Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

3303000000-138
Sh
- 2005
M 361(04) -2005


3
Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining
14 yilligiga hamda O‘zbekistonda gidrogeo-
logiya va injenerlik geologiyasi fanlarining
asoschilaridan biri, atoqli olim, akademik
Gani Orifxonovich Mavlonov tavalludining
95 yilligiga bag‘ishlanadi.
KIRIS H
«Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlari Yer to‘g‘risida-
gi fanlar ichida o‘z o‘rganish obyekti (yer osti suvlari va tog‘ jinslari)
bo‘yicha insonlarning hayoti va mehnat faoliyatlari uchun eng zarurligi
bilan ajralib turadi. Bu ikki tabiiy manba, borliq jonzod va o‘simliklar
dunyosining vujudga kelishi, rivojlanishini aniqlovchi yagona omillardan
bo‘lib hisoblanadi. Yer osti suvlari Yer kurrasida yashovchi insonlar
ist’emol qiladigan kundalik eng yaxshi suvning 25—30 % ni tashkil
qiladi
1
. Xalq xo‘jaligining birorta sohasi yo‘qki, u yerda yer osti suvlari
ishlatilmasin. U qishloq xo‘jaligida, sanoatda, meditsinada keng miqyos-
da qo‘llaniladi. Mineral tuzlar, yod, brom olishda ishlatiladi. Dunyo-
ning juda ko‘p mamlakatlarida termal yer osti suvlaridan eng arzon
isitish manbayi sifatida ham foydalaniladi. Ba’zi nodir minerallar (sul-
fidlar va b.) qazilma boyliklarning paydo bo‘lishi ham yer osti suvlari
bilan, ularning harakati bilan bog‘liq.
Tog‘ jinslari
2
barcha imorat va inshootlarning zamini, odamzod
uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining birdan-bir
manbayidir. Tog‘ jinslari mustahkam bo‘lsa, imorat va inshootlar ham
mustahkam, umri boqiy bo‘ladi. Shuning uchun yer osti suvlari va tog‘
jinslarining paydo bo‘lish qonuniyatlarini bilish, ularning tarkibini, xossa
va xususiyatlarini o‘rganish, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida
bilimga ega bo‘lish «Geologiya qidiruv ishlari» yo‘nalishi bo‘yicha
tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun eng zarur vazifa hisoblanadi.
Yuqoridagilarni hamda talabalarning gidrogeologiya va injenerlik
geologiyasi sohalarga endigina qadam qo‘yayotganliklarini hisobga olib,
muallif ushbu darslikni yozishda ularni, eng avvalo, geologiya
yo‘nalishidagi fanlar bilan, «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi»

V. I. Vernadskiy taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi)
yer osti suvlari 460 mln km
3
ni tashkil etadi. Vonxons (Gollandiya) yer osti suvini Yer
shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi, degan fikrni aytadi.
Fransuz mataxassisi Rene Koyaning ko‘rsatishicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘u
quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan chuqurlikdagi tog‘ jinslari g‘ovaklarida 8 mln km
3
hajmdagi suv mavjuddir.

Tog‘ jinslari deganda Yer sathining yuqori qismini tashkil etib turuvchi, bir necha
minerallar majmuasidan tuzilgan, ma’lum tarkibga, xossa va xususiyatga ega bo‘lgan
tabiiy geologik jismlar tushuniladi.


4
fanlarning mazmuni va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi,
vujudga kelish va rivojlanish tarixi, hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Darslikda, shuningdek, Yer planetasi, atmosfera, gidrosfera, biosfera,
tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi minerallar to‘g‘risida, suv, uni tabiatdagi
doimiy harakati to‘g‘risida, yerning ichki va ustki qismida sodir bo‘ladigan
kuchlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va hodisalar to‘g‘risida ham batafsil
ma’lumotlar berildi. Darslikni «Tog‘ jinslari», «Tog‘ jinslarining tarkibi,
fizik-mexanik, suvli xususiyatlari», «Yer osti suvlari», «Gidrogeologiya
va injener-geologik tekshirish ishlarining mazmuni va vazifalari», «Xalq
xo‘jaligi imorat, inshootlarni loyihalash va qurish jarayonida bajaraladi-
gan injener-geologik va gidrogeologik ishlar», qismlarini yozishda iloji
boricha yangi ma’lumotlarga va yangi uslub va usullarga murojaat qilindi.
Talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida deyarli hamma
boblarning oxirida takrorlash uchun savollar berilib boriladi.
Bo‘lajak yosh mutaxassislarni geologiyaga oid eng asosiy atamalar,
so‘zlarning ma’nosi bilan tanishtirish maqsadida, darslikda qo‘llanil-
gan ba’zi so‘z va atamalar, ularning lug‘aviy matni iloji boricha darslik-
ning shu betida berib borildi.
Muallif darslikni yozishda o‘zining 45 yildan ortiq vaqt mobaynida-
gi ilmiy, ilmiy-pedagogik faoliyati jarayonida to‘plagan tajribasiga, o‘z
ustozlari va hamkasblari bilan birgalikda chop etgan asarlari, risolalari
va darsliklaridan (G‘. O. Mavlonov, A. I. Islomov — «Gidrogeologiya
va injener-geologik hodisalar nima va ular qanday o‘rganiladi», 1970;
A. A. Soatov — «Daryo vodiylari va terrasalari», 1972; O. Nurmatov —
«To‘rtlamchi davr yotqiziqlari», 1980; E. V. Qodirov, X. A. Akbarov
va b. — «Tabiiy muhitni muhofazalashning geoekologik asoslari», 1999;
va b.) keng foydalandi, uni sodda, ommabop, oddiy tilda yozilishiga
harakat qilindi.
Shuningdek, kitobning ba’zi boblarini yozishda akademiklardan
G‘. O. Mavlonov, E. M. Sergeev, A. N. Sultonxo‘jayev, K. N. Abdulla-
bekov va professorlardan N. N. Maslov, V. D. Lomtadze, G.S.Zolota-
rev, A. F. Frolov, I. V. Korotkix, A. S. Xasanov, M. M. Mamatqulov,
Y. Ergashev hamda G. V. Bogomolov, M. V. Sedenko, V. G. Muzaffa-
rov, I. S. Boboxo‘jayev, S. Z. Zoxidov, SH. SH. Shoraxmedovlarning
ishlaridan ham foydalanildi.
Ushbu kitobni bosmaga tayyorlashda bergan maslahatlari uchun
muallif kitobning mas’ul muharriri akademik Q.N.Abdullabekovga
hamda o‘zining hamma kasbdoshlariga, jumladan, professorlardan
K.P. Po‘latov (marhum), E. V. Qodirov va Y. Ergashevlarga o‘z minnat-
dorchiligini bildiradi.
Kitob ba’zi kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi ham mumkin. Kitob
to‘g‘risida aytilgan va bildirilgan har qanday fikr va mulohazalarni muallif
chin qalbidan qabul qiladi. Nasib qilsa, uni keyingi qayta ishlangan
nashrlarida hisobga oladi.


5

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə