Golografiya haqida tushuncha Golografiya tarixidan


Golografik tasvirni tiklash



Yüklə 18,27 Kb.
səhifə2/5
tarix03.06.2022
ölçüsü18,27 Kb.
#88590
1   2   3   4   5
Golografiya haqida tushuncha Golografiya tarixidan

Golografik tasvirni tiklash.

Tasvirni tiklash uchun gologramma dastlabki joyiga qo’yiladi U tayanch to’lqini bilan yoritilib, lazerning jism orqali tushadigan qismi to’siladi. Fotoplastinkaga tushayotgan nurning interferension manzaradagi difrak-siyasi natijasida jism to’lqinining nusxasi, ya'ni jismning mavhum hajmiy tasviri tiklanadi. Tasvirda jismning barcha xususiyatlari aks-langan bo’lib, golografiyagacha qayerda turgan bo’lsa, o’sha joyda turadi. U shunchalik real tuyuladiki, ushlab ko’rish mumkindek bo’ladi. Bundan tashqari, kuzatish gologrammaning o’ng tomonidan o’tkir burchak ostida olib borilsa, narsaning haqiqiy tasviri ham tiklanadi. Lekin bu holda narsaning joylashuvi teskarisiga o’zgaradi. Masalan, botiq joy qavariq va aksincha bo’ladi. Ammo, odatda, jism real mavjuddek tuyuladigan mavhum tasvirdan foydalaniladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, hatto gologrammaning bir bo’lagi ham tasvirni to’la tiklashga imkon beradi. Ammo bo’lakchaning juda kichik bo’lishi tasvirning aniqligini yomonlashtirishi mumkin.


Golografiyaning qo’llanilishi.

Golografiya usulidan hozir juda ko’p sohalarda foydalaniladi. Lekin ularning eng muhimi — ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya usuliga qa-jjaganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko’p ma'lumotni yozishga imkon beradi. Masalan, o’lchamlari 32x32 mm bo’lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi 1 mm2 dan bo’lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana boshlamoqda.




Yorug’likning qutblanishi. Qutblagichlar

Tabiiy yorug’lik. Bizga ma'lumki, Maksvell nazariyasiga muvofiq, yorug’lik ko’ndalang to’lqinlardan iborat bo’lib, elektr va magnit maydon kuchlanganliklarining vektorlari E va H o’zaro perpendikular va to’lqin tarqalish tezligi vektori v ga perpendikular tekislikda tebranadi Shuning uchun ham yorug’likning qutblanish qonunlarini o’rganishda faqatgina bitta vektorni o’rganishning o’zi yetarlidir. Odatda, mulohazalar yorug’lik vektori deb ataluvchi elektr maydon kuchlanganligi vektori E to’g’risida yuritiladi.

Yoruglik ko’plab atomlar tomonidan chiqariladi va ko’plab elektromagnit nurlanishlarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu nurlanishlar mustaqil ravishda amalga oshirilgani uchun yorug’lik vektorining hamma yo’nalishlar bo’yicha taqsimoti bir xil bo’ladi

E vektori barcha yo’nalishlar bo’yicha teng taqsimlangan yorug’lik tabiiy yorug’lik deyiladi.

Qutblangan yorug’lik. Yorug’lik vektori tebranish yo 'nalishining tekis taqsimoti biror usul bilan o’zgartirilgan yorug’lik qutblangan yorug’lik deyiladi.

Aytaylik, qandaydir tashqi ta'sir natijasida E vektor tebrani-shining biror yo’nalishi boshqa yo’nalishlarga nisbatan ustunroq bo’lsin U holda bunday yorug’lik qisman qutblangan yorug’lik deyiladi. Yassi qutblangan yorug’lik vektorining tebranish va to’lqin tarqalish yo’nalishlari yotuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi.



Yüklə 18,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə