G`afur g`ulom (1903-1966) G‘afur G‘ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo‘rg‘ontegi mahallasida tug‘ildi



Yüklə 6,44 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,44 Kb.
#165748
G`afur G`ulom.She\'rlar

G`AFUR G`ULOM

(1903-1966)

G‘afur G‘ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo‘rg‘ontegi mahallasida tug‘ildi.

  • G‘afur G‘ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo‘rg‘ontegi mahallasida tug‘ildi.
  • U endigina 9 yoshga kirganda otasi G‘ulom Mirza Orif o‘g‘li vafot etadi.
  • Oradan 6 yil o‘tar-o‘tmas bir etak bola mehribon onadan ham ayriladilar.

Mashaqqatli bolalik

  • U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo‘lib ishlaydi.

G‘afur G‘ulom she’rlar bilan birga o‘nlab hikoyalar, «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi.

  • G‘afur G‘ulom she’rlar bilan birga o‘nlab hikoyalar, «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi.
  • Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari — «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog‘inish», «Onalar» singari she’rlari yaratildi.

Uning yana bir mashhur asari — «Shum bola» qissasi 1936-yilda yozilgan bo‘lsa-da, 60-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yana-da sayqalladi.

  • Uning yana bir mashhur asari — «Shum bola» qissasi 1936-yilda yozilgan bo‘lsa-da, 60-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yana-da sayqalladi.

1963-yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini oldi.

Adib 1966-yilning 10-iyunida og‘ir xastalik tufayli vafot etgan.

E’tirof

G‘afur G‘ulom O‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Farmoni bilan «BUYUK XIZMATLARI UCHUN» ORDENI bilan taqdirlandi.

Toshkent shahridagi eng katta istirohat bog’laridan biriga shoir nomi berilib, uning muhtasham haykali o’rnatildi.

G`afur G`ulom she’riyatidan namunalar

VAQT

G‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatni

Kapalak umriga qiyos etgulik,

Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat

Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.

*

  • 1945-yil 19-sentabrda yozilgan.
  • 15 band.
  • 60 misra.
  • “Menga soat taqdim etgan jiyanim Hamidulla Husan o’g’liga bag’ishlangan” deb yozib qo’yilgan she’r boshida.

She’r tarixi

  • Shoirga zobit jiyani taqdim etgan soat oddiy, ya’ni do’kondan xarid qilingan yangi soat emas, balki trofey soat bo’lgan. Soat azal-azaldan vaqt o’lchagich asbob, lekin trofey soatning boshqa ko’shimcha belgisi ham bor, u tutilgan, dushmandan o’lja tarzda olingan buyum.
  • “Uni oldimu sal ijirg’andim, soatni ko’riboq o’yladim, uni qandaydir nemis, fashist taqqan, buning ustiga u halok bo’lgan… Shunday qilib, soat 45-yil mayigacha qaydadir yotdi. Bayram tantanalari avji qizigan payt tasodifan oldimdan chiqdi. Ongimda aniq shakllangan fikr bo’lmasa-da, men uni endi taqishim mumkin, deb o’yladim. Bir to’yda qadah so’zi aytar ekanman, dedim: mening bilagimdagi trofey soat bejizga emas, ilgari u dushman uchun vaqtni o’lchasa, endi u bizning vaqtni ko’rsatmoqda! “

SOG‘INISH

Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,

Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.

Eng kichik zarradan Yupitergacha

O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.

 

Uzilgan bir kiprik abad yo‘qolmas,

Shunchalar mustahkam xonai xurshid,

Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,

Hozir qonda kezar ertagi umid...

Biliimingizni sinang!

  • 1. G’afur G’ulom qachon va qayerda tug’ilgan?
  • 2. G’. G’ulomning ilk she’riy to’plami qachon qanday nom bilan chop etilgan?
  • 3. “Tirik qo’shiqlar” nomli ikkinchi to’plami qachon nashr qilindi?
  • 4. “Qo’qon” poemasi, “To’y”, “Ikki vasiqa” balladalari kimning qalamiga mansub?
  • 5. G’afur G’ulomning 30-yillarda yaratgan qissalari?
  • 6. Qaysi yili G’afur G’ulomga akademik unvoni berildi?
  • 7. G’afur G’ulomning “Vaqt” she’ri qachon yozilgan?
  • 8. G’afur G’ulomning “Sog’inish” she’ri qachon yozilgan?
  • 9. G’afur G’ulomning urush yillarida yozilgan she’rlari jamlangan to’plami qanday nomlanadi?
  • 10. G’afur G’ulom qaysi yili “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’lgan?

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!


Yüklə 6,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə