Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#137549
  1   2
3-amaliy ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO‘NALISHI TALABASI AXMEDJONOV G‘ANISHERNI KADASTR KARTLARINI LOYIHALASH VA TUZISH FANIDAN
3-AMALIY ISHI
Mavzu: Sug‘oriladigan yerlarning sifat va qiymat jihatidan baholash plan va kartalarini tuzish
Qabul qildi: Yo‘ldoshev J.
Bajardi: Axmedjonov G‘


Toshkent 2023
Kirish
1.Sug‘oriladigan yerlarning sifat va qiymat jihatidan baholash kartalari mazmun mohiyatini o‘rganish.
2.Ob’ekt tanlash va ob’ektda mavjud topografik elementlarni izohlash.
3.Sug‘oriladigan yerlarining tuproq sifatini baholash ma’lumotlarini shakllantirish.
4.ArcGIS dasturida xo‘jalikning so‘g‘oriladigan yerlarini baholash kartasini tuzish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Sug‘oriladigan yerlarning sifat va qiymat jihatidan baholash kartalari mazmun mohiyatini o‘rganish.
Barcha toifadagi yerlarning qiymat bahosini chiqarish natura va qiymat koʼrsatkichlari tizimi yordamida amalga oshiriladi. Turli maqsadlarga moʼljallangan yerlardan foydalanish samaradorligi darajasini aniqlash, yer uchun toʼlanadigan haq va uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlarni kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilish paytida boshlangʼich bahosini aniqlash, yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʼyishda yoʼl qoʼyilgan nobudgarchilik va koʼrilgan zararlarni qoplash uchun yerlarning qiymat bahosi chiqariladi. Erlarning qiymat bahosiga doir maʼlumotlar yer bahosiga oid axborotni tashkil etadi. Respublikamizning yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini aniqroq rejalashtirish yerlarni har tomonlama urganib, sifatini baholashni taqozo etadi. Tuprok unumdorligini belgilovchi xususiyatlarga qarab yerni sifat jihatidan anik baholash usullaridan biri — uning unumdorligini baholash «bonitirovka» qilish, yaʼni yerga eng muhim agronomik xusuiyatlariga koʼra ball bilan solshtirma baho kuyish boʼlib, bu davlat kadastri ichida muhim oʼrin toʼtadi. Oʼzbekiston jamoa va davlat xujaliklarida sugʼoriladigan yerlarni unumdorligi boʼyicha baholash bonitirovka qilish birinchi marotaba 70 — yillarda Oʼzbekiston yer tuzish va loyixalash ilmiy institutining yer kadastri filiali tomonidan utkazilgan.Natijada dasht mintaqalrada va bunday tuproqlardan iborat mintaqada tuproqning mexanik tarkibiga toʼrlicha baho berish zarurligi va yengil qumoq tuproqlarda buz tuproqli joylardagi oʼrtacha qumlok tuproqli maydonlarga nisbatan yuqori hosil yetishtirilayotganligi aniqlandi. Turli darajada gisplashgan tuproqlar uchun pasaytirish koeffitsienta qabul qilinadi. Unumdorlik buyicha baxolash tartibini takomillashtirish, dala sharoitda utkazilgan va vegetatsion tajribalar natijasida olingan maʼlumotlarni umulashgirish asosida ayrim pasaytirish koeffitsientlariga uzgartirishlar kiritish zarur, natijada litologiya bilan ona jinslar genezisi yanada uzviyroq boglanadi. Unumdorlik buyicha baholash — agrotexnika va dehonchilikni taraqqiyotining oʼrtacha darajasida tuproq sifatiga hamda unumdorlik xususiyatlariga solishtirma baho berish demakdir. Bu ish tuproqning ham tabiiy, xam madaniylashtirish natijasida vujudga kelgan xususiyatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qishloq xujaligi ekinlarining hosildorlik darajasi, hosil olish uchun zarur bulgan agrotexnik va meliorativ tadbirlar majmuining xususiyati xamda tarkibi tuproqning uzita xos boʼlib, shu tomonlarga bevosita boglikdir. numdorlik buyicha baholash muayyan yerdagi qishloq xujaligi ekinlarining talablari hisobga olingan holda utkaziladi. Oʼzbekistonning sugʼoriladigan yerlari sharoitida gʼoʼzaning talablari xisobga olingani eʼtiborda tutiladi. Gʼuzaning talablari hisobga olingan holda aniqlangan unumdorlik kursatkichlari bonitetlar paxta majmuiga kiruvchi boshqa hamma ekinlar sholi, kanop va koʼp yillik mevali daraxtlardan tashqari ekiladigan sugoriladigan yerlarni baholash uchun xam toʼgʼri keladi. Yerlarni baholashda tuprokning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari genetik alomatlari, sutorila boshlangan davrning uzok — yaqinligi, madaniylashtirilgani, agroiqlim resurslari bilan taʼminlanganligi, mexanik tarkibi, tuprok, xosil qiladigan jinslar genezisi, tuprok qatlamining sizot suvlari utkazuvchanligi, shurlanish darajasi, eroziyaga uchragani, sertoshligi, gipslashgani va hokazolar hisobga olinadi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə