Generatorlarni uyg‘otishni avtomatik rostlash (арв)



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/4
tarix07.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#115870
1   2   3   4
Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ.

U ф.г vektor Uф.е dan orqada qolganda edi, muvozanatlovchi tokning aktiv tashkil etuvchisi rotorni tezlashtiruvchi moment 2.11-rasm.Kuchlanishning topish egri chizig‘i. hosil qilgan bo‘lardi. Generatorni bu holda ulashda, uniig valiga yulama katta
o‘zgaruvchan miqdorda ta’sir etib, agregatning jiddiy mexanik buzilishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun sinxronlanadigan manbalarning kuchlanish vektorlarining burchak farqi ulash vaqtida 10-20 el.gradusdan oshmasligi kerak.
Uchinchi holda, burchak uzluksiz o‘zgarib turganda, kuchlanishlar farqi Uf ham o‘zgaradi va uni tepish kuchlanishi deb yuritiladi. Tepish kuchlanishi noldan 2Uf.t gacha va sinxronlash manbalarining kuchlanishlari chastotalari yig‘indisining yarmiga teng bo‘lgan chastota bilan o‘zgaradi. Tepish kuchlanishning amplitudalari orqali o‘tkazilgan o‘rovchi chiziq generator va tizim chastotalari ayirmasining yarmiga teng chastotaga ega (2.11-rasm).
Shunday qilib, chastotalar teng bo‘lmasa, Uf ning yuqori qiymatida noqulay paytda ulash xavfi har doim bo‘ladi. Bundan tashqari, chastotalar farqi katta bo‘lsa, mashina sinxronizmga tushmasligi mumkin. Bu esa chastotalarning ruxsat etiladigan farqining ulash paytida 0,1% dan oshmasligini chegaralashga majbur etadi.
Eng katta muvozanatlovchi tok burchak 180 el.grad. ga teng 6o‘lganda hosil bo‘ladi. Faraz qilaylik agar generator kuchli energotizim (xs ≈ 0) bilan parallel ishlash uchun ulansa, u holda:

Bunda muvozanatlovchi tok generatorning qisqichlaridagi uch fazali qisqa tutashuv tokidan 2 marta katta bo‘ladi. Bunday tok chulg‘amlarning qizishi nuqtai nazaridan ham va o‘tkazgichlar orasidagi elektrodinamik kuchlar tufayli ayniqsa stator chulg‘amining old qismlarida ham xavfli hisoblanadi. Shunday qilib, uyg‘ongan generatorni boshqa generatorlar bilan, aniq sinxronlash shartiga amal qilmasdan turib, parallel ishlashga ulash mashinaning jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.


Generator aylanish chastotasini sinxron aylanish chastotasiga yaqinlashtirish va uni ravon rostlash birlamchi dvigatellar (bug‘ yoki gidroturbinalar) ning aylanish chastotalari to‘g‘rilagichlariga ta’sir etish yo‘li bilan bajariladi. Ulanayotgan generatorning kuchlanishini o‘zgartirish uyg‘otish chulg‘amidagi tokni oshirish yoki kamaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Aniq sinxronlash shartini amalga oshirishni ko‘z bilan ko‘rib nazorat qilish ikkita voltmetr (generator va tarmoq kuchlanishlarining tengligini nazorat qilish uchun), ikkita chastota o‘lchagich (ulardan biri tarmoq chastotasini, ikkinchisi ulanayotgan generator chastotasini ko‘rsatadi), shuningdek bir nomdagi fazalar kuchlanishlari vektorlarining bir-biriga mos tushishini nazorat qilish imkoniyatini beradigan maxsus asbob – sinxronoskop yordamida amalga oshiriladi. Bu asboblar sinxronizatsiyalash shitchalari yoki kolonkalari tarkibiga kiradi (2.12-rasm) va ular barcha elektr stansiyalarda mavjuddir.
Aniq sinxronlashda ulash uchun signal berish payti sirpanish burchak tezligi (chastotalar farqi) bilan aylanayotgan sinxronoskopning ko‘rsatkichi orqali aniqanadi. Birlamchi dvigatelning tezlik to‘g‘rilagichiga tasir etib, chastotalarning tenglashishiga shunday erishiladiki, bunda sinxronoskop ko‘rsatkichi 20 s ichida
2.12-rasm. Sinxronlash kolonkasining o‘lchash
bir martadan ortiq aylanmasin. priborlarini ulash sxemasi.

Sinxronoskop shkalasida kuchlanishlarni fazalar bo‘yicha bir xil bo‘lishini


ko‘rsatuvchi chiziq tortilgan. Signal berish uchun generatorning o‘chirgichini
sinxronoskop ko‘rsatkichi chiziq tortilgan belgiga ozgina etmagan paytda ulash lozim,
chunki o‘chirgichining ulanishi uchun sarflanadigan vaqtni ham hisobga olish kerak.
Aniq sinxronlash qo‘lda yoki avtomatik tarzda bo‘lishi mumkin.
Ko‘lda aniq sinxronlashning hamma jarayonlari nazoratchi tomonidan qo‘lda bajariladi. Nazoratchining noto‘g‘ri harakat qilib qo‘yishini yo‘qotish uchun sinxronlash sxemasiga maxsus blokirovka kirgiziladi, u noqulay paytda o‘chirgichini ulash uchun berilgan signalning o‘tishiga avtomatik tarzda to‘sqinlik qiladi.
Avtomatik sinxronlash maxsus qurilmalar avtomatik sinxronizatorlar yordamida amalga oshiriladi. Avtomatik sinxronizatorlar sinxronlanayotgan generatorning kuchlanishi va chastotasini rostlash va uni nazoratchisiz tarmoqda ulash imkoniyatini beruvchi juda murakkab sxemaga ega.
Aniq sinxronlash usulining kamchiliklariga jarayonni amalga oshirishning murakkabligi va uzoq davom etishini (bu ayniqsa energotizimning avariya ish rejimi sharoitida chastota va kuchlanishning o‘zgarib turishi sodir bo‘lganda yana ham ko‘proq bilinadi, hamda boshqaruvchi shaxs yuqori malakaga ega 6o‘lishiii talab etishini hamda sinxronlash shartlari buzilsa, katta avariyalar sodir bo‘lishini kiritish mumkin.
O‘z-o‘zini sinxronlashda generator uyg‘otilmay, taxminan sinxronlash chastotaga
teng chastotada aylanayotgan vaqtida (sirpanish ±2-3%) tarmoqqa ulanadi.
Uzgich ulanishi zahoti uyg‘otish toki beriladi va generator 1-2 sekundda sinxronizmga tortiladi.
Uyg‘otilmagan generator tarmoqqa ulangan paytda u tarmoqdan ancha katta reaktiv tok iste’mol qiladi. Stator chulg‘amidan oqib o‘tayotgan ushbu tok hosil qilayotgan aylanuvchi magnit maydoni generator rotorining chulg‘amida EYUK hosil qiladi.
O‘ta kuchlanish tufayli izolyasiyaning buzilishinint oldini olish uchun generator rotorining chulg‘ami uzgichini ulashdan oldin o‘z-o‘zini sinxronlash maxsus qarshiligiga yoki АГП qurilmasining so‘ndiruvchi qarshiligiga tutashtirilgan bo‘lishi kerak, bu qarshilik АГП ulangandan keyin uziladi.
Generator o‘z-o‘zini sinxronlash usuli bilan tarmoqqa ulanganda, unda o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘ladi va bular generatordan chiqqan simlardagi qisqa tutashuv jarayonlariga o‘xshash bo‘ladi.
Generator-transformator bloklarini energotizim bilan parallel ishlashga ulanganda statorda hosil bo‘ladigan tok ancha kam bo‘ladi, chunki bu vaqtda transformator qarshiligining chegaralovchi ta’siri bo‘ladi. Shuni ham aytish kerakki, o‘z-o‘zini sinxronlashda statorning toki ulash paytida induktiv xarakterga ega bo‘ladi va demak, generatorning valida qo‘shimcha mexanik yuklamalar hosil qilmaydi.
Elektr qurilmalarining qurilish qoidasi tokning sakrashi nominal tokdan 3,5 martadan ko‘p oshmaslik shartida, generatorlarni o‘z-o‘zini sinxronlash usuli bilan ulashga ruxsat etadi, ya’ni:
Bunda I’-boshlang‘ich o‘tkazash toki, kA; U-qurilmaning fazalari orasidagi kuchlanish kV; xd-generatorning o‘tish qarshiligi, Om;

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə