Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


-mavzu. Psixodiagnostik metodikalar ilmiyligining psixometrik mezonlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə20/43
tarix04.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#98166
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni

5-mavzu. Psixodiagnostik metodikalar ilmiyligining psixometrik mezonlari
Reja
1.Test me’yorlari va ularni reprezentativliligi.
2.Diagnostik men’yorlar: absolyut, statistik, kriterial.
3.Test me’yorlarining statistik asoslanishi:tekshiriluvchini diagnostik kategoriyaga mansubligini statistik ishonchlilik.
4.Me’yor test ballari shkalasining kritik nuqtasi.
5. Kvantil, kvartil, detsil, protsentil, promil.
6.Test shkalalarining foizli me’yorlari. Parametrik me’yorlar.

Retest ishonchlilik - ayni bir testni ayni bir sinaluvchilarda bir Xil sharoitlarda qayta o‘tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o‘rtasida korrelyatsiya (bogiiqlik) o‘rnatish. Bunda sinaluvchilar topshiriqni yodda olib qolish mumkinligini hisobga olib, kamida bir oy intervalda o‘tkazish maqsadga muvofiq. 0,7 ga teng korrelyatsia koeffitsiyenti retest ishonchlilik uchun qoniqarli ko‘rsatkich hisoblanadi.


Parallel shakllar ishonchliligi - metodika ekvivalentini
yaratish va uni ayni bir xil sinaluvchilarda o‘tkazib, olingan natijalar korrelyatsion bog‘ lanishlar o‘ rnatish. Ishonchlilikni aniqlashning ushbu shaklini keng qo‘llashga to‘sqinlik qiluvchi asosiy muammo - bu ilcki turdagi topshiriqlar to‘plamini tayyorlash zarurligi boiib, ulaming ekvivalentliligini isbotlash juda murakkab hisoblanadi.
Test qismlari ishonchliligi - metodikani ikki qismga (odatda juft va toq topshiriqlarga) ajratib, ushbu qismlar o‘rtasidagi korrelyatsiyani hisoblash orqali aniqlanadi (Pirson, Spirmen formulalari yordamida). Ishonchlilikni tekshirish ko‘p sonli (200), reprezentativ tanlanmada o‘tkazilishi zarur. Ishonchlilik testing muhim xarakteristikasi, lekin alohida olinganda qimmatga ega emas. Ishonchlilik validlikka
erishish uchun zarur.
Validlikning bir qator turlari farqlanadi:
Mazmuniy validlik - test bilan tadqiq qilinayotgan xarakteristikaning o‘zaro mosligini ifodalaydi.
Joriy validlik - natijalar bilan parallel tarzda qoilangan mezonlaming mosligi. (Tekshiruv o‘tkazilayotgan vaqtdagi o‘zlashtirish, mahsuldorlik bilan testai bajarish natijalari). Prognostik validlik - test natijalari bilan maium vaqt oralig‘idan so‘nggi mezonlar o‘rtasidagi moslik. Bunda mezonlar sifatida masalan, maktabdagi o‘zlashtirish, mehnat mahsuldorligi ko‘rsatkichlari chiqishi mumkin. Konstruktiv validlik - test bilan o‘rganilayotgan belgi o‘rtasidagi moslik (natijalami boshqa testlar natijalari bilan taqqoslash. Metodikalar isonchlilik darajasi bir qator sabablarga bogiiq.
Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi bir qator omillami keltirib o‘tish mumkin.
♦ Diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi.
♦ Diagnostik metodikalarning takomillashmagani(ko‘rsatma xato tuzilgan,topshiriqlar xarakteri jihatidan turlichaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatmaning noaniqligi).
♦ Tadqiqot vaziyatining o‘zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o‘tkazilishi, xonaning turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning mavjudligi).
♦ Eksperimentator xulq-atvor manerasining o‘zgarishi, topshiriqni bajarishni turlicha stimullashtirish.
♦ Tekshiriluvchi funksional holatidagi o‘zgarishlar.
♦ Natijalami interpretatsiya qilish va baholashdagi subyektivlik. Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligini oshirishningyo llaridan biri standartlashtirish, metodika o‘tkazish protsedurasi va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab
chiqishdir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə