I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 44,37 Kb.
səhifə7/8
tarix28.09.2023
ölçüsü44,37 Kb.
#124406
1   2   3   4   5   6   7   8
Yoldosheva X Mustaqil ish

Ota-onalar savodxonligi ham bu o‗rinda katta rol o‗ynaydi. Eng avvalo ularda sog‗lom tafakkur va milliy g‗oyalarni shakllantirish kerakligini alohida ta‘kidlash mumkin. Bunday savodxonlik ota-onalik roli va funksiyalari mohiyatini to‗g‗ri tushunish, yangi farzand dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid qonuniyatlarni bilish, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odatlarimiz va an‘nalarimizning eng nodirlarini turmushning barcha sohalariga singdirish orqali, bolalarda qadriyatlarga mehr-muhabbatni uyg‗otish, balog‗at yoshiga yetgan farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi qator mas‘uliyatli vazifalarning tub ma‘nosini bilish va ularga amal qilish nazarda tutiladi. Bunday bilim va tasavvurlar majmui otaga qay darajada zarur bo‗lsa, onaga ham shu tarzda zarur va ahamiyatlidir. Chunki bir qarashda sanab o‗tilgan funksiyalar odatiy, ularga shaxs hayoti mobaynida avtomatik tarzda o‗rganib ketadiganday tuyulsada, aslida ota-onalik shunday mas‘uliyatli vazifaki, uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishiga shaxs ham ma‘naviy jihatdan, ham psixologik jihatdan tayyor bo‗lishi kerak.
Kasbni puxta egallash va fidokorona mehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo‗lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni shaxslarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun ham ilm-bilim shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun bu fikrlarning naqadar to‗g‗riligi va ayniqsa, ayol kishi uchun savodlilik va ilmning zarurati to‗g‗risida o‗z vaqtida o‗rta asrning ko‗zga ko‗ringan iste‘dodli
shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy shunday yozgan edi: ―Ilm – ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‗l qo‗yadi.


UMUMIY XULOSA
Mustaqillik yillarida Respublika uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bosqichlaridan biri boshlang‗ich ta‘limda o‗quv-tarbiya ishlarining bugungi kun talablari darajasida tashkil etish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri ekanligiga alohida urg‗u berilgan. Bugungi kunda boshlang‗ich ta‘lim moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, ta‘lim jarayoni zamonaviy o‗quv qurollari va texnik vositalar bilan qurollantirildi hamda malakali mutaxassislar bilan ta‘minlandi. Biroq, o‗quvchilar bilan tashkil etilgan suhbat, anketa hamda test so‗rovlarining natijalari ularda iqtidorli o‗quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash masalasi yetarlicha shakllanmaganligini ko‗rsatdi.
O‗quv mashg‗ulotlarini tashkil etishda o‗quvchilarda hosil bo‗lgan iqtidor va uning elementlari to‗g‗risidagi nazariy bilimlar asosida o‗quvchilarda ularni jamiyat va xalq manfaatlari yo‗lida mehnat qilish, mustaqillikni mustahkamlashga undovchi ma‘naviy-ahlokiy sifatlarni amaliy jihatdan tarbiyalashga imkon beruvchi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni izchil, tizimli tashkil etish maqsadga muvofiqligi ma‘lum bo‗ldi.
Ta‘lim jarayoni va ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni uyushtirishda tarixiy meros, milliy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‗oyalari, oila, mahalla, ta‘lim muassasalari, shuningdek, ijtimoiy tashkilotlarning imkoniyatlari, ommaviy axborot vositalari kabi omillar ham kasb-hunar kolleji o‗quvchilarida shaxs kamolotini shakllantirishga yordam berdi.
Pedagogik yo‗nalishda amalga oshiriluvchi tadqiqotlarning samaradorligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega shartlardan biri - bu maxsus metodikani ishlab chiqishdir. Tajriba-sinov ishlarining maxsus metodika asosida tashkil etish natijasida ularning samaradorligi ta‘minlanibgina qolmay, tadqiqotning muvaffaqiyatli kechishiga ham zamin yaratdi. Quyidagi xulosalarga keldik.
1. Boshlang‗ich ta‘lim amaliyotida iqtidorli o‗quvchilarni aniqlashga alohida e‘tibor qaratish, o‗quv ishlari hamda ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash.
2. Boshlang‗ich ta‘lim hamda oila, mahalla, keng jamoatchilik o‗rtasida mustahkam hamkorlikni qaror toptirish asosida o‗quvchilarda iqtidor qobiliyatini rivojlantirish. 3. Boshlang‗ich ta‘lim qoshida ―Iqtidorli o‗quvchi‖ nomli klub faoliyatini yo‗lga qo‗yish.
4.bolalarning umumiy iqtidorliklarini aniqlash;
5.Sinf rahbari daftarchasida(kundaligida) fan o‗qituvchilari, tugarak boshliqlari, ota-onalar tarafidan o‗tkazilgan tashxis natijalari iqtidorlik ning sohalari buyicha ma‘lumotlar tablitsa shaklida rasmiylashtirilishi kerak;
6.Sinfda iqtidorli bolalar qobiliyatlarini namoyon etishga imkoniyat yaratgan holda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.



Yüklə 44,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə