Geografiya maydonchasi Reja : kirish



Yüklə 83 Kb.
səhifə1/2
tarix05.06.2023
ölçüsü83 Kb.
#115522
  1   2
Geografiya maydonchasi


Geografiya maydonchasi
R e j a :
kirish
1. Geografiya maydonchasi tashkil qilishning amaliy ahamiyati.
2. Geografiya maydonchasi jihozlari.
3.O’quv-tajriba maydonchasining o’quvchilarning ilmiy-amaliy bilimlarni egallashdagi o’rni.
4. O’quv-tajriba maydonchasida bajariladigan amaliy ishlar turlari va metodikasi.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyot



kirish


Tayanch iboralar: “geografiya maydonchasi”, “o’quv-tajriba maydonchasi”, “gnomon”, “flyuger”, “quyosh soati”.


Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ancha qismi maktaboldi maydonchasida jihozlangan geografiya maydonchasida o’tkaziladi. Jumladan, bu yerda ob-havoni va quyoshning turishini sistemali kuzatib borish, joyda orientirlash, masofani o’lchash ishlarini o’tkazish, shuningdek, tabiatshunoslik dasturi bilan bog’langan topshiriqlarni bajarish mumkin.
Geografiya maydonchasini qurish uchun o’lchami taxminan 10 m 2 keladigan ochiq joy shunday tanlanadiki, unga katta daraxt va binolarning soyalari tushmasin. Maydoncha tekislanadi, qum sepiladi va atrofi o’raladi. Geografiya maydonchasi o’quv-tajriba maydonchasining yonida joylashgani ma‘qul.
Tabiatshunoslik darslarini o’tish uchun maydonchada ushbu jihozlar bo’lishi zarur:
O’lchovchi-devor. Buning uchun o’ramning har bir metri oralab har xil bo’yoqlar bilan bo’yalgan bir tomonidan foydalaniladi. Devorning balandligi -1 m. O’lchovchi-devor bo’ylab yo’lcha qaziladi. Undan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun, jumladan “Reja va xarita” mavzusini o’tishda foydalaniladi.
Balandlikni o’lchovchi ustun, balandligi 10 m., har qaysi metri navbat bilan ikki xil rangli. U balandlikni taqqoslash uchun, shuningdek fazoviy va o’lchash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ustunning uchiga flyuger o’rnatiladi.
Flyuger shamol yo’nalishini aniqlovchi asbob. Uni o’quvchilarning o’zlari tunukadan yasashlari yoki do’kondan shamol kuchini aniqlash uchun shamol o’lchagich bilan birga sotib olishlari mumkin.
Bo’y o’lchagich - bo’y o’lchash uchun yog’och asbob. Bo’y o’lchagichdan foydalanib o’quvchilar o’z bo’ylarini o’lchaydilar va boshqa narsalarning balandligi bilan tahqoslaydilar. Bunda ko’z chamasi rivojlanadi.
Kvadrat metr uzunligi 1 m keladigan reyka o’zaro biriktirilishidan hosil qilingan. Uni maydonchaga qo’yiladi va ichiga maydalangan g’ishtlar solinadi. U kvadrat metr to’g’risida ko’rgazmali tasvir beradi.
Gnomon. Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon yordamida, shuningdek ufq tomonlarining yo’nalishlarini ham aniqlash mumkin. Chunonchi, kunning yarmida soya shimolga yo’nalishini ko’rsatadi va qisqa bo’ladi, chunki Quyosh tikda (zenitda) turadi, erta bilan soya g’arbga, kechqurun esa sharqqa yo’nalgan bo’ladi. Har doim shimolga yo’nalishni bilish uchun kunning yarmida gnomon soyasi yog’li bo’yoq yoki g’isht parchasi bilan belgilab qo’yiladi.
Rumbik halqa - ufq tomonlariga nisbatan o’zining turgan joyini aniqlash o’quvlarini hosil qilish uchun foydalaniladi. Shu maqsadda uni g’isht yoki yog’ochlarni yarmigacha yerga kirgizib gnomon atrofiga teriladi. Doira - halqaning tashqi tomoniga ufq tomonlari nomlarining bosh harflari qo’yiladi. Yarim kun chizig’i bo’yicha shimol, qarshisida - janub, o’ng tomonida - sharq, chapda - g’arb hamda ular o’rtasidagi oraliq tomonlar - ShSH, ShG’, JG’, JSH belgilanadi.
Quyosh soati - xohlagan o’lchamli gorizontal qo’yilgan yog’och doira bo’lib, o’rtasida o’qi bor. Doiraning chetiga gnomon bo’yicha (Kun yarmida ustunning, ya‘ni o’qning shimolga yo’nalgan soyasi bo’yicha) 12 raqami qo’yiladi. Bir-biridan teng masofada qolgan raqamlar qo’yiladi. Quyosh soatdan barcha sinf o’quvchilari foydalanishlari mumkin. Uni maydonchaning janubiga eng ochiq joyga o’rnatiladi.
Yomg’ir o’lchagich. Oddiy paqir yomg’ir o’lchagich bo’lib xizmat qilishi mumkin. Unda yog’in miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga tushirilgan chizg’ichdan foydalaniladi. Menzurka yordamida o’lchash mumkin. Buning uchun kub santimetr hisobidagi menzurka ko’rsatkichini 10 ga ko’paytiriladi va paqir tagining sathiga bo’linadi.
Qor o’lchovchi reyka. Tegishli chiziqlari bo’lgan maxsus reyka bilan qor qoplami qalinligi o’lchanadi.
Meteorologik xonacha - havo haroratini o’lchaydigan termometr, havo bosimini o’lchaydigan barometr, havo namligini o’lchaydigan gigrometr va boshqa asboblarni saqlash uchun xizmat qiladi. Meteorologik budkani geografiya maydonchasining soya tushmaydigan joyiga ikki metrga yaqin balandlikda o’rnatiladi.
Qum solingan yashik ishchi stollari (4-5) yoniga o’rnatiladi va o’quvchilarning har xil relef shakllarini hosil qilishlari uchun foydalaniladi.
Orientirlash (chamalash) burchagi o’zlashtirilgan bilim, o’quv va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Unda kesilgan kunda halqalarini janubga qaratib o’rnatiladi, shuningdek, yonbag’irliklari (tik va qiya), dovoni va aniq ifodalangan cho’qqisi hamda tagi bilan tepalik modeli (chim bilan qoplangan toshlardan) bo’lishi kerak.
Tog’ jinslari va suvning ishini o’rganish uchun jihozlar o’z ichiga sun‘iy suv havzasi, daryo modeli, tog’ jinslari va joyning tuprog’ini oladi. Oqim suvning ishini o’rganish uchun geografiya maydonchasiga vodoprovod o’tkaziladi. Suvning sun‘iy oqimi yo’liga qirg’oqlarning yuvilishi va sharshara hosil bo’lishini ko’rsatish uchun to’siq qo’yiladi.
Geografiya maydonchasidagi ishlarning muvaffaqiyati ularning tizimli bo’lishi va o’qituvchi tomonidan doimo nazorat qilib borilishiga bog’liqdir.
Maydonchadagi ishlarning ahamiyati. Maktab o’quv-tajriba maydonchasi qishloh xo’jaligi o’simliklari ustidan kuzatish va tajribalar o’tkazish uchun zarur. U ochiq havodagi o’ziga xos laboratoriyadir, unda o’quvchilar tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarini chuqurlashtiradilar, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha o’quv hamda ko’nikmalar hosil qiladilar, o’simliklar hayotini va ularning rivojlanishini kuzatish bo’yicha amaliy ishlar olib boradilar. Maydoncha yosh tabiatshunoslarning qishloq xo’jalik tajribalari va qo’shimcha amaliy ishlari uchun bazadir: chunki bu yerda tabiatshunoslik darslarida o’rganiladigan o’simliklar o’stiriladi.
Boshlang’ich maktabning har bir o’quvchisi o’qish davomida muayyan sonda gul, manzarali o’tsimon, daraxt yoki sabzavot o’simliklarini o’stirishi kerak, o’stirish uchun o’simliklarni tanlay turib, o’qituvchi ularni parvarish qilish murakkabligini, iqlim xususiyatlarini, shu o’simliklarni o’stirish bilan bog’liq bo’lgan nazariy materialning oson-qiyinligini va hokazolarni hisobga olishi zarur.
Boshlang’ich sinf dasturining “Qishloq xo’jalik mehnati” bo’limida dars mavzulari, agrotexnika va texnologik ma‘lumotlar, o’quv-tajriba maydonchasida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari hosil qilishlari kerak bo’lgan o’quv hamda ko’nikmalar, shuningdek O’zbekiston uchun tipik o’simlik va hayvonlar ko’rsatilgan.
Maktab o’quv-tajriba maydonchasi bevosita maktab yaqinida bo’lishi, yer tekis, yaxshi tuproqli, soya tushmaydigan bo’lishi kerak. Uning atrofini albatta o’rash kerak bo’ladi. Maktab uchastkasi agrotexnika nuqtai nazaridan namunali bo’lsin. Uni biologiya o’qituvchisi otaliqqa oladi. Maydonchani tashkil qilishda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar uchun, maydonchani va mehnat qurollarini saqlash uchun kichikroq xona bo’lishini mo’ljallash kerak.
Mashg’ulotlar o’tish oldidan o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar rejasini tuzishi kerak: unda maydoncha yer maydonini tashkil qilishni, ekinlarning joylashtirilishi, ular egallagan maydonning o’lchamini, o’quv dasturiga muvofiq o’quvchilar bajaradigan amaliy ish, tajriba va kuzatishlarni; ularni amalga oshirish va tartibini; muddatlari, tabiatshunoslarning tajriba ishlarini, o’quvchilarning yozgi ishlarini, kutilgan hosilni aks ettirish zarur. Reja maydonchada shu yil amalga oshiriladigan ishlar mazmunini va ularning bajarilishini ta‘minlash bo’yicha tadbirlarning aniq ravshan manzarasini berishi lozim.
Sinflar bo’yicha maktaboldi maydonchasidagi ishlar metodikasi.
O’quv-tajriba maydonchasidagi ishlarni butun sinf bilan dars vaqtida o’tkaziladigan majburiy ishlarga, o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda (uy vazifasi yoki yozgi topshiriq tarzida) bajaradigan majburiy ishlarga va yosh tabiatshunoslik to’garagi a‘zolarining ishlariga ajratish mumkin.
Birinchi sinfda o’quvchilar kuz davrida daraxt, buta va o’t o’simliklari bilan, ular barglari va gullari shakllari hamda ranglarining xilma-xilligi va chiroyliligi bilan, qo’l bilan ishlatiladigan asboblar (xaskash, zambil) va ular bilan ishlash uslublari bilan tanishadilar.
Bahorda birinchi sinf o’quvchilari bilan o’quv-tajriba maydonchasida amaliy ishlar o’tkaziladi. Ular urug’larni ekish va ularni parvarish qilish, sug’orish, o’toq qilish, tayanch qoziqlarini qoqish qoidalarini bilib oladilar. Tuproqni ishlash, marza, klumbalar olish ishlarini katta yoshdagi maktab o’quvchilari bajaradilar. Birinchi sinf o’quvchilari urug’larni (no’xatgul, gulidovid, xina, tirnoqgul) ekishga tayyorlaydilar va yerga ekadilar, o’simliklarni parvarish qiladilar.
2-sinfda bolalar kuzda o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar vaqtida amal qilinishi kerak bo’lgan mehnat xavfsizligi va shaxsiy gigiena qoidalari bilan, urug’larni yig’ish va saqlash qoidalari bilan tanishadilar, sinf paykalini kuzda tuproqqa ishlov berishga tayyorlaydilar, to’kilgan barg va shoxlarni yig’ib oladilar, o’simlik qoldiqlari va axlatlarni chiqarib tashlaydilar. Katta yoshdagi o’quvchilar esa tuproqni chopib beradilar.
Bahorda ikkinchi sinf o’quvchilari gul manzarali hamda dukkakli o’simliklarning urug’larini ekishga tayyorlaydilar: buning uchun yirik va sog’lom urug’larni tanlab oladilar, ularni ivitadilar va undiradilar, urug’larni tuproqqa ekish, o’simliklarni (tirnoqgul, gulidovid, no’xatgul, no’xat, loviya va boshqalar) o’stiradilar. Keyin marzalarni xaskash bilan tekislaydilar, chizimcha tortib ariqcha oladilar, yerga urug’lar ekish bilan ustini bir yo’la ko’madilar, etiketka o’rnatadilar, o’simliklarni keyingi parvarishini olib boradilar (sug’oradilar, tuproqni yumshatadilar, marzalarni o’toq qiladilar, tayanch qoziqlar o’rnatadilar). O’qituvchi rahbarligida bolalar quruq, ivitilgan va undirilgan urug’larni bir vaqtda ekish tajribasini o’tkazadilar (maysalarning chiqishini va o’simliklarning rivojlanishini qayd qilib boradilar), shuningdek o’simliklarning o’sishi va tashqi sharoitlarga (issiqliq yorug’liq namlikning bo’lishiga) bog’liqligini aniqlash uchun kuzatishlar olib boradilar.
3-sinf o’quvchilari kuzda xaskash va belkurak bilan ishlashda mehnat xavfsizligi va shaxsiy gigiena qoidalari bilan tanishadilar, marzada o’stirilgan o’simliklarning urug’larini yig’adilar, uchastkani o’simlik qoldiqlaridan tozalaydilar, o’g’it soladilar, tuproqni ag’darib chopadilar, ikkinchi sinfdagi o’qish davrida maktaboldi o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar yakunini chiqaradilar, maktab ko’rgazmasi uchun eksponatlar tayyorlaydilar.
Bahor vaqtida 3-sinf o’quvchilari ildizmeva (rediska, lavlagi, sabzi) va bir yillik gul manzarali o’simliklarning (kosmeya, astra, itog’iz, gultojixo’roz) urug’larini ekishga tayyorlaydilar. Ko’chat qalinligini ildizmevalar hosiliga: ekish muddatini ildizmevalar hosiliga va gul manzarali o’simliklarning gullash vaqtiga; o’g’itlarning ildizmevalar hosiliga va gul manzarali o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta‘sirini aniqlash bo’yicha tajriba va kuzatishlar olib boradilar. Ildizmeva va gul manzarali o’simliklar urug’larini yerga ekadilar, tajribalar qo’yadilar va ekinlarni parvarish qiladilar, sug’oradilar va yerlarni yumshatadilar, o’toq va yagana qiladilar, ko’chatlar o’tkazadilar. Bundan tashqari 3-sinf o’quvchilari smorodina (qoraqat), uzum, anor, atirgul qalamchalarini tayyorlaydilar hamda o’tqazadilar, ko’kargan o’simliklarni parvarish qiladilar.
4-sinf o’quvchilari kuz davrida hosilni yig’adilar va hisobga oladilar, ularni saqlash qoidalari bilan tanishadilar, urug’lar yig’adilar, tuproqqa ishlov beradilar, rezavor, buta va mevali daraxtlarni qishga tayyorlaydilar. Bundan tashqari bolalar mevali daraxtlarning tanasi hamda asosiy poyasidagi eski po’stloqlarini olib tashlaydilar, tana atrofiga tuproq tashlaydilar, unga o’g’it soladilar, rezavor va manzarali butalar o’tkazadilar.
Bahor paytida 4-sinf o’quvchilari sabzavot, dala gul manzarali o’simliklarning unuvchanligini tekshiradilar, sabzavot va manzarali o’simliklar pomidor, karam, shabboy, xushbo’y tamaki va hokazo) ko’chatlarini yetishtiradilar, ko’chatlarni parvarish qiladilar va ko’chirib o’tkazadilar, birinchi sinf paykallarida kollektsiya maydonchasida va gulzorda tuproqni bahorgi ekishga va ko’chatlar o’tqazishga tayyorlaydi, daraxtlarning tanalari atrofini yumshatadilar, kollektsiya maydonchasi va gulzorga urug’lar sepadilar, ko’kargan o’simliklarni oziqlantiradilar. Bundan tashqari bolalar ko’p yillik gul manzarali o’simliklarni parvarish qiladilar, ularning tuplarini bo’lish bilan ko’paytiradilar, ildiz otgan ko’chatlarni doimiy joylarga o’tqazadilar, bog’ va poliz zararkunandalariga qarshi kurashadilar.
GEOGRAFIYA MAYDONCHASIDAGI METEOROLOGIK O’QUV JIHOZLARI Geografiya maydonchasi uchun zarur o’quv jihozlarining miqdori va ular bilan ishlash yo’llari I.A.Abdug’aniyev, V.P.Golov, K.K.Semakin, L.A.Kuzmin, A.V.Suxorukova, X.S.Masudov, F.A.Muminov va boshqa uslubchi-geograflarning ishlarida yoritilgan. Zarur meteorologik asboblar to’plangandan so’ng maydonchani jihozlash boshlanadi. Maydonchaning meteorologik sektorida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun quyidagi o’quv jihozlari joylashtiriladi : Meteorologik budka – ayrim meteorologik asboblarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchaning janubiy-sharqiy qismida eshigi shimolga qaratilgan holda er yuzasidan 2 m balandlikka ega bo’lgan joyga o’rnatiladi. (3- rasm). Bunday holatda budkaning ichkarisidagi asboblarga quyosh nurlari tushmaydi va atrofdagi predmetlar hamda tuproqdan qaytayotgan issiqdan himoya qilinadi. Budka maxsus konstruksiyaga ega bo’lgan qurilma bo’lib, devorlari yog’och panjaradan ishlatilgan va 2 m balandlikda 4 ta yog’och oyoqqa o’rnatilgan bo’ladi. Uning tomi 2 qavat bo’ladi. Budkaning o’lchami quyidagicha: balandligi 525 mm, bo’yi 460 mm, eni 290 mm. Budkaning devorlari qalinligi 6 mm va eni 35 mm li yog’och taxtalardan iborat. Budkaning ichiga quyosh nurlari tushmasligi uchun reykalar devorga 450 burchak bilan qiya qilib o’rnatilgan bo’lib, ular orasida shamol bemalol o’ta oladi. Budka quyosh nuri ta’sirida qizib ketmasligi uchun oq rangga bo’yaladi. Budkaning ichiga temir shtativ o’rnatilib, unga psixrometrik termometrlar mustahkamalanadi. Shtativning quyi qismiga maksimal va minimal termometrlar gorizontal holatda yotqizib qo’yiladi. Psixrometrik budkaga soch tolali gigrometr ham o’rnatiladi. Agar maktabning imkoniyati bo’lsa, meteorologik sektorga 2 ta budka o’rnatilishi mumkin. 2-budkaning ichiga termograf va gigrograflar o’rnatiladi. 3-rasm. METEOROLOGIK BUDKA. Psixrometrik termometrlar havo haroratini va namligini o’lchash uchun qo’llaniladigan ikkita vertikal o’rnatilgan simobli termometrlardan iborat. Bular simobli bo’lib, uzunligi 39-43 sm, simob solingan idishchaning diametri 9-12 mm bo’ladi. Shkalasi 00 dan yuqorida 500 gacha, 00 dan pasti esa –350 gacha har 0,20 aniqlikda ko’rsatadigan bo’linmadan iborat. Termometrlarning birini simobli idishi toza batis bilan o’rab qo’yiladi va shu qismi toza suvli stakanga tushirib qo’yiladi. Quruq termometr ko’rsatkichidan havoning harorati, quruq va namlangan termometrlarning ko’rsatishlaridan psixrometrik jadval yordamida havoning namligi tavsifnomasi (to’yingan suv bug’larining elastikligi, namlik yetishmasligi, nisbiy namlik, shudring nuqtasi) aniqlanadi. Termometrlar vertikal ravishda o’rnashtiriladi. Qishloq joylarida ipak qurti boquvchilariga beriladigan Avgust psixrometridan ham havo haroratsi va namligini aniqlashda foydalanish mumkin. Asbobning termometrlari ko’rsatishidan uning yuzasiga yozilgan jadvaldan nisbiy namlik aniqlanadi. Maksimal termometr - simobli bo’lib, havoning eng yuqori haroratini o’lchash uchun ishlatiladi. Uzunligi 350 mm, shkalasining har bir bo’limi 0,50 ga teng bo’lib, havo haroratining 710 dan 310 gacha o’zgarishini ko’rsatadi. Undan hisob olib bo’lingandan so’ng termometrni qo’lga olib, 2-3 marta silkitib, yana gorizantal holatda o’z joyiga qo’yiladi. Minimal termometr – biror vaqt ichida eng past haroratni o’lchash uchun qo’llaniladi. Bu termometr spirtli bo’lib, kapilyar naycha ichida qora rangli shtiv (shisha cho’p) bo’ladi. Hisob olinganda qo’l bilan tegilmaydi va hisob shtivning yuqori uchiga to’g’ri kelgan shkala qismidan olinadi. Termometrning uzunligi 300 mm shkalasi 210 dan –710 gacha bo’ladi. Hisob olib bo’lingandan so’ng termometrni qo’lga olib shtivni pastga tushirib yuboriladi va termometrni gorizontal xolatda o’z joyiga qo’yiladi. Termograf – havo haroratini uzluksiz ravishda (sutka yoki hafta davomida) lentaga yozib borish uchun qo’llaniladigan asbob. Uning qabul qiluvchi qismida egilgan temir, yoki misdon ishlangan 2 ta plastinka mavjud. Plastinkaning bir tomoni mustahkamlangan ikkinchi uchi esa maxsus tutgich bilan strelkaga ulangan. Strelka uchiga maxsus pero o’rnatilgan va analin siyohi bilan to’ldirilgan. Haroratning o’zgarishi bilan plastinka kengayib, strelkani harakatga keltiradi va strelkaning uchidagi pero aylanib turuvchi barabandagi lentaga egri chiziqlar tushira boshlaydi. Baraban maxsus soat mexanizmi yordamida aylanadi. Lentaning vertikal shkalasi har 15 minutdan bo’lingan, haftalik termografda shkala 2 soatdan bo’lingan. Lentaning gorizontal shkalasi har bir gradusdan bo’lingan. Termograflarning xiliga mos ravishda uning lentasi har sutkada yoki har haftaning dushanba kunlari almashtiriladi. Lentada qayd qilingan chiziqlardan haroratni o’zgarishi aniqlanadi. Sochli gigrometr – havoning nisbiy namligini o’lchash uchun ishlatiladi. Unda tabiiy soch tolasidan foydalaniladi. Soch tolasi har xil yog’ va kirlardan tozalangandan so’ng, u havodagi namning o’zgarishi natijasida, ya’ni nam ko’paysa uzayadi, nam kamaysa qisqaradi. Asbobni psixrometrik budkaga dastlab o’rnatishda strelkasi psixrometr yordamida aniqlangan, nisbiy namlik miqdori bo’yicha shkalada to’g’rilab qo’yiladi. Keyingi vaqtlarda asbobning ko’rsatishi bilan taqqoslanib boriladi. Bizning sharoitimizda gigrometrdan asosan qish oylarida foydalanish maqsadga muvofiq. Gigrograf – havodagi nisbiy namlikni sutka yoki hafta davomida uzluksiz yozib borish uchun ishlatiladigan asbob. Asbob korpusining orqa tomoniga soch tolasidan iborat kronshteyn o’rnatilgan. Soch tolasining bir uchi strelkaga, ikkinchi uchi esa kronshteynga o’rnatilgan. Havo namligi o’zgarganda soch tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Natijada strelka uchidagi siyohli pero lentaga chiziqlar chizadi. Asbob strelkasining holati dastlab psixrometr ko’rsatishi bo’yicha aniqlanadi. Vild flyugeri – shamolning yo’nalishi va tezligini aniqlashda foydalaniladigan asbob. U maydonchaning janubiy-g’arbiy sektorining o’rtasida, gorizont tomonlari yaxshi ko’rinadigan va shamol to’silmaydigan ochiq joyda 8-10 m balandlikda o’rnatiladi. Uning ustunidan balandlik o’lchagich sifatida foydalaniladi. Flyugerni o’rnatishda uning gorizont tomonlari ko’rsatkichini gorizont tomonlariga moslashtirish kerak. Flyuger bilan shamol tezligi aniqlanishida uning doskasini og’irligiga e’tibor berish kerak. Hozirgi vaqtda yengil (200 gr) va og’ir (800 gr) doskali flyugerlar bor. 2-jadval yordamida doskalarning yoy shtifitidagi holatidan shamolning tezligi aniqlanadi. Respublikamizning Qo’qon guruh tumanlaridagi maktablarda og’ir doskali flyugerdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, kuchli «Qo’qon shamoli» esganida engil doskali flyuger yordamida shamolning tezligini aniqlab bo’lmaydi. Yg’in o’lchagich (osadkomer) – yog’inlar miqdorini o’lchash uchun xizmat qiladigan asbob. U 2 dona paqircha, metall plastinkalardan tuzilgan to’siq va o’lchov stakanidan iborat. Paqirchaning yuqori qirrasi er yuzasiga nisbatan 2 m balandlikda bo’lishi kerak. Paqirchaning hajmi 200 sm2 bo’lib, unda jo’mrak va varonka mavjud. Varonka yozda paqircha ichiga qo’yiladi, qishda esa olib qo’yiladi. Varonka yozda paqirchadagi suvni bug’lanishini ozaytirish vazifasini bajaradi. Yog’in miqdorini o’lchashda paqirchadagi suv o’lchov stakaniga quyiladi. O’lchov stakani 100 bo’lakli shkalaga bo’lingan bo’lib, har qaysi bo’lak 2 sm 2 ga yoki 0,1 mm ga teng. Demak, o’lchov stakanining hajmi paqirchanikidan 10 marta kichikdir. SHuning uchun, o’lchov stakani bo’yicha aniqlangan yog’in miqdori o’ngga taqsimlanadi va unga bug’lanish hamda idish devorlarini namlanishi evaziga 0,2 mm miqdorida qo’shimcha qo’shiladi. Qor yoqqanida paqircha o’lchashga olinib uning o’rniga ikkinchi paqircha qo’yiladi. Qorli paqircha xonaga olib kirilib, erigan qor suvini o’lchov stakani yordamida yomg’irni o’lchaganday o’lchanadi. Yog’in o’lchagich imoratlar va daraxtlardan uzoqroqda bo’lgan ochiq joyda joylashtiriladi. Yog’in miqdori sutkada ikki marta, ertalab soat 7 va kechqururun soat 19 da o’lchanadi. KUZATISH TARTIBI 1-jadval Vaqt Kuzatish elementi Bajariladigan ishlar Soat Daqiqa 9, 12 15, 18 5 Asboblarni kuzatishga tayyorlash 9, 12 5 Havo harorati va namligi Quruq va nam bo’lgan termometrlardan hisob olinadi: Termograf va gigrograflarning lentalariga vaqt belgilanadi; minimal va maksimal termometrlardan hisob olinadi. 9, 12 15, 18 3 Yog’in Osodkomer paqirchasi almashtiriladi. Paqirchadagi suv o’lchov stakaniga quyilib, yog’in o’lchanadi. Plyuviograf lentasiga vaqt belgilanadi. 9, 12 2 Bosim Barometr yordamida bosim o’lchanadi. Barograf lentasiga vaqt belgilanadi. Lentasi soat 1300 larga yaqin almashtiriladi. 9, 12 15, 18 5 Shamol Flyuger va anemometr yordamida shamolning yo’nalishi va tezligi o’lchanadi. 9, 12 15, 18 2 Quyosh balandligi Uglomer yordamida quyoshning gorizontdan balandligi o’lchanadi. 9, 12 15, 18 2 Bulutlik Bulut turlari va bulutlilik darajasi aniqlanadi. 9, 12 15, 18 2 Suv harorati Suv termometri yordamida suvning harorati o’lchanadi. 9, 12 15, 18 5 Atmosfera hodisalari Shudring, qirov, bulduruq, tuman, yaxmalak, chaqmoq, kamalak va boshqa hodisalar kuzatiladi. ESLATMA: 1. Kuzatish 10-15 daqiqa ertaroq boshlanadi. 2. Kuzatish natijalari maxsus jurnalga yoziladi. 3. Kuzatish tugagandan so’ng navbatchilar ularni qayta ishlaydilar. Anemometr va flyuger ko’rsatkichlari 2-jadval Flyuger doskasining yon shtifitidagi holati Shamolning tezligi, metr sek. Yengil doska Og’ir doska 0 0 0 0-1 1 2 1 2 4 1-2 3 6 2 4 8 2-3 5 10 3 6 12 3-4 7 14 4 8 16 4-5 9 18 5 10 20 5-6 12 24 6 14 26 6-7 17 34 7 18 36 4-rasm. YOG’IN O’LCHAGICH. Nefoskop halqasi – bulutlik miqdori va bulutlarning yo’nalishini aniqlashda foydalaniladigan asbob, uni yashash uchun velosiped g’ildiragining gardishi topilib, uning to’rt tomonidan sim o’tkaziladi va simlarni 2 m balandlikdagi ustunchalarga tortiladi. Halqaning sim o’tkazilgan joylari gorizont tomonlariga moslashtiriladi. O’quvchi halqa ostida turib, bulutlik darajasini va bulutlarning harakatini kuzatadi. Qor o’lchagich reyka qor qoplamining qalinligini o’lchashda ishlatiladi. Balandligi 1 m bo’lgan reyka har sm dan bo’laklarga bo’linadi va bo’yaladi. Maydonchaning eng tekis yeriga 0 bo’linmasi yer yuzasida bo’lgan holatda o’rnatiladi. Qor o’lchagich (snegomer) qor qoplamining zichligi va undagi suv zahirasini aniqlash uchun xizmat qiladi. U quyidagi qismlardan iborat: hajmi 8 l bo’lgan polietilenli paqircha; 0 dan 50 sm gacha bo’laklarga bo’lingan qor o’lchagich silindr; qor qoplamining qalinligini o’lchashda ishlatiladigan balandligi 160 sm li metal lineyka. Qor o’lchagich yordamida qorning zichligi so’ngra qor suv zaxirasi aniqlanadi. Har gektar maydonchaga to’g’ri keladigan qor suvi quyidagicha hisoblab topiladi: 1. Qor o’lchagichning metall lineykasi yordamida nazorat uchun qor balandligi o’lchanadi. 2. Qor o’lchagichning silindri tik holatda qorga tiqiladi va uning shkalasidan qorning balandiligi o’lchanadi. 3. Silindrdagi qorni to’kmasdan ko’tarib olinadi va undagi qor paqirchaga to’kib eritiladi. So’ngra qor suvi o’lchov stakaniga quyilib, uning miqdori aniqlanadi. 4. Olingan ma’lumotlar bo’yicha quyidagi formuladan foydalanib, qorning va qor suvining hajmi, qorning zichligi, qordagi suv zaxirasi, har gektar maydonga to’g’ri kelgan qor suvi aniqlanadi. 1) qh = 100 x N: bu yerda qh – qorning hajmi (sm3 ) N – qorning balandligi (sm) 100 – silindrning ko’ndalang kesimi maydoni (sm2 ) 2) sh = 5 x P: bu yerda sh – qor suvining hajmi (sm3 ) P – o’lchov stakanidagi bo’linmalar soni 5 – o’lchov stakanining ko’ndalang kesimi (sm2 ) 3) qz = sh : qh: qz – qorning zichligi (gr/sm3 ) sh – qor suvining hajmi (sm3 ) qh – qorning hajmi (sm3 ) 4) D = 10 x qz x N: D – qorning suv zaxirasi (mm) qz – qorning zichligi (gr/sm3 ) N – qorning balandligi (sm) 10 – sm ni mm ga aylantiruvchi ko’paytma 5) a = 10 x D: bu erda a – har gektar maydonga to’g’ri keladigan qor suvi (tonna/gektar) D – qorning suv zaxirasi (mm) 10 – mm ni t. ga aylantiruvchi ko’paytma Barometr – aneroid havo bosimini o’zgarishini mm yoki mb hisobida o’lchashda foydalaniladigan asbob. Asbob yordamida o’lchangan bosimni miqdori hisobida bo’lsa, uni mb yoki gPa ga aylantirish mumkin. Uning uchun quyidagi nisbatdan foydalanamiz: 1 ml = 1,33 mb 1 mm = 1,33 mb 1 mb = 0,75 mm 1 mm = 1 ml Masalan, bosim 1000 mb bo’lsa, uni mm ga aylantirish uchun 0,75 ga ko’paytiriladi: 1000 x 0,75 = 750 mm. Barograf – atmosfera bosimini o’zgarishini sutka yoki hafta davomida uzluksiz yozib borish uchun ishlatiladigan asbob. Bunda aylanuvchi barabanga o’rnatilgan lentaga bosim o’zgarishini strelkaga o’rnatilgan pero chizib boradi. Barografning lentasi mb da berilgan. Uning strelkasini o’rnatish uchun avval barometr aneroiddan bosim aniqlanadi va uni mb aylantiriladi. Barometr aneroid, barograf hamda qor o’lchagich geografiya kabinetida saqlanadi. Bosim, uy ichi va tashqarisida kam farqlanishi natijasida bosim o’lchash ishlari xonada o’tkazilishi ham mumkin. Eklimetr – quyoshning va qutb yulduzining burchak balandligi, daraxtlar, imoratlar, balandliklarni aniqlashda foydalaniladigan asbob. GEOGRAFIYA MAYDONCHASIDA METEOROLOGIK KUZATISHLARNI O’TKAZISH Geografiya maydonchasi zarur mateorologiya asboblar bilan jihozlangandan so’ng unda o’quvchilar meteorologik kuzatishlarni olib borishadi. Ob–havoni kuzatish geografiya maydonchasida olib boriladigan ishlarning ichida alohida o’rin egallaydi. Ob-havoni kuzatish ishlari IV sinfdan boshlab IX sinflarda ham davom ettiriladi. Umumta’lim maktablarining geografiya dasturida V-VI sinf o’quvchilarining quyidagilarni uddalay olishi belgilangan: - ob-havoni kuzatishni, zarur ma’lumotlarni qayd qilishni, ob-havoning o’zgarishi sabablarini tushuntirishni, o’zi yashayotgan joyda yil fasllarning almashinishini tushuntirishni; - o’rtacha haroratni hisoblash hamda oy, yil uchun grafik tuzishni; «shamollar guli», bulutlik va yog’inlar diagrammasini tuzishni, sutkalik, oylik ob-havoning tavsifini tuzishni bilishi kerak. Maktab dasturining yuqoridagi talabini bajarish uchun geografiya maydonchasida o’quvchilarning meteorologik kuzatishlarini izchil uyushtirish lozim. Quyida geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni uyushtirish ishlarini tashkil etish yo’llari bayon qilinadi. 1. Geografiya maydonchasida qanday meteorologik kuzatishlarni o’tkazish mumkinligi aniqlab olinadi. Chunki, bu maydonchada o’rnatilgan asboblarning miqdoriga ham bog’liqdir. Geografiya maydonchasida quyidagi meteorlogik kuzatishlar olib borish mumkin : 1) Havo haroratini o’lchash; 2) Havoning namligini o’lchash; 3) Havoning bosimi o’lchash; 4) SHamolning yo’nalishi va tezligi aniqlash; 5) Bulutlik darajasi va bulut turlarini aniqlash; 6) Yg’in turlari va miqdori aniqlash; 7) Quyoshning gorizontdan balandligi va unga bog’liq holda quyosh radiatsiyasining miqdorini aniqlash; 8) Atmosfera hodisalari (momaqaldiroq, kamalak, tuman qirov, shudring va boshqalar)ni kuzatish va aniqlash. 2. Geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni olib borish uchun eng avvalo o’quvchilar asboblar bilan ishlash malakasiga ega bo’lishlari juda zarurdir. O’qituvchi o’quvchilarning ob-havoni kuzatishini tashkil etish va kuzatish usullari bilan o’quv yili boshida maxsus darsda tanishtiradi. V sinfda birinchi darsning oxirida o’quvchilarga keyingi darsda katakli daftar, qalam, lineyka olib kelishlari aytiladi. Birinchi darsda ob-havo qanday kuzatiladi va kuzatish natijalari qanday qayd qilinishi tushuntiriladi. O’quvchilar daftarlariga ob-havo kuzatishlarini qayd qilish uchun yilnoma chizib olishadi. Ikkinchi dars bevosita geografiya maydonchasida o’tkazilib, unda o’quvchilarni meteorologik kuzatishlarini olib borishida foydalanadigan asboblar bilan tanishtiradi, kuzatish qoidalari va shartli belgilarni tushuntiradi. 3. Meteorologik shartli belgilar alohida qog’ozga chizilib, ulardan biri geografiya maydonchasiga, ikkinchisi geografiya xonasiga osib qo’yiladi. O’quvchilar shartli belgilarni o’z daftarlariga chizib olishadi. 3-jadvalda atmosfera hodisalari va ularning shartli belgilari keltirilgan. 4. Kuzatish ishlarini olib borish uchun har qaysi sinflarda o’quvchilrning qatorlar bo’yicha ro’yxati tuziladi. Bunda har bir qatorda 4 ta o’quvchi bo’lib, ular ertalab soat 8.00, kunduzi soat 14.00 va kech soat 20.00 da kuzatish ishlarini olib borishlari mumkin. Lekin, maktablarda dars rejimiga ko’ra kuzatish vaqtlari boshqacharoq ham bo’lishi mumkin. Masalan, soat 8.30, soat 12.30 va xokazo. 5- 6- sinflarda dastlab navbatchilar emas, balki hamma o’quvchi kuzatish malakalariga ega bo’lishgach navbatchilik asosida kuzatish ishlarini olib borishlari mumkin. Bundan tashqari kuzatishlar soni o’quvchilarning yoshi va bilim darajalariga ham bog’liq. 5- va 6- sinf o’quvchilari kuniga bir marta, ya’ni tush paytida kuzatish ishlarini olib borishadi. 7- sinfdan boshlab har kuniga bir necha marta kuzatish ishlari o’tkaziladi. 5. Ob-havoni kuzatish ishlari aniq kursatilgan vaqtda olib borilishi zarur. Kuzatish vaqtida meteorologik ketma – ketlikka aniq rioya qilinishi lozim. Bunda kuzatish vaqtidan 15 daqiqa oldin asboblarning tayyorligi va jurnallar tekshirib chiqiladi. Kuzatish ko’rsatilgan vaqtdan 5 minut oldin boshlanadi. Bunda eng avvalo 2 – 3 minut davomida osmonning bulut bilan qoplanishi nefoskop yordamida aniqlanadi va jurnalga qayd qilinadi. Keyin 2-3 minut da shamolning yo’nalishi va tezligi aniqlanadi. Ko’rsatilgan ma’lum vaqtda havoning harorati va namligi o’lchanadi. So’ng yog’in tushgan bo’lsa uning miqdori, va 5 minutdan so’ng havoning bosimi o’lchanadi. 6. O’quvchilar kuzatish vaqtida asboblar bilan extiyot bo’lib muomala qilishi, kuzatish qoidalarini buzmasligi va kuzatgan meteorologik elementlarva hodisalarni daftarga oddiy qalam bilan o’z vaqtida aniq qilib yozib borish lozim. Kuzatish olib borilayotgan vaqtning o’zida natijalar daftarga oddiy qalam bilan yozib boriladi. Kuzatish vaqtida atmosfera hodisalari ham yoziladi, masalan shudring, tuman va boshqalar. 7. Kuzatish natijalari maxsus jurnallarga qayd qilinadi. V-VI sinflarda 2-, 3- jadvallardan yuqori sinflarda esa 5- jadvaldagi jurnaldan foydalaniladi. 8 Kuzatish natijalari ma’lum davr uchun to’plangandan so’ng, maktab joylashgan xudud uchun ob-havo va iqlim tasnifini berish mumkin. Olingan ma’lumotlar umumlashtirilib bir oy mobaynidagi haroratining o’zgarishi garafigi (7-rasm), o’ratacha sutkalik va oylik havo haroratlari, amplitudasi, bulutli va bulutsiz kunlar, yog’inli va yog’insiz kunlarning doiraviy diagrammasi (8-rasm), yog’inlarni yillik taqsimlanishi grafigi (9-rasm), shamollar “guli” (10-rasm) va boshqalar chiziladi va ulardan dars jarayonida foydalaniladi. 3-жалвал. Об-ҳаво календари Havoning nisbiy namligini aniqlashda 4-jadval ma’lumotlaridan foydalaniladi. Misol, quruq termometrning ko’rsatkichi 180 , namlangan termometrning ko’rsatkichi 120 bo’lsin. Havo namligini topish uchun termometrlar ko’rsatkichlarining ayirmasini topamiz: 180 -120 =60 . jadvaldan namlangan termometrning va ikkala termometrlarning ko’rsatkichidagi ayirma miqdorini kesishtirib, nisbiy namlik 44 foiz ekanligini bilib olamiz. 5-rasm PSIXROMETRIK JADVAL 4-jadval Namlangan termometr ko’rsatkichi grad. Quruq va namlangan termometrlarning ko’rsatkichlari farqi, grad.



Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə