Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə32/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Iroda

XULOSA VA TAVSIYALAR

Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanmaning nazariy va amaliy yakuni sifatida tajribamizda sinovdan o’tgan o’qitishning zamonaviy tizimi yuzasidan olib borgan faoliyatimiz natijasi sifatida quyidagi xulosalarga keldik:


1. Bugungi ta’limning maqsadi o’quv-tarbiya jarayonini yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlash, malakaviy talablar, o’quv rejalari va dasturlari asosida kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga ko’maklashish uchun zarur bo’lgan kasbiy bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarni muntazam ravishda yangilab borishdan iborat.
2. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda pedagogik texnologiyalar to’la ishonchli vosita bo’la oladi.
3. Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanmada tavsiya qilingan xulosalar ta’lim va tarbiya jarayonida pedagoglar tomonidan interfaol metodlarning o’rinli, maqsadli, samarali qo’llanilishi, ayniqsa, ma’rifatchilik adabiyoti matnlari bilan ishlash jarayonlarida ta’lim oluvchida muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g’oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog’liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
4. “O’zbek ma’rifatchilik adabiyoti” modulini an’anaviy usullar bilan yangi pedagogik texnologiyalarni uyg’unlashtirgan holda talabalarga singdirib borish samarali natijalarni berishiga shubha yo’q. Negaki, mumtoz adabiyot namunalarini o’rganish qator muammolarni yuzaga keltiradi. Bularni bartaraf etish uchun o’qituvchi va talaba hamkorligini yo’lga qo’yish, matnlar bilan ishlashning samarali interfaol usullarini qo’llash orqali matnni tizimli tahlilga tortish va shu yo’l bilan badiiy matnning tuzilishi, janr belgilari, timsollar, so’z san’atkorining badiiy mahorati va uning boshqa qirralarini tahlil etish mumkin. Badiiy matnni tizimli tahlilga tortmay turib, unga matn bilan ishlashning xorij adabiyotshunosligida shakllangan usullarini tatbiq qilmay turib mumtoz matnni to’laqonli tahlil qilish va talabalarda bilim va ko’nikmalar hosil qilish mushkul.
5. Oliy, o’rta maxsus va o’rta umumiy ta’limda ma’rifatchilik adabiyotidan ma’lum bir parchalar berilgan. Birida bugungi adabiy tilga tabdil qilingan holda havola etilgan bo’lsa, boshqasida asl matn berilgan. Bu o’rinda har ikki xil matnni ham to’g’ri qabul qilinishi zarur. O’rta va o’rta maxsus ta’limda tabdil yo’sinida berilgani ma’qul. Biroq oliy ta’lim talabalari asl matn bilan tanishganlari maqsadga muvofiq. To’g’ri, oliy ta’lim talabalari asarni o’rganishga kirishgan vaqtda til tarixining XIX asr xususiyatlaridan ancha bexabar bo’ladilar. SHunday esa-da, o’qituvchi rahbarligida matn bilan ishlashning zamonaviy usullarini, masalan, “SWOT”, “Ven diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Qanday? organizeyri”,“FSMU”, “BBhB”, “Assisment”, “Charxipalak”, “Insert jadvali”, “Xulosalash” kabi metod va usullardan foydalanish orqaligina “Qisasi Rabg’o’ziy” matnini (albatta, bu o’rinda asardan olingan mikromatnlar nazarda tutilyapti) tez va qulay o’zlashtirib olish imkoniyatiga erishish mumkin.
6. Ma’rifatchilik adabiyoti namunalarini o’rganishda matn bilan ishlash, ishchi dasturlardan asardan olingan mikro matnlarning tahlili, matn bilan ishlash texnologiyalarini o’rinli qo’llay bilish quyidagilarni aniqlashga yordam berdi:

    • “O’zbek ma’rifatchilik adabiyoti” moduli taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish, undagi mavzular hamda g’oyalarning muayyan tizimini ishlab chiqish, uning tarkibidan o’rin olgan mavzularni tizimli tahlil asosida o’rganish, “O’zbek ma’rifatchilik adabiyoti” modulini o’qitishga doir innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalarni o’zlashtirish imkonini yaratadi. Adabiy matnning qurilishinini kengroq va chuqurroq tushunish, idrok qilish hamda izohlash mumkinligiga ishonch hosil qilinadi;

    • har qanday badiiy asar matnini o’rganishda ma’lum qonun-qoidalarga amal qilish zarurligi anglab yetildi;

    • matn bilan ishlash texnologiyalarini to’g’ri va maqsadli qo’llay bilish har qanday badiiy matn ma’lum bir tizimdan iborat bo’lishi, matndagi badiiylik unsurlari – sujet, kompozitsiya, timsollar tizimi, muallifning uslubi, asar markaziga qo’yilgan maqsadning amalga oshganligi va xokozo unsurlarining o’zaro aloqadorlikda yashashini anglab yetadilar.

7. Badiiy matnni tizimli tahlil qilish asosida matn bilan ishlash texnologiyalari masalalarini o’rganish orqali yuqoridagi kabi natija-xulosalarga erishish kelajakda shu yo’nalishdagi masalalarni yana ham kengroq doirada tizimli o’rganish uchun, shuningdek, matn masalalariga oid darsliklar va qo’llanmalar yaratish uchun kichik bir yo’llanma bo’lib xizmat qiladi, deb umid qilamiz



Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə