Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti



Yüklə 27,27 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü27,27 Kb.
#180265
1   2
2.“Masshtab”nurillo

Darsning blok-sxemasi:

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

Darsni yakunlash:
1.O‘quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash

5 daqiqa



DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).

O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi
S
hundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi. Bugungi dars quyidagi kartochkalar asosida baholab borilishini e’lon qiladi:


II.O‘tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy


III.Yangi mavzu bayoni. Siz o‘rtog‘ingizga avtobus bekatidan uyingizgacha bo‘lgan yo‘lni qog‘ozga chizib ko‘rsatmoqchisiz. Albatta, bu yo‘l, uncha uzoq bo‘lmasa ham qog‘ozga sig‘maydi. Demak, yo‘lni kichraytirib chizishga to‘g‘ri keladi. Bunda Sizga masshtab yordam beradi. Masshtab joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi kasr sondir. Avtobus bekatidan Sizning uyingizgacha bo‘lgan masofa 550 m. Uni qisqartirib chizmada 5,5 sm qilib chizdingiz. Siz, masofani 10 000 marta qisqartirdingiz. Shunda masshtab 1:10 000 bo‘ladi. Har qanday xarita va joyplan ida uning masshtabi, ya'ni masofalar necha marta qisqartirilgani yozib qo‘yiladi.
Masshtab uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: sonli masshtab, nomli masshtab va chiziqli masshtab.
Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Agar bu masshtab 1 sm da 100 m deb yozilsa, nomli masshtab deb, 1:10 000 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi.
Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22 000 000. Bunda 1 sm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o‘chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 sm da 220 kilometr bo‘ladi.
Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sirkulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqtalarga qo‘yib, so‘ng uni masshtabga ham qo‘yiladi. Shunda masofa aniq bo‘ladi.



Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22000000. Bunda 1 cm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o‘chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 cm da 220 kilometr bo‘ladi. Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sirkulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo‘lgan nuqtalarga qo‘yib, so‘ng uni masshtabga ham qo‘yiladi. Shunda masofa aniq bo‘ladi (23-rasm).


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash turli xil masshtabni aniqlash haqidagi quyidagi misollar asosida o‘tkaziladi.
1.Agar ikki shahar orasidagi 900 km li masofa xaritada 5 cm ga teng qilib tasvirlangan bo‘lsa, shu xaritaning masshtabini aniqlang.
2. Masshtabi 1:11000000 bo‘lgan xaritada Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 3 cm ga teng bo‘lsa, shaharlar orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.
3. 5-sinf o‘quv atlasidagi «Yarimsharlar tabiiy xaritasi»ning masshtabini k o ‘rib chiqing. Bu xaritaning sonli masshtabini nomli masshtabga aylantiring. So‘ngra Toshkentdan ekvatorgacha bo‘lgan eng yaqin masofaning necha km ekanini aniqlang.


V.Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi: Mavzuni o‘qib o‘rganib kelish yozuvsiz xaritani to‘ldirish.



Yüklə 27,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə