I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/201
tarix11.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#145443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 


13 
‘p mulkchilik, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shartnomaviy munosabatlar, 
‘lchov birligi, hisob obyekti, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, 
ma’lumotlardan foydalanuvchilar, predmet, obyekt, ta’minot, ishlab 
mablag‘, mablag‘lar manbai, nomoddiy aktiv, metod, metodologiyasi. 
Tavsiya etilayotgan o’qitishning pedagogik texnologiyalari:
ma’ruza o’qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza 
texnologik xaritasini ikkinchi va to’rtinchi bosqichlarida ilg’or pedagogik 
texnologiyani blits-so’rov, test, muloqot usullaridan, texnologik 
xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni yangi o’quv materialini bayon 
etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”, “B,BX,BO, “NIMA 
UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan foydalanish 
yaxshi natija beradi. Har bir o’qituvchi (ma’ruzachi) o’zining tajribasi va 
mahoratidan kelib chiqib ma’ruza o’qishning. 
1.
 
Korxona haqida tushuncha, uni boshqarish tizimi. 
Respublika iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti talablari asosida 
rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyoti deganda – erkin raqobat va 
tadbirkorlikka, ishlab chiqarish vositalariga ko‘p mulkchilikka, narxni 
bozorda shakllanishi va davlatning korxonalar faoliyatiga aralashuvini 
cheklanganligiga 
asoslangan 
iqtisodiyot 
tushuniladi. 
Bozor 
iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri - sog‘lom tadbirkorlik faoliyatini 
barpo etish va rivojlantirish bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolar va ularning 
uyushgan guruhlarining, korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli doirasida, 
mulkiy javobgarlik va xatar asosida foyda olishga yo‘naltirilgan 
mustaqil, tashabbuskor faoliyati tadbirkorlik faoliyati deyiladi. Bu 
faoliyat bilan jamoa shaklidagi huquqiy shaxslar va jismoniy shaxslar 
shug‘ullanishlari mumkin. O‘zbekistonda “Korxonalar to‘g‘risida”gi 
qonun talabiga binoan mulkka ega bo‘lgan, boshqa tashkilotlar oldidagi 
majburiyatlariga javob bera oladigan, mustaqil balansga ega bo‘lgan, 
sudda javobgar va davogar bo‘la oladigan, mustaqil Ustavga ega bo‘lgan 
va davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona huquqiy shaxs, deb tan olinadi. 
Shuningdek, foyda olish va ijtimoiy munosabatlarni qondirish 
maqsadida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ishlar bajarishni tashkil 
qilgan huquqiy shaxs maqomidagi xo‘jalik subyekti korxona deb, tan 
olinadi.


14 
Korxona qonun bilan cheklanmagan har qanday faoliyat bilan 
shug‘ullanish huquqiga ega. Korxonaning vazifalarini mulk egasining 
(yoki jamoaning) qiziqishi, faoliyatga yo‘naltirilgan ustav kapitalining 
(pulining) miqdori, korxona ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va bozorni 
talabi belgilaydi. Faoliyat xususiyatlari bo‘yicha barcha korxonalar, 
tijorat va notijorat maqsadlari uchun tashkil qilinadi. Tijorat korxonalari 
notijorat 
korxonalaridan, 
xususan, 
assotsiatsiyalardan, 
ijtimoiy 
tashkilotlardan, diniy korxonalar va har xil fondlardan o‘zining asosiy 
maqsadi bo‘lgan foyda olishi bilan farq qiladi. 
Mulkchilik shakliga ko‘ra korxonalar: davlat korxonasi, xususiy, 
aralash mulkchilikka asoslangan, hamkorlikdagi, mas’uliyati cheklangan 
jamiyat, aksiyadorlik, kompaniya, fermer xo‘jaligi, agrofirma, chet el 
kapitali bilan hamkorlikdagi va boshqa shakllarda tashkil qilinadi. 
Boshqaruv deganda, ma’lum iqtisodiy natijalarga erishish 
maqsadida korxonada mavjud bo‘lgan obyektlarga, sodir bo‘ladigan 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga va korxona faoliyatida ishtirok etuvchi 
xodimlarga (odamlarga) yo‘naltirilgan ongli faoliyat tushuniladi. 
Kishilik jamiyatining taraqqiyotida, boshqaruvni turli tizimlaridan 
foydalanib kelingan. Tashqi muhitga ta’siri bo‘yicha boshqarishni 
mexanistik, organik, aralash va boshqa tizimlari mavjud.
Boshqarishni aralash tizimiga bashorat qilish va iqtisodiy tahlilga 
asoslangan boshqarish variantlarini kiritish mumkin. Uning asosiy 
maqsadi - korxona faoliyatida ishtirok etadigan barcha moddiy, 
moliyaviy va mehnat resurslarni holatini va korxona ish natijalarini 
o‘rganish hamda baholash asosida ulardan foydalanish samaradorligini 
oshirish bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlari 
ma’lumotlari asosida o‘tkazilib, dastlabki va moliyaviy tahlil shaklida 
tashkil qilinadi. Dastlabki tahlil buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini 
tuzgunga qadar o‘tkaziladi va hisobot moddalarini hamda hisobotlarga 
qo‘shimcha tuziladigan tushuntirish xatini to‘g‘ri tuzishni ta’minlaydi. 
Iqtisodiy tahlilning tarkibiy qismi bo‘lgan moliyaviy tahlil, korxona 
biznes-rejalarini ishlab chiqish va uning moliyasini boshqarishning 
ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. 
Korxonalar 
faoliyatiga 
baho 
berish 
va 
yo‘l 
qo‘yilgan 
kamchiliklarni aniqlash hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirishni ichki 
omillarini topish maqsadida moliyaviy hisobotlarni topshirgandan keyin, 
ularning ma’lumotlari asosida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatlari har 


15 
tomonlama, to‘liq tahlil qilinadi. Uning natijalari asosida kelgusi davr 
rejalari va korxonani rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. 
O‘tkaziladigan moliyaviy tahlilnig sifati tahlil qilishda qo‘llaniladigan 
usullar va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiyligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Iqtisodiy tahlilga asoslangan boshqaruv tizimi asosini 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə