G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova Flavonoidlarni >G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova



Yüklə 282 Kb.
səhifə7/20
tarix19.12.2023
ölçüsü282 Kb.
#153532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
G’. U. Siddiqov, F. A. Majidova Flavonoidlarni-www.hozir.org

INFRAQIZIL (IQ) SPEKTROSKOPIYA. 
Molekuladagi atomlarni qo’zg’atish uchun yetarli energiya miqdori 

elektromagnit to’lqinlarning infraqizil (IQ) sohasiga mos keladi. Molekuladagi


tebranma sathlar kvantlangan bo’lib, ma’lum bir kattalikdagi tebranish chastotasi 
yoki energiya qiymatida sodir bo’ladi. Yorug’lik kvantini qabul qilish natijasida
molekuladagi tebranma xarakat asosiy energetik holatdan qo’zg’algan holatga 
o’tadi. Keyinchalik esa tebranma energiya aylanma energiya satxlarining
o’zgarishiga sarflanadi. Mulekulaning umumiy energiyasini quyidagicha ifodalash 
mumkin:
E=E (elektron) + E(aylanma) + E(tebranma) 
Molekulada aylanma energetik sathlar o’zaro yaqin joylashadi va juda oz
miqdordagi energiya molekula aylanishini o’zgartirishga yetarlidir. Aksincha, 
tebranma harakat energiyasi ancha yuqori qiymatni tashkil etadi (rasmga qarang).
Molekuladagi tebranishlar ikki hil spektrlarda namoyon bo’ladi - yutilish spektrlari 
(IQ spektri) va nurning kombinatsion sochilish (KS spektri). Nurning
kombinatsion sochilish spektri modekulaning yengil fotonlarni zabt etish natijasida 
fotonlar energiyasining ko’payish va kamayish natijasida molekulada bo’ladigan
tebranma yoki aylanma xarakat energiya sathining o’zgarishiga asoslanadi. 
Keyinchalik zabt etilgan fotonlar yorug’lik sochilishi tarzida nurlanadi.




Tebranma o’tishlar 


Aylanish energiyasining 

sathi

Energiya tebranma va aylanma sathlarining tas’iri. 
Organik moddalarning IQ spektri nozik yutilish chiziqlarini hosil qilmaydi.
Bunga asosiy sabab, aylanish energiyasining o’zgarishi, molekulani tebranish 
energiyasining o’zgarishi bilan bir vaqtda sodir bo’lishidadir. Rasmda
ko’rsatilganidek, E
1
, E

2
tebranma sathlariga yonma-yon joylashgan aylanish 


sathlari bog’liq bo’ladi. Bu holda tebranish energiyasi o’zgarishining har bir
holatiga zich joylashgan spektr chiziqlari hosil bo’lishi kerak. 
Ko’p atomli molekulalar murakkab tebranishga xosligi bilan belgilanadi. Shu
sababli, hisoblar ikki atomdan iborat bo’lgan molekulalar uchun ishlab chiqilgan. 
IQ spektrdagi yutilish sohalarini aniqlash tajriba asosida olingan ma’lumotlarga
asoslangan.
Molekula uchun IQ sohada asosiy tebranishlar valent va deformatsion
tebranishlardir. Molekuladagi atomlarning bog’ bo’ylab tebranishiga valent 
tebranish deyiladi va v harfi bilan belgilanadi. Valent tebranishning mexanik
modeli sifatida ikki shardan iborat sistemani faraz qilish mumkin. Sharlar 
molekuladagi atomlarni, prujina esa kimyoviy bog’ni ifodalaydi:
Prujina cho’zilganida yoki siqilganida sharlar garmonik tebranishlar bilan 

harakat qiladi. Bu quyidagi formula bilan ifodalanadi:



v=1/2

r

m

/



Formuladagi v- tebranish chastotasi, F- bog’ mustahkamligini ifodalovchi
kuch doimiyligi, m
1
va m

2
- sharlarning massasi. m


r
- esa quyidagi formula asosida 

hisoblanadi:


1/m

r
=1/m

1
+1/m

2
yoki m

r
=m
1

•m
2


/m

1
+m


2

Valent tebranish chastotasi atom massalari va bog’ mustahkamligi bilan 


aniqlanadi. Massa yuqori bo’lsa, chastota kichik bo’ladi, ya’ni

v
C-C

=1000 sm


-1
v
C-H

=3000 sm


-1

Kimyoviy bog’ mustahkam bo’lsa, tebranish chastotasi shunchalik yuqori


bo’ladi. Masalan: 


v
C-C

=1000 sm


-1
v
C-O
=1100 sm

-1



v
C-N
=1050 sm

-1



v
C=C
=1600 sm

-1



v
C-O

=1700 sm


-1

v
C=N

=1650 sm


-1




v
C≡C

=2200 sm


-1

v
C≡N

=2250 sm


-1

Molekuladagi 


atomlar
sonining 
ko’payishi
valent

tebranishni


murakkablashtirishga olib keladi. 3 va 4 atomdan tashkil topgan molekulada 2 xil 
valent tebranishlar bo’ladi: simmetrik v
s

va anti simmegrik v


as
.
Simmetrik tebranish

Antisimmetrik tebranish


Antisimmetrik tebranish chastotasining qiymati simmetrik tebranish chastotasi 

qiymatidan doimo yuqori bo’ladi.


Molekula valent burchaklari qiymatining o’zgarishi deformatsion tebranish 
deb aytiladi. Deformatsion tebranishni hosil qilish uchun valent tebranishiga
nisbatan kam energiya sarf qilinadi va kam chastotada namoyon bo’ladi. 
Atomlarning molekulada hosil qiladagan deformatsion tebranishlari: 1,2 -

qaychisimon,


3,4 - mayatniksimon, 5 - aylanma, 6 -yarim doira bo’ylab (+ 

tekislikka perpendikulyar yo’nalishda ilgarilama harakat, - teskari yo’nalishdagi


harakat). 
IQ spektrometrlarning optik qismlaridan bo’lgan eritma solinadigan idish,
nurlarni bo’luvchi prizmalar tuzlardan tayyorlanadi, chunki shisha IQ nurlar 
ta’sirida shaffofligini yo’qotadi. Asosan uchta prizma ishlatiladi: LIF /2000-3800
sm
-1

/, NaCl /700-2000 sm


-1
/ va KBr /400-700 sm

-1
/. Boshqa oraliqda prizmalar 


shaffoflik xususiyatiga ega emas.
IQ spektri olinishi kerak bo’lgan namunalar eritma, tabletkalarda, vazelinda 
emul’siya hosil qilib yoki gaz holatida ishlatilishi mumkin.

Yüklə 282 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə