I bob. Amaliy masalalar Tarvuz masalasi



Yüklə 420,78 Kb.
səhifə2/27
tarix30.12.2023
ölçüsü420,78 Kb.
#165581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Kitob

4. Daryodan o`tish.
Cho`pon qo`y, it, bir bog` pichan va ikkita bo`rini daryoning narigi qirg`og`iga olib otmoqchi. Qayiqqa faqat 3 ta narsa sig`adi, ya’ni cho`pondan tashqari yana ikkitasi.(It qo`yni yemaydi, lekin bo`ri bilan kelishmaydi) Cho`pon qanday yo`l tutgan?

5. Basseyn qurish.
Kvadrat shaklidagi basseynning 4 burchagiga 4 ta ustun qo`yilgan. Shu ustunlarga tegmagan holda basseyn yuzasini 2 barobar kattalashtirib bo`ladimi? Kattalashtirilgan basseyn yana kvadrat shaklida bo`lishi kerak.
































6. Nuqtalarni birlashtirish.
Kvadrat shaklida berilgan 9 nuqtani 4 ta siniq chiziq yordamida qo`lni uzmasdan birlashtiring. Chiziqlar nuqtadan tashqariga ham chiqish mumkin.

7. Mikrosxemani ulash.
Raketasozlikda ishlatiladigan mikrosxemadagi 20 ta nuqta (chip) ni 19 sm li oltin sim bilan ulanishi kerak. Nuqta (chip) lar kvadrat shaklida bir-biridan 1 sm masofada joylashtirilgan.Strelka qo`yilgan chipdan boshlab ikkinchi chiqish strelkasida tugashi kerak.






























































































































8. Gugurt donalari haqida masala.
Bitta gugurt donasi bilan 12 ta gugurt donasini ko`taring.

9.10 ta gugurt donasidan 5 ta X yasash.
10 ta gugurt donasi qator qilib qo`yilgan. Har bir gugurt donasini ikkita gugurt donasi ustidan olib o`tib X qilib qo`yish kerak. X ning o`zi ham ikkita gugurt donasiga o`tadi.





10. Ot poygasi.
Chopqir otlari bo`lgan ikki chavandoz bahs boylashdi. Kimning oti ikkinchi bo`lib kelsa o`sha yutgan bo`ladi deb. Lekin ikkilasi ham joyidan jilmay turaverdi. Shunda bir keksa chavandoz kelib ularning qulog`iga nimadir dedi. Shunda har ikkila chavandoz ham otlarini jon-jahdlari bilan choptirib ketishdi. Keksa chavandoz ularga nima dedi?

11. Uchta toj haqidagi masala.
Matematika kechasi uchun o`quvchilar uchta toj yasashdi, old qismiga rangli qog`oz qo`yib olinadigan cho`ntakcha qilishdi. Uchta eng bilimdon o`quvchilar chiqishdi. Ularga uchta yashil va ikkita qizil qog`ozchalar ko`rsatishdi va tojlarning cho`ntakchasiga shu qog`ozlar bittadan qo`yildi. Qolgan ikkita qog`oz yashirib qo`yildi. O`quvchilar ko`zlarini yumib turishdi, boshlariga toj kiygizildi. Keyin ko`zlarini ochishga ruxsat berildi. Har qaysi o`quvchi ikki o`rtog`ining tojiga o`rnatilgan rangga qarab, o`zida qanday rang borligini aytib berishi kerak.
1. holat: Agar ikkita tojga qizil bittasiga yashil rang o`rnatilgan bo`lsa qanday topadi.
2. holat: Agar bitta tojga yashil ikkitasiga qizil rang o`rnatilgan bo`lsa qanday topadi.
3. holat: Agar uchta tojga ham yashil rang o`rnatilgan bo`lsa qanday topadi.










Yüklə 420,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə