B)Gippokrat
C)Galen D) Lionardo da Vinchi

8. I.P.Pavlov kimni “Rus fiziologiyasining otasi “deb atagan?


A) Sechenov B) Vavilov
C) Vernadskiy D) Mechnikov

9. Mechnikov qaysi ishlari uchun Nobel mukofatiga sazovor bo`lgan?


A) immunologiyadagi B) mikrobiologiyadagi ishlari C) Fagositoz nazariyasi
D) Gerontologiyaga oid ishlari uchun

12. Olimlar nomlarini ular qilgan ishlari bilan jutlang.


a-Yunusov A. Yu b-Aripov O`. A c-Vohidov V. V d-To`raqulov Yo. X

  1. 1-Qalqonsimon bez garmonlarini o`rgandi 2- odam va hayvonlarni yuqori haroratga moslanish xususiyatlarini ochib bergan 3- hujayra metobalizmi va endokrin kasalliklarni o`rgangan 4- Sog`lom buyrak ko`chirib o`tkazish 5- jarrohlik sohasida katta ishlarni amalga oshirdi, 6-issiq sharoitda odam va hayvonlar organizmida suv va tuz almashinuvining fiziologik mexanizmini o`rgandi 7- filtratsiya, sekretsiya va so`rilish jarayonlarini mexanizmlarini ochib berdi 8- oshqozonosti bezining bir qismini ko`chirib o`tkazish usulini ishlab chiqqan

A)a-1,2 b-5,7 c-3.6 d-4,8 B)a-2,6 b-4,8 c-5 d-1,3
C) a-1,2,7 b- 3,5 c-6 d-8D) a-7,8 b-1,2 c-5,6 d-3

13. Gistolog Zufarov Komiljon Ahmadjonovich tibbiyot sohasida qaysi ishlarni amalga oshirgan?


1-Sog`lom va kasal organizmda sodir bo`ladigan jarayonlar, ularning boshqarilishini o`rgangan 2-odam va hayvonlar ni yuqori haroratga moslanish xususiyatlarini ochib bergan 3-hujayra metobalizmi va endokrin kasalliklarni o`rgangan 4-Sog`lom buyrak ko`chirib o`tkazish 5- jarrohlik sohasida katta ishlarni amalga oshirdi, 6-O`zbekistonda birinchi bo`lib elektron mikroskopiya labarotoriyasini tashkil etgan 7- filtratsiya, sekretsiya va so`rilish jarayonlarini mexanizmlarini ochib berdi
A)1,4,6,7 B)3,4,5 C)1,6,7D) 2,3,5,6

14. To`raqulov Yolqin Xolmatovich meditsina fanida qanday ishlarni amalga oshirgan?


1-Sog`lom va kasal organizmda sodir bo`ladigan jarayonlar, ularning boshqarilishini o`rgangan 2-qalqonsimon bez xastaliklarini o`rgandi 3-hujayra metobalizmi va endokrin kasalliklarni o`rgangan 4- Sog`lom buyrak ko`chirib o`tkazish 5-jarrohlik sohasida katta ishlarni amalga oshirdi, 6-izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo`llarini ochib bergan 7-filtratsiya, sekretsiya va so`rilish jarayonlarini mexanizmlarini ochib berdi
A)1,2,4 B)4,5,7 C)1,3,7 D)2,3,6
18. Pavlov Ivan Petrovichning fiziologiyga qo`shgan hissasini belgilang
1-Odam organizmini yorib ko`rish orqali o`rganishni boshlagan, 2-Shartli reflekslarni tormozlanishini tushuntirib bergan, 3-anatomiya va fiziologiya diagnostika davolash va profilaktikanoing asosi ekanligini ko`rsatib bergan, 4-ovqat hazm qilish fiziologiyasini o`rgangan, 5-oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotni yaratdi, 6-barcha organlarni rasmlar orqali tasvirlab,boshqalar yo`l qo`ygan kamchiliklarni tahlil qilgan.,7-tibbiyotga hayvonlar ustida ishlash tajribasini
A)1,3,6 B) 2,3,5 C) 4,5,6 D) 2,4,7

19. Hujayra membranasi uchun xos xususiyatlarni ko`rsating.


1-hujayra ichki qismini to`ldirib turadigan suyuqlik 2- ikki qavatli yupqa parda 3- hujayra markazida joylashgan 4-moddalarni hujayra ichiga va hujayradan tashqariga tanlab o`tkazadi 5- irsiy belgilarni nasldan naslga o`tkazadi 5-sitoplazma va organoidlarni o`rab turadi 6- hujayra faoliyatini boshqarib turadi. 7- yadrocha va xromatindan iborat
A)2,4,5 B)3,4,6 C)1,3,5 D)4,5,6

20. Hujayra yadrosi uchun xos xususiyatlarni ko`rsating.


1-hujayra ichki qismini to`ldirib turadigan suyuqlik 2-ikki qavatli yupqa parda 3-hujayra markazida joylashgan 4-moddalarni hujayra ichiga va hujayradan tashqariga tanlab o`tkazadi 5-irsiy belgilarni nasldan naslga o`tkazadi 5-sitoplazma va organoidlarni o`rab turadi 6-hujayra faoliyatini boshqarib turadi. 7-yadrocha va xromatindan iborat
A)2,4,5 B)3,4,6 C)3,5,6 D)4,5,6

21. Qaysi hujayra organoidi sitoplazmadan o`tadigan naychalar va kanalchalardan iborat bo`lib, hujayra qismlarini o`zaro bog`lab turadi?


A) endoplazmatik to`r B) Golji majmuasi
C) Ribosomalar D) lizosomalar

22. Yadro atrofida joylashgan , hujayrada sintezlangan moddalarni to`plash va tarqatish vazifasini qaysi hujayra organoidi bajaradi?


A) endoplazmatik to`r B) Golji majmuasi
C) Ribosomalar D) lizosomalar

24. Hujayra qismlari va ularning vazifalarini juftlang.


a- lizosoma b- ribosoma c- xromosoma
1-hujayra oqsillari sintezlanadi 2-oziq moddalarni parchalab sitoplazmaga o`tkazadi 3-organizm tuzilishi va xususiyatlari haqidagi axborotni saqlaydi
A)1-b 2-a 3-c B)1-a,2-b, 3-c
C) 1-c,2-b3-a D)1-a 2-b 3-c

25. Hujayra hayot faoliyatida sarflanadigan energiya manbai asosan qaysi organik moddalar hisoblanadi?


A) oqsil, yog` B) karbonsuvlar va nukliyen kislotalar C) yog`lar va karbonsuvlar
D) oqsil va nuklein kislotalar

26. Xromosomalar qachon mikroskopda ko`rinadigan bo'lib qoladi


A) har doim ko`rinadi B)hujayra yiriklashgan sari C) hujayra bo`linayotganda
D) mikroskopda ko`rishni iloji yo`q

27. Odam tana hujayralarida (a) va jinsiy hujayralarida (b) xromosomalar soni qancha bo`ladi?


A)a-46, b-46 B) a-44, b-2
C) a-46, b-23 D) a-22, b-2

28. Hujayradagi qaysi organik moddalar xromosomalar tarkibiga kirib, irsiy belgilar saqlanishi va nasldan naslga o`tishini ta’minlaydi


A) oqsillar B) karbonsuvlar
C) yog`lar D) nuklein kislotalar
32. Epiteliy to`qimasining vazifasi.
1-himoya, 2-organlarni o`zaro bog`lash, 3-hazm suyuqligi ishlab chiqarish 4- transport 5-organlarni harakatlantirish, 6-organlarni o`zaro bog`lab ular funksiyasini boshqarish
A) 1,2 B) 3,4 C) 5,6 D) 1,3

33. Biriktiruvchi to`qimaning vazifasi


1-himoya, 2-organlarni o`zaro bog`lash, 3-hazm suyuqligi ishlab chiqarish 4-transport 5-organlarni harakatlantirish, 6- organlarni o`zaro bog`lab ular funksiyasini boshqarish
A) 1,2,5 B) 1, 2,4 C) 1,5,6 D) 1,3,6

34. Muskul to`qimaning vazifasi


1-himoya , 2- organlarni o`zaro bog`lash, 3-hazm suyuqligi ishlab chiqarish 4-transport 5-organlarni harakatlantirish, 6- organlarni o`zaro bog`lab ular funksiyasini boshqarish
A) 5 B) 2 C) 6 D) 3

35. Nerv to`qimaning vazifasi


1-himoya, 2-organlarni o`zaro bog`lash, 3-hazm suyuqligi ishlab chiqarish 4-transport 5-organlarni harakatlantirish, 6- organlarni o`zaro bog`lab ular funksiyasini boshqarish
A) 1,2 B) 2,4 C)6 D) 1,3,6

36. G`ovak tolali biriktiruvchi to`qimalrni belgilang.


A) qon, limfa B) suyak togay
C) chin teri, qon tomirlar devori, paylar
D) teriosti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi

37. Qaysi to'qima muskul va suyaklarni o'zaro tutashtirib turadi?


A) biriktiruvchi B) nerv C) epiteliy D) muskul

38. Muskul to'qimaningqaysituriodamtinchturganda ham o'zvazifasinibajaraveradi?


A) yelka muskullari B) boldir muskullari
C) silliq muskullarD) ko'ndalang-targ'il muskullar

39. Odam tanasida qanday bo`shliqlar mavjud?


1-miya qutisi 2-umurtqa pog`onasi nayi 3-ko`krak qafasi 4-qorin 6-chanoq
A) 1,3,4,5 B) 1,2,4 C) 2,4 6 D)1,2,3,4,5,6

40. Ko`krak qafasida qaysi organlar joylashgan


1-orqa miya 2-bosh miya 3-yurak 4-xalqum 5- ichki jinsiy organlar 6-o`pkalar 7-oshqozon 8- yog`on ichakning keyingi qismi 9-o`t pufagi 10- ayirish organlari 11-kekirdak 12- jigar 13-ingichka ichak 14-kekirdak
A) 1,4,5,7,8 B)3,4,6,14 C) 5,7,12,13 D) 8,9,10,12

41. Umurtqa pog`onasi nayida qaysi organlar joylashgan


1-orqa miya 2-bosh miya 3-yurak 4-xalqum 5- ichki jinsiy organlar 6-o`pkalar 7-oshqozon 8- yog`on ichakning keyingiqismi 9-o`t pufagi 10- ayirish organlari 11-kekirdak 12-jigar 13-ingichka ichak 14-kekirdak
A)1 B)3,4 C)5,7,12 D) 8,9,10,12

42. Qorinbo`shlig`idaqaysiorganlarjoylashgan


1-orqa miya 2-bosh miya 3-yurak 4-xalqum 5- ichkijinsiyorganlar 6-o`pkalar 7-oshqozon 8- yog`onichakning keyingi qismi 9-o`tpufagi 10- ayirish organlari 11-kekirdak 12-jigar 13-ingichka ichak 14-kekirdak
A)1,4,5,7,8 B)3,4,6,14 C)7,9,12,13 D) 8,9,10,12

43. Chanoqbo`shlig`idaqaysiorganlarjoylashadi?


1-orqa miya 2-bosh miya 3-yurak 4-xalqum 5- ichkijinsiy organlar 6-o`pkalar 7-oshqozon 8- yog`onichakning keyingi qismi 9-o`tpufagi 10- ayirishorganlari 11-kekirdak 12- jigar 13-ingichka ichak 14-kekirdak
A) 1,4,5, B)3,4,6,14 C)5,7,12,13 D) 5, 8,10

44. Tiriklik darajalarini tartib bilan yozing.


1.atom 2. Hujayra 3. Molekula 4. Organ 5. To`qima 6. Organizm 7. organlar sistemasi
A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,4,5,67
C) 1,3,5,7 D) 3,2,5,4,7,6

45.To`g`ri javobni belgilang.


A)Ko`payish-organizmning o`ziga o`xshash nasl qoldirishidir
B)O`sish- organizm va uning tarkibiy qismlarining o`zgarishi hamda yangi belgilar hosil qilishi
C)Oziqlanish-organizm va uning tarkibiy qismlari o`lchamining ortishi
D) Ayirish – organizmga kirgan moddalarning parchalanib , turli jarayonlar uchun sarf bo`lishi

48. Organizm uchun xos bo`lgan - ayirish xususiyatini izohlang.


A) organizmning o`ziga o`xshash nasl qoldirishidir
B) organizm va uning tarkibiy qismlarining o`zgarishi hamda yangi belgilar hosil qilishi
C)organizm va uning tarkibiy qismlari o`lchamining ortishi
D) hujayradagi moddalar almahinuvi jarayonida hosil bo`lgan mahsulotlarning organizmdan chiqarib tashlanishi

49. Suvning odam tanasi massasidagi (a) va qon plazmasidagi (b) ulushini belgilang.


A)a-50-60%, b-80% B) a-40-45%, b-75%
C) a-70-80%, b-90% D)a-60-70%, b-90%

50. To'g'ri bo'lmagan fikrlarni aniqlang.


1. To'raqulov bioximik 2. Aripov gistolog 3. Yunusov gistolog 4. Ibn Sino musiqashunos 5.Beruniy faylasuf shoir 6.Aripov jarroh 7.Aristotel shifokor 8. Andres Vazeliy immunolog .
A)5.8.2 B)7,6,3 B)1,5,4 C)3,8.l D)4,2,7



Yüklə 7,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə