Hakamlik sudlari to‘g‘risida


-modda. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə117/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Fuqarolik Javob 74

437-modda. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mumkin.
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:1) arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, agar ular ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lsa;2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan holatlar, ya’ni guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar;3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;4) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi.


  1. Yangi ochilgan xolatlar buyicha ish yuritishda ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati

72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati
Har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo‘lsa ham ularni muhokamaga qo‘yadi.Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qo‘shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, ularga sud dalillar to‘plashda ularning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘maklashadi.


  1. Yangi ochilgan xolatlar buyicha ish yuritishda Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, Ekspertni so‘roq qilish, Mutaxassisni so‘roq qilish.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə