Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (арв)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/4
tarix07.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#115870
1   2   3   4
Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ.

xc-energotizimning generator qisqichlarigacha bo‘lgan qarshiligi, Om; Inom-generatorning nominal toki, kA.
Generator o‘z-o‘zini sinxronlash metodi bo‘yicha ulash quyidagi tartibda bajariladi:
generator sinxron tezlikdan ko‘pi bilan 2—3% farq qiladigan aylanishlar chastotasigacha aylantiriladi, chastotalarning yo‘l qo‘yiladigan farqi, odatda, IRCH rele asosidagi avtomatik qurilma bilan nazorat qilinadi; shunt reostati va АРВ ning o‘rnatilishini o‘zgartiruvchi qurilma salt ishlaganda
Ug.nom. ni ta’minlovchi uyg‘otishga to‘g‘ri keluvchi holatga qo‘yilishi kerak, bunda АГП o‘chirilgan holatda bo‘ladi; generatorning vыklyuchateli ulanadi va u ulangan zahoti АГП ni ulash uchun
avtomatik tarzda buyruq beriladi.
Generator tarmoqqa ulangandan so‘ng, qisqa vaqt asinxron dvigatelga o‘xshash ishlaydi. Asinxron sirpanish momenti generatorning rotorini sinxron chastotada aylanishga tortadi. Uyg‘otish berilgandan so‘ng rotorning chulg‘amida tokning ko‘payib borishi bilan asta-sekin oshib boruvchi sinxron momenti hosil bo‘ladi. Natijada generator vali keskin mexanik turtkilarga duch kelmaydi.
O‘z-o‘zini sinxronlash usuliniig asosiy afzalligi generatorni tarmoqa ulash texnologiyasining soddaligidadir, chunki bu vaqtda ulanadigan generator bilan tizim kuchlanishlarining qiymatlarini va chastotalarini aniq to‘g‘rilashga hojat qolmaydi. Sinxronlash ancha soddalashadi va tezlashadi, ulashlardagi yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli mashinaning og‘ir buzilish ehtimollari yo‘qoladi, jarayonni avtomatlashtirish soddalashadi, shuningdek energotizimdagi chastota va kuchlanish o‘zgarganda ham ulash mumkin bo‘ladi.
Normal ishlash sharoitlarida o‘z-o‘zini sinxronlash usuli generatortransformator bloki sxemasida ishlaydigan va chulg‘amlari bilvosita sovitiluvchi turbogeneratorlarni, shuningdek hamma gidrogeneratorlarni ulash uchun qo‘llaniladi.
Chulg‘amlari bilvosita sovitiladigan va generator kuchlanishi shinasida ishlaydigan turbogeneratorlarni, shuningdek chulg‘amlari bevosita sovitiluvchi generatorlarni ulash ham, odatda, aniq sinxronlash usuli bilan bajariladi.
Avariya tugatilgach, hamma generatorlarni parallel ishga tushirish o‘z-o‘zini
sinxronlash usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə