Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi


Abdulla Avloniyning “Birinch muallim”, “ikkinchi muallim” asarlarining bolalarni tarbiyalashda tutgan o’rni



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə17/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Iroda

2.2 Abdulla Avloniyning “Birinch muallim”, “ikkinchi muallim” asarlarining bolalarni tarbiyalashda tutgan o’rni.

Avloniy - ilm – ma‘rifat targ’ibotchisi. X1X asr oxiri XX asr boshlari o`zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma‘rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yilning 12 iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, to`quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. O`z tarjimai holida yozishicha: “1985 yildan boshlang’ich maktabda o`qidim. O`qchi mahallada Akromxn domladan xat-savodim chiqdi. 1890 yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o`qiy boshladim. Yoshim 13 ga
yetgach, yo`qsillik menga ta‘sir qildi.Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-onamg’a biroz yordamda bo`lib, qish kunlarida o`qir edim. So`ngra O`qchi mahallasidagi domlamizning kam havsalaligidan, o`quvda davomsizligidan O`qchi madrasasini tark etib, 14 yoshimda Shayxantavurdagi Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mulla Umar Oxundan dars o`qiy boshladim.Bu choo`larda qish kunlarida o`qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim”. Mustaqil mutoala bilan shug’ullandi. Arab, fors, rus tillarini mukammal o`rgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u ma‘rifatparvar sifatida tanildi va o`lkadagi ijtimoiy-madaniy harakchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi. XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o`zgarishlardan biri maktab-o`quv ishlarida o`zgarish bo`ldi. Avloniy bu davr jadidchilik harakatiga qo`shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri bo`lib tanildi. Avloniy 1904-yilda Mirbodda, so`ngroq Degrizchilik mahallasida yangi usuldagi “Jadid maktab” ochib, dars berdi va darsliklar yozdi. 1909-yilda badavlat do`stlarining ko`magida maktab marif ishlarida yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, bolalarga kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul berilishini ta‘minladi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o`quvchilarning soni orta bordi.O`zi bolalarga jo`g’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, xandasa, hikmat (fizika) fanlaridan ma‘lumotlar berib bordi.
Avloniy “Adabiyot yoxud milliy she‘rlar” deb nomlangan to`rt qismdan iborat bo`lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi.Munavvarqori, Muhammadjon Poshshoxo`jaev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi va uning birinchi muharrirlaridan bo`ldi. Avloniy turli mas‘uliyatli lavozimlarda xizmat qildi. Qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma‘rifat tarqatish , ta‘lim-tarbiya masalalari bilan shug’ullanib keldi, bilim yurtida, oliy maktablarda o`qituvchilik qildi. U 1923-24 yillarda eski ahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29- yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloq xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universitetida (O`z MU) dars beradi, professor sifatida kafedrani boshqaradi. Avloniy 1927 yilda “Mehnat Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorif zarbdori” faxriy unvoniga sazovor bo`ldi.
Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan she‘r, hikoyalar va maqolalar yozdi. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yo`lini bosib o`tdi. U adabiyotga g’oyaviy kurashlar g’oyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkinlanmasdan ma‘rifat va taraqqiyot uchun kurashishni maslak etib qabul qildi. Shoir she‘riyati bilan tanishar ekanmiz,qiziq bir holga duch kelamiz.Unda birorta ishqiy she‘r yo`q. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt g’amini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi.

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə