Harakat fe'li



Yüklə 33,5 Kb.
səhifə1/3
tarix27.05.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#113618
  1   2   3
Microsoft Word Document (2)


Fe'llar anglatgan qator ma'nolariga ko ra turli mazmuniy guruhlarga bo'linadi. Bunda harakatga xos yaratish, buzish, o'zgartirish, so'zlash, sezish, yo'naltirish, holatga xos ruhiy-psixologik, tafakkur bilan bog'liq fe'lIar farqlanadi. Bulardan
xarakterlilarini ko'rib o'tamiz.
Harakat fe'li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi. Ular yurish, ta'sir etish, zarb bcrish kabi ko'rinishda bo'lishi mumkin. Qo'l, oyoq, yuz, og'iz, gavda bilan bog'liq harakatda harakatlanuvchi obyekt yaqqol ko'rinib turadi. Oyoq
bilan bog'liq harakatni ifodalovchi fe'l: [yurmoq], [kezmoq],[yo'r.g'alamoq], [pildiramoq], [lapanglamoq], [gandiraklamoq] ,[do 'konglamoq,) [tentiramoq], [tepkilamoq], [tepmoq] , [toptamoq],[depsinmoq], [tisarilmoq); qo'l bilan bog'liq harakatni ifodalovchi fe'l: [urmoq], [solmoq], [ushlamoq) , [silamoq) , [tirnamoq],
[shapaloqlamoq], [chimchilamoq], [uqalamoq], [qitiqlamoq],[changallamoq], [mushtlamoq], [chertmoq], [hovuchlamoq], [chapak chalmoq], [paxsa qilmoq];
Yuz, gavda, og'iz, lab, quloq, burun va h. bilan bog'liq harakat ham mavjud.
Nutq fe'llar; insonning gapirish faoliyati bilan bog'liq harakatlarni ifodalaydi: [gapirmoq] , [so 'zlamoq], [aytmoq], [demoq] ,[bidirlamoq], [to 'ng 'iIlamoq], [g’uldiramoq], [vaysamoq], [vaqillamoq], Uavramoq], [bobillamoq], Uavob bermoq], [vag'illamoq) kabi.
Holat fe'llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Holatni to'rtga bo'lish mumkin:
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog'liq): [eslash], [unutish], [yodlash], [tubanlashmoq);
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo'lishi bilan bog'liq): [xafa bo'lmoq], [shodlanmoq], [esankiramoq],[dovdiramoq], [g'azablanmoq);
d) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog'liq: [holsizlanmoq],[kuymoq], [kuchlanmoq], [zaiflashmoq);
e) ijtimoiy holat Uamiyat bilan bog'Hq): [boyimoq],[kambag'allashmoq], [ko'tarilmoq], [urilmoq], [quvg'in bo'lmoq).
Natijali faoliyat fe'llar; tizimi [yasamoq], [qurmoq] , [bunyod etmoq], [hosil bo'lmoq], [chizmoq) , [yozmoq], [barpo qilmoq],[arralamoq], [parchalamoq], [sayqal bermoq) , [randalamoq] ,[sindirmoq], [yemoq], [0 'chirmoq) kabi birliklarni o'z ichiga oladi.

Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə