G’ishtni suv shimuvchanligini va mustahkamligini aniqlash. G’ishtning suv shimuvchanligini aniqlash laboratoriya ishining maqsadi



Yüklə 68,84 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü68,84 Kb.
#183069
  1   2   3
4-labaratoriya ishi


G’ishtni suv shimuvchanligini va mustahkamligini aniqlash.


G’ISHTNING SUV SHIMUVCHANLIGINI ANIQLASH


Laboratoriya ishining maqsadi: G’ishtning massasi va xajmi bo’yicha qancha suv shimuvchanligini aniqlash va xulosa yozish.
Umumiy malumotlar. G’ishtning suv shimuvchanligi deb-suvni o’zida ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Suv shimuvchanlik ko’rsatkichi g’ishtning to’yinishi uchun sarflangan suv massasining shu g’ishtning quruq xolatdagi massasiga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi. G’isht g’ovaklarining suvga to’la qondirilgan xolati uning xajmiy suv shimuvchanligi deyiladi.


Kerakli asbob va uskunalar. Quritish javoni, suv, suv solishga idish, tarozi va g’isht namunasi.





Quritish javoni- laboratoriya quritish shkafidan turli. Xom ashyo, materiallar, namunalar va boshqa narsalarni issiqlik bilan ishlov berish uchun ishlatiladi, 200-5000S xarorat beradi.

Suv solishga idishlar-5 yoki 10 litrlik slindr ko’rinishidagi idishlar.







Elektron tarozi — jismga ta’sir etuvchi ogirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob, elektr tokida yoki zaryadlash qurilmasida ishlaydi.

G’isht namunalari.



Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1. 3 ta butun yoki yarimta g’isht harorati 15-200S li suv to’ldirilgan idishga 48 soat yoki qaynab turgan suvga 4 soat solib qo’yib suvga to’yintiriladi.
2. Sru muddat o’tganidan keyin ular 105-1100S issiqda, to massasi o’zgarmaydigan bo’lguncha quritiladi; so’ngra tarozida ketma-ket ikki marta tortiladi, birinchi marta tortib aniqlangan massa bilan ikkinchi marta aniqlangan massa orasidagi tafovut 0,2% dan katta bo’lmasa, uni barqaror massa deyish mumkin. G’ishtlar obdon soviganidan keyingina tarozida tortilishi lozim.
3. Quritilgan g’ishtlar birinchi marta tortilib, oradan kamida 3 soat o’tgach (ularni quritish va sovitishga ketgan vaqt ham shu hisobga kiradi), ular ikkinchi marta tortib ko’riladi. G’ishtlarni suvga to’yintirish tartibi quyidagicha: g’ishtlar harorati 15-200S li suv quyilgan idishga solib qo’yiladi, suvning sathxi g’ishtning ustki yuzasidan hisoblaganda 2-10 sm baland bo’lishi lozim.
4. G’ishtlar 48 soatdan keyin suvdan olinadi, xo’l latta bilan artiladi va darxol tarozida tortiladi, g’ishtdan tarozi pallasiga oqib tushgan suvning massasi ham g’ishtning massasiga qo’shiladi.



O’lchamlari, sm

Hajmi,
sm3

Quruq massasi, m

Suv shimgan massasi, m1

Vazni bo’yicha suv shimuv-chanlik, %

Hajm bo’yicha suv shimuvchan-lik, %

uzun-ligi

eni

baland-ligi

1

























2

























3

























Hisoblash formulasi:





Yüklə 68,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə