I – bob. Antik davr O’rta Osiyo tarixi bo’yicha moddiy va yozma manbalarning o’rganilishi



Yüklə 112,36 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü112,36 Kb.
#157268
  1   2   3   4   5   6
2 5420521080018187433


Mundarija
Reja
Kirish………………………………………………………………………….2-3
I – BOB. Antik davr O’rta Osiyo tarixi bo’yicha moddiy va yozma manbalarning o’rganilishi.
1.1 Yunon – Rim yozma manbalarida O’rta Osiyo tarixini aks etishi…………..4-10
1.2 Antik davr tarixining arxeologik jihatdan o’rganilishi……………………..11-19
II – BOB. Moddiy va yozma manbalarda antik davr siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy munosabatlarning aks etishi va ularning qiyosiy tahlili.
2.1 Antik manbalarda qadimgi xalqlarning siyosiy jarayonlari tarixi haqida ma’lumotlar………………………………………………………………..….20-29
2.2 Antik davrda kechgan ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlari va ularning qiyosiy tahlili………………………………………30-36
III. Xulosa…………………………………………………………………….37-38
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………39

Kirish
Mavzuning dolzarbligi Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat paydo bo’lgan ilk markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan.

Maqsad va vazifalari: Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarn O’rta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, O’rta Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha ilgariyoq O’rta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi. Uzoq yunon o’lkasi bilan O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish mumkin. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan Muarrih adib Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab, skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi.

Yüklə 112,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə