Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


Akimova M.K., Gurevich K.M. Psixologicheskaya diagnostika.M., ≪Piter≫,2005 (mazmunidan olindi)



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə3/43
tarix04.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#98166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni

1 Akimova M.K., Gurevich K.M. Psixologicheskaya diagnostika.M., ≪Piter≫,2005 (mazmunidan olindi)
Nemov P.C. Psixologiya. M., Vlados, 2003 (mazmunidan olindi)
Psixodiagnostika - psixologik diagnoz qo'yish haqidagi fan. “Psixodiagnostika” termini dastlab psixiatriyada G.Rorshaxning (1921-yil) shu nomli asari nashr etilgach keng qoilanilib, tez orada tibbiyot sohasi chegaralaridan chiqadi. “Diagnoz” termini normal taraqqiyotdan har qanday og‘ish va uni aniqlash sifatida tushunila boshlandi. Psixologik diagnoz - (“diagnosis” grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi) - shaxs individual-psixologik xususiyatlarining ayni vaqtdagi holatiga baho berish, rivojlanishni oldindan aytib berish, yani, prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. Hozirgi zamon psixologik diagnostikasining maqsadi – msonlar va guruhlar o‘rtasidagi psixologik farqlami qayd qilish hamda yoritib berishdir. Masalan, texnik tafakkur darajasi bo‘yicha 12 yoshli bola o‘zining tengdoshidan farq qilishi mumkin. Yoki umumlashtarish darajasiga ko‘ra, shaharning 30 nafar 5-sinf o‘quvchilari qishloq o‘quvchilaridan farq qilishini muayyan metodikalar
yordamida aniqlash mumkin. Bunda tadqiqotchining vazifasi qoiga kiritilgan maiumotlami tartibga solish (masalan, o‘sib borish darajasiga ko'ra). Diagnostika qilinayotgan belgilar tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib, turlicha psixologik farqlami o‘z ichiga oladi:
- Yosh bo‘yicha.
- Maiymotiga ko'ra.
- Madaniy darajasiga ko‘ra.
- Psixik holatlariga qarab,
- Genetik, psixofiziologik xususiyatlari bo'yicha.
Psixodiagnostika bir tomondan nazariy fan hisoblansa, boshqa tomondan psixolog amaliy faoliyatining sohalaridan biridir. Nazariy fan sifatida psixodiagnostika ishonchli va validligi yuqori boigan diagnostik fikr va xuSosalar chiqarish qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Psixodiagnostika nazariy fan sifatida psixologiya fanining boshqa prednetli sohaiari bilan uzviy bogiangan. Psixodiagnostikaning nazariy-eksperimental psixologiya bilan bogliqligi o'ziga xos xarakter kasb etadi. Umuman olganda psixodiagnostika muayyan fanlarda mavjud boigan tushunchalarni konkret metodikalarga birlashtirish emas, balki nazariy psixologik maslahatlarning to‘g‘ri ekanligini tekshirish usuli haradir. Masalan, inson faoliyati motivlariga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi, deb ta’kidlansa, unda turii insonlarga xos boigan motivlarni aniqlovchi metodlarni topish talab qilinadi. Bundan tashqari psixodiagnostika umumiy psixologiya, differentsial psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, huquq psixologiyasi, harbiy psixologiya, mehnat psixologiyasi va sport psixologiyasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada. Shuningdek, psixodiagnostika amaliy fan sifatida amaliy psixologiyaning psixoproiilaktika, psixologik tashviqot, psixologik korreksiya, psixologik maslahat kabi sohalar bilan o‘zaro munosabatda hisoblanadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə