Gentiana olivieri griseb (erbahor) O‘simligining kimyoviy tarkibi qurbonaliyev Komronbek Azamat o‘g‘li



Yüklə 319,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü319,74 Kb.
#129095
1   2   3   4
Maqola

Ключевые слова:
растение Эрбахор (Gentiana Olivieri Griseb), диарея, 
биологическое активное вещество, перколяция, сухой экстракт, алкалоид, 
горький гликозид, макроэлемент, микроэлемент 
Abstract: 
Currently, there are some promising bioactivities for medical texts 
based on the study of Iranian traditions. According to the World Health Organization, 
70-80 percent of the world's population uses traditional medicine, and traditional 
medicine relies mainly on plants. The share of medicinal plants in medicine in Japan 
and China is very high. In European countries, the use of plants has increased 
dramatically in recent years. In this regard, the creation of an anti-diarrheal drug based 
on the plant Gentiana Olivieri Griseb (Erbahor), which is mentioned in several folk 
remedies, as well as in the medical sources of Ibn Sina and Ar-Razi and is used in folk 
practice, as well as industrial production putting is important. In particular, it is used 
as a medicine for the treatment of diseases of the gastrointestinal tract and bile ducts, 
and for the treatment of various diseases of the urinary tract, liver, stomach, and 
reproductive system. The whole body of Gentiana Olivieri Griseb contains a rich 
source of metabolites, including alkaloids and bitter secoiridoid glycosides. 
Keywords:
Erbahor plant (Gentiana Olivieri Griseb), diarrhea, biological active 
substance, percolation, dry extract, alkaloid, bitter glycoside, macro element, micro 
element. 
Gentianaceae oilasi, tarqalgan 400 turni o'z ichiga oladi Gentiana Olivieri Griseb 
(Erbahor) — koʻp yillik oʻsimlik. Poyasi 30 sm gacha, tik yoki koʻtarilib turuvchi, 
silliq, och yashil, ildizpoyasimon oʻsimlik. Ildizpoyasi ingichka, simsimon ildizga ega. 
Poyalari asosida 5 sm gacha oʻtgan yilgi barglarning tolasimonb kukunlari qoldig‘i 
bilan zich qoplangan
[1]
. Ildizboʻgʻzi barglari uzunligi 2-10 sm, eni 4-8 (10) mm, 
choʻzinchoq, toʻmtoq, asosida toraygan, cheti tekis, poya barglarini soni 2 (3) juft, tor 
lansetsimon, uzunlugi 1-2 sm. Gullarining soni (1) 3-6, koʻk yoki koʻk-binafsha rangli 
bogʻlam boʻlib joylashgan, poyaning yuqori qismida, voronkasimon, ogʻiz ostida eni 
9-13 mm, esilgan boʻlaklarning uzunligi 5-6 mm, naychadan 5 barobar qisqa, 
choʻzinchoq chiziqli yoki elipssimon, toʻmtoqlashgan yoki oʻtkir burmalari 
boʻlaklardan 2 barobar qisqa, ikki boʻlakli boʻladi. Urugʻchi bandda joylashgan. koʻsak 
uzunligi taxminan 2 sm, choʻzinchoq. Urugʻlarning uzuznligi taxminan 2 mm, 
elipssimon, och qoʻngʻirrang, qanotsiz, ingichka toʻrsimon. Aprel-iyul oylarida 
gullaydi va meva beradi
[2]

Quruq togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Togʻ etaklaridan yuqori togʻlarga qadar keng 
tarqalgan, ochiq havoda, oʻt va daraxt-buta oʻsimliklar qoplamida, 3000-3700 m 
balandlikda gil, kalkerli, marin tuproqlarda va bu nam oʻtloqlarda oʻsadigan ko'p yillik 


Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali 
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 18 
~ 240 ~ 
oʻsimlik. Togʻ etaklaridan baland togʻlarga tarqaladi 
[1; 2]
. Gentiana Olivieri Griseb 
(Erbahor) Oʻrta Osiyoda, Kavkazning janubida, Oʻzbekistonning Toshkent, 
Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida keng tarqalgan
[6]

Turkiyaning Gaziantep viloyatida Afat sifatida ma’lum oʻsimlikning gullaydigan havo 
qismlari qon shakar regulyatori, yarani davolash, antianemik, antigepatotoksik, sedativ 
va ishtahani ochuvchi sifatida ishlatiladi. Antidiyabetik xususiyatlarga ega va bu 
xususiyat ham mavjud. Izoorientin, flavonoiddan kelib chiqadi. 
Dorivor hom ashyo oʻsimlikning hamma qismidan olinadi. Yer usti qismi (oʻt) 
gullash davrida yigʻib olinadi, doimiy ravishda aralashtirilib, soya joylarda quritiladi. 
Yigʻilgan ildizlar yaxshilab yuviladi, yoyiladi va quritiladi. 

Yüklə 319,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə