Hozir ta’lim tizimimizda o‘quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini rivojlantirishga alohida talablar qo‘yilmoqda



Yüklə 11,58 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü11,58 Kb.
#156163
Kirish


Hozir ta’lim tizimimizda o‘quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini rivojlantirishga alohida talablar qo‘yilmoqda. Mamlakatimizda ijod maktablari, prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlanayotgan asosiy maqsadlardan biri ham ijodkorlikni rivojlantirishdir. Shu talab va maqsadga mos ravishda psixologiya va pedagogika fanlarimizda ijodkorlikni rivojlantirish uslubiyati, texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi kerak edi. Lekin hozircha psixolog va pedagoglarimizning faoliyatlarida bu masalani tezroq va atroflicha tadqiq etishga intilish sezilmayapti.
Ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha jahon psixologiya fanida mavjud xulosalarga ko‘z yugurtirsak, avvalo, ijodkorlik yana o‘sha ongostida shakllanishi va rivojlanishi ma’lum bo‘ladi. Ijod maktablarimizda ishlayotgan o‘qituvchi va murabbiylarda esa ongostining tuzilmasi va xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor berilmayapti. Bizning fikrimizcha, bunday holat bu vazifani bajara oladigan psixologlarning kamligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Ijodkorlikning doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan bir hodisa bor. Bu ilhom degan hodisadir. Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda ilhom uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga yetgan bo‘lar edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u bilan ishlashimiz kerak bo‘ladi.
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. Chunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. Yoqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va erxotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi.
Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. G‘.B.Shoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N.Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmiqarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
O‘zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim. Ya’ni, ishlab chikarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek psixologlaridan o‘z echimini kutmoqdaki, ularda ilg‘or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o‘quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o‘qituvchi psixologiyasi, tashqi ko‘rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo‘rquv psixologiyasi, o‘lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan. «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi. SHuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Ayniksa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. SHaxsga ta’lim va tarbiya berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o‘zaro uzviyligi muhimdir. Hozirgi kunlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta’lim oluvchining psixologik xususiyatlarini bilgan xolda, unga pedagogik ta’sir etish va uni yangi bilimlarga yo‘naltirish texnologiyasi joriy etilganligi ham bu ikki fan bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Yüklə 11,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə