Futbol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Reja



Yüklə 23,85 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü23,85 Kb.
#146779
Futbol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.


Futbol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
Reja
1. Futbol o‘yinining paydo bo‘lishi.
2. Futbolning rivojlanishi va musobaqalar tarixi.
3. O‘zbekistonga futbolning kirib kelishi va rivojlanishi.
1. Futbol o‘yinining paydo bo‘lishi.
Futbol eng qadimiy o‘yinlardan biridir. Inglizlarning e’tirof etishlaricha, oyoq bilan to‘p o‘ynash Britaniya orollarida IX asrdayoq juda mashhur bo‘lgan.
1863 yil 26 oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o‘yinning 13 moddadan iborat bo‘lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o‘yinining asosi bo‘lib koldi.
Futbol o‘yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91,5 metr)dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo‘lib, ular orasida to‘sin bo‘lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7,32 m) bo‘lgan. 1866 yilda balandlikni cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo‘yilgan. Yana 10 yil o‘tib, bu arqonni yog’och to‘singa almashtirishgan.
Darvozabonning qo‘l bilan o‘ynashga haqqi yo‘q edi. 1871 yilda o‘ng qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan, u ham bo‘lsa faqat darvoza maydoni ichida. Darvozabonning jarima maydoni ichida ham qo‘l bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishi uchun 30 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi (1902).
Uzoq vaqt mobaynida na jarima to‘pi, na 11 metrlik zarba bo‘lgan. Qoidabuzarlik uchun erkin zarbalar bilan chegaralanib qolinaverardi. Nihoyat, 1891 yil eng qat’iy jazolardan biri − 11 metrlik zarba kiritildi, uni inglizcha so‘z bilan «penalьti» deb ataydilar.
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o‘yin qoidalariga rioya qilinishini kuzatib turardilar. Futbol maydonida hakam 1880 yilda paydo bo‘ldi, 1 yildan so‘ng esa hakam ikkita yordamchisi bilan maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1888 yilda kiritildi, bunga qadar hakam to‘xtatish yoki o‘yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo‘l harakatlaridan foydalanardi. O‘sha yillarda barcha milliy futbol uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo‘lmagan. Har bir uyushma o‘z xohishiga ko‘ra bu qoidalarga turli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin edi. Bu vaziyat xalqaro uchrashuvlar o‘tkazish yoki xalqaro musobaqalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug’dirardi.
1882 yili to‘p mustaqil futbol ittifoqlari, ya’ni Angliya, SHotlandiya, Uels va Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda yagona qoidalar qabul qilindi va futbol qoidalarida u yoki bu o‘zgarishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro Kengash tasdiqlandi.
1871 yilda Angliyada mamlakat Kubogining yo‘nalishi tasdiqlandi. Bu kubok uchun hozirda ingliz futbol klublari kurash olib boradilar xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvi Angliya va SHotlandiya jamoalari o‘rtasida 1873 yilda bo‘lib o‘tdi. O‘yinchilar soni 11 kishidan ortiq bo‘lsa, ularning jamoadagi joylashishi hozirgidan boshqacharoq bo‘lgan. Angliya jamoasida 7 ta o‘yinchi hujumda, 1 tasi yarim himoyada bo‘lgan, shuningdek, 2 ta himoyachi va 1 ta darvozabon bo‘lgan. SHotlandiya jamoasi tarkibida esa 6 ta hujumchi, 2 ta yarim himoyachi bo‘lgan edi.
XIX asrning 80-yillarida futbol o‘yini Yevropa qit’asidagi mamlakatlarga yoyila boshladi. 1875 yilda futbol Gollandiyaga, keyinroq esa Daniyaga kirib keldi. 1882 yildan boshlab SHveytsariyada, 1890 yildan CHexiyada, 1897 yildan esa Rossiyada futbol o‘ynay boshladilar.
1882 yilda xalqaro uyushmalar boshqarmasiga asos solindi. Nihoyat, 1904 yil 21 mayda Frantsiya tashabbusiga ko‘ra hozirda 200 dan ortiq davlatlar a’zo bo‘lgan Xalqaro Futbol Uyushmasi – FIFA tashkil etildi. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan boshlab Yevropa Futbol ittifoqi – UEFA ham faoliyat ko‘rsatadi.
1930 yildan boshlab har 4 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati, 1958 yildan boshlab esa milliy terma jamoalar qatnashadigan Yevropa chempionatlari o‘tkazilib kelmoqda. 1900 yilda futbol olimpiya sport turiga aylandi, ammo rasmiy jihatdan u Olimpiya o‘yinlari dasturiga 1908 yilda kiritilgan.
Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK) 1954 yili tuzilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 44 ga yaqin mamlakatlarni birlash-tiradi.
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 1994 yildan FIFA va OFK ga a’zo bo‘lgan, hozirda FIFA va OFK tomonidan o‘tkaziladigan barcha rasmiy musobaqalarda qatnashib kelmoqda.

Futbolning rivojlanishi va musobaqalar tarixi.


Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixiga nazar soladigan bo‘lsak 1930 yildan 2019 yilga qadar futbol sport turi bo‘yicha jami 21 ta jahon chempionati rasman o‘tkazilgan bo‘lib, ularda jamoalar quyidagicha g’oliblikni qo‘lga kiritishgan.





Davlatlar nomi

CHempion-lik soni

CHempionlik qo‘lga kiritilgan

1

Braziliya

5

1958
1962
1970
1994
2002

2

Germaniya

4

1954
1974
1990
2014

3

Italiya

4

1934
1938
1982
2006

4

Urugvay

2

1930
1950

5

Argentina

2

1978
1986

6

Fransiya

2

1998
2018

7

Ispaniya

1

2010

8

Angliya

1

1966

Bugungi kunga qadar jami 8 ta davlat jahon chempionatida g’oliblikni qo‘lga kiritishgan.


Eng ko‘p finalga chiqqan jamoa Germaniya bo‘lib 8 marta finalda o‘ynagan shularning 4 tasida g’olib bo‘lgan. Braziliya esa 7 marta finalda o‘ynagan.
Futbol bo‘yicha 1978 yilga qadar jahon chempionatlarida jami 16 ta davlat ishtirok etgan. 1982 yildan 24 jamoa, 1998 yildan 32 ta jamoa ishtirok etgan. 2022 yildan 48 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonga futbolning kirib kelishi va rivojlanishi.


O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davr mobaynida futbolchilar va trenerlarning bir necha avlodi almashdi. Terma jamoalar turli miqyosdagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, muayyan yutuqlarga erishdilar. Mamlakatning ichki chempionati har yili muntazam ravishda o‘tkazib turiladi. Bolalar va o‘smirlar uchun mini futbol bo‘yicha ko‘pgina musobaqalar tashkil etilmoqda. Ayollar futboliga ham alohida e’tibor qaratilayotir.
O‘zbekistonda uyushgan holda futbol bilan shug’ullanuv-chilar 70000 dan ortiq, 320 dan ziyod futbol maktablari hamda maktab-internatlar mavjud; terma jamoalarni tayyorlash bo‘yicha yangi markazlar ochilmoqda, 3000 dan ortiq trenerlar o‘rta va oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega.
O‘zbekistonda zamonaviy futbol o‘tgan asrning boshla-rida paydo bo‘ldi va tezda mashhur o‘yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg’ona, Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Samarqand edi.
Ilk bor futbolni Farg’ona shahrida o‘ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
Farg’onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida «Futbolchilar jamoasi»ga birlashishga yo‘l berdi.
Bir oz vaqt o‘tgach, Toshkentda ham futbol o‘ynay boshladilar. Toshkentlik futbol ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu TOLS – Tashkentskoe obщestvo lyubiteley sporta (TSIJ – Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) edi.
Bu jamiyat 1912 yilda tuzilgan bo‘lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport turlarining rivoj-lanishi uchun ko‘p xizmat qilgan. 1912 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda futbol aytarli darajada yoyila boshladi. Futbol o‘yiniga Qo‘qon, Andijon va Samarqandda ham qiziqish orta boshladi.
Bu yillardagi eng qiziqarli bosqich albatta Farg’ona, Toshkent, Andijon, Samarqand futbolchilarining uchrashuvi bo‘ldi. Toshkentga tashrif buyurgan ilk futbolchilar Samarqand futbolchilar to‘garagi (SFT) a’zolari edi.
1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan Toshkent jamoasi 5:0 hisobi bilan g’alaba qozondi.
1913 yil iyunida Andijonda «Andijon futbolchilar klubi» tasdiqlandi.
SHu yerda aytib o‘tish lozimki, nafaqat Farg’ona, Toshkent va Samarqandda, balki O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham futbolning muvaffaqiyat bilan tarqalishiga qaramay, uning rivojlanishi o‘zi bo‘larchilik bilan o‘tayotgan edi. Jamoalarni o‘rgatish tizimi yo‘q edi, mashg’ulotlar o‘ta sodda va vaqti-vaqti bilan o‘tkazilardi. Hech bir shaharda futbol birinchiliklari tashkillashtirilmagandi, shuning uchun hatto undan ortiq jamoalar mavjud bo‘lgan Toshkent shahrida ham bironta rasmiy musobaqa o‘tkazilmagan edi.
1920 yildan boshlab futbol respublikamizning chekka qishloq va mahallalariga kirib borib, mashhur o‘yinga aylandi. Yoshlar, talabalar, ishchi va dehqonlar futbolga talpina boshladilar.
1921 yil Moskva va Toshkent futbolchilarining ilk uchrashuvi o‘tkazilgani bilan ahamiyatga loyiqdir. 1925 yilda mamlakat Jismoniy tarbiya kengashi tomonidan ommaviy jismoniy tadbirlarning taqvimi tuzildi. O‘zbe-kistonda futbolni tashkillashtirish bir oz tartibliroq tizimga ega bo‘ldi.
SHunday qilib, Toshkent birinchiligi 3 toifa bo‘yicha o‘tkazildi va unda 28 jamoa ishtirok etdi. 1927 yilda o‘zbek sportchilarini tayyorlashda muhim bosqich bo‘lgan I Umum-o‘zbek Spartakiadasi o‘tkazildi.
Spartakiada finalida doimiy raqib bo‘lib kolgan Toshkent va Farg’ona jamoalari uchrashdilar. Ikkala tar-kibda ham O‘zbekiston terma jamoa a’zolari chiqish qildilar
Katta qiyinchiliklar bilan 2-taymda toshkentliklar hal qiluvchi golni urdilar va 2:1 hisobi bilan g’alaba qozondilar.
1928 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro spartakiadada qatnashish O‘zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi, ular qatorida Angliya, Germaniya, Avstraliya, SHveytsariya va Finlyandiyaning ishchi klublardan iborat terma jamoalari ham bor edi.
SHveytsariya va O‘zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo‘ldi. O‘zbek futbolchilari bu o‘yinda jamoaviy o‘yin, chiroyli va chaqqon kombinatsiyalar namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, g’olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 30 daqiqa qo‘shib berildi. So‘nggi 15 daqiqa ichida O‘zbekiston futbolchilari shveytsariyaliklar qarshi-ligini yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O‘zbekiston futbolchilari g’alaba qozondilar.
Bir kundan so‘ng esa qiyin kechgan o‘yinda o‘zbek futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida g’alabani boy berdilar.
Keyingi yillarda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga Norvegiya, Germaniya, Finlyandiya, Moskva, Leningrad, Ukraina, Kavkaz orti mamlakatlaridan ko‘plab kuchli futbol jamoalari keldi.
Misol uchun, 1931 yil 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan matchda Norvegiya terma jamoasiga qarshi O‘zbekiston kasaba uyush-malari terma jamoasi chiqdi. Norvegiyaliklar texnikali futbol namoyish etib, 5:2 hisobida g’olib chiqdilar. Uch kundan so‘ng skandinaviyalik mehmonlarga qarshi Toshkent-ning birinchi terma jamoasi maydonga tushdi. O‘zbekis-tonliklar o‘yinni yuqori tezlikda olib borib, 4:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdilar.
Norvegiyalik va o‘zbekistonlik futbolchilarning uchinchi uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
1932 yilda O‘zbekistonga nemis futbolchilari tashrif buyurdilar. Bu jamoa ishchi sport klublarining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi Germaniya chempionati ishtirokchilari edi. O‘zbek futbol-chilari bu bo‘lajak o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rdilar va birinchi matchda 4:2 hisobidagi og’ir g’alabani qo‘lga kiritdilar.
Birinchi uchrashuvdan so‘ng nemis jamoasi sardori Lor shunday degan edi: «Toshkentliklar jipslashgan jamoa bo‘la olishdek ajoyib xususiyatga ega va ular biz hech narsa bilan taqqoslay olmaydigan yuqori tezlikda o‘ynadilar. Yuqori darajali jamoa bo‘lish uchun O‘zbekiston futbolchilarida barcha imkoniyatlar mavjuddir».
Takroriy uchrashuvda nemis futbolchilari bir oz ustunroq kelib, yuqori darajadagi taktik tayyorgarlikni namoyish etdilar va 3:1 hisobi bilan g’olib bo‘ldilar.
Norvegiyalik, nemis, fin futbolchilari bilan o‘tka-zilgan o‘yinlar O‘zbekistondagi ilk xalqaro o‘yinlar edi. Ular texnik va taktik tayyorgarlik borasida tajriba almashishga, o‘yinning yangi-yangi sistemalari bilan tani-shishga yordam berdi.
1934 yil O‘zbekiston poytaxtida ilk O‘rta Osiyo spartakiadasining ochilishi sharafiga bag’ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu namoyish O‘rta Osiyo respublikalarida jismoniy tarbiya harakati o‘sishining yorqin namunasi edi.
Futbol bo‘yicha musobaqalar bir paytning o‘zida uch stadionda bo‘lib o‘tdi, ulardan eng yirigi spartakiada ochilishi arafasida qurilgan 10 ming o‘rinli «Spartak» stadioni edi. Bu O‘rta Osiyo respublikalari orasida futbol birinchiligi uchun olib borilayotgan ilk o‘yinlar edi. O‘zbekiston futbolchilari o‘z raqiblari bo‘lmish Turk-manistonni 3:1, Tojikistonni 5:0, Qirg’izistonni 10:1 hiso-bi bilan dog’da qoldirib, muvaffaqiyatli chiqish qildilar.
1934 yil futbol jamoalarining kelgusidagi o‘sishlari uchun muhim yil bo‘ldi. Birgina Toshkentda kasaba uyush-malari birinchiligida 50 ta jamoa qatnashdi.
30-chi yillarning boshida bolalar va o‘smirlar futboliga yanada ko‘proq e’tibor berila boshladi. 1935 yil Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligining ilk tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovda Toshkent, Samarqand, Farg’ona va Andijon terma jamoalari ishtirok etdi. Poytaxtlik yosh futbolchilar g’alaba qozondilar.
1936 yil respublika shaharlaridagi futbol mavsumi-ning bahorgi bilan ochilishi ahamiyatga loyiq. Toshkentdagi musobaqa namoyishida 324 futbolchi ishtiroq etdi. Ommaviy futbol keyingi rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Umum-ta’lim maktablari, texnikumlar, oliy o‘quv yurtlari o‘z birinchilik o‘yinlarini o‘tqazar, muntazam ravishda korxonalarning ichki musobaqalari tashkil etilar edi.
SHahar futbol bo‘limi (sektsiya) qaroriga binoan Toshkentda futbolga ixtisoslashgan birinchi bolalar va o‘smirlar maktabi ochildi.
Bu yerda ko‘pgina qobiliyatli yosh futbolchilar o‘z mahoratlarini mukammallashtirar edilar. 1936 yili O‘zbekiston birinchiligida 16 shahardan terma jamoalar ishtirok etdi. Bu o‘yinlar katta qiziqish uyg’otib, ko‘plab tomoshabinlarni jalb qildi. SHiddatli o‘yinlardan so‘ng 1- va 2- o‘rinlar Qo‘qon hamda Toshkent terma jamoalariga nasib etdi.
1960 yildan 1991 yilgacha (tanaffuslar bilan) «Paxtakor» sobiq Ittifoqning oliy ligasida ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub o‘zgarishlar davri bo‘lgan edi. Kichik guruh (podgruppa)lardagi saralash o‘yinlaridan keyingina chempionatga yo‘l olinardi. Oliy ligaga chiqish uchun tayyorlanadigan jamoa Toshkentning ikki jamoasi asosida tuzilgan bo‘lib, bular «Paxtakor» va «Mehnat zahiralari» («Trudovыe rezervы») klublari edi. «Paxta-kor»ning barcha ko‘zga ko‘rinarli muvaffaqiyatlari uning kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog’liq. Yigirma yil tanaffus bilan ikki bora 1962 va 1982 yillarda Paxtakor oliy ligada faxrli 6-chi o‘ringa sazovor bo‘lgan. 1968 yilda finalga chiqib, unda Moskvaning «Torpedo» jamoasiga 0:1 hisobida g’alabani boy berishi «Paxta-kor»ning Ittifoq Kubogi o‘yinlaridagi eng yirik muvaf-faqiyati edi.
1965 yil chempionati natijalariga ko‘ra Moskva jamoalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlardagi eng yaxshi ko‘rsatkichlari uchun paxtakorchilar «Moskva oqshomi» gaze-tasining maxsus sovrini bilan taqdirlandilar (toshkent-liklar «Dinamo»ni 2:0, «TSSKA» ni 2:0, Spartakni 1:0 va «Lokomotiv»ni 2:0 hisobida mag’lub etgandilar). Sobiq Ittifoq chempionatlarida qatnashish yillari mobaynida «Paxtakor» uch jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritdi: «G’alabaga ishonch» (1971), «Groza avtoritetov» hamda «Adolatli o‘yin» uchun sovrin (1983).
Oxirgi yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari barcha Jahon chempionatlarida ijobiy ishtirok etib kelmoqda. 2010-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz sharafli 2-o‘rinni egallab Jahon chempionatiga yo‘llanma olindi. 2011-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida milliy terma jamoamiz 4-o‘rinni egalladi. 2011-yili O‘zbekistonda birinchi bor “Nasaf” jamoasi Osiyo Kubogi sohibi bo‘ldi. 2011-yili Meksikada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida kuchli sakkiz jamoa safiga kirgan. 2012-yilda Eronda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz ilk bor 1-o‘rinni egallab, chempionlikka sazovor bo‘lishdi va Jahon chempionatiga yo‘lanma olindi. 2013-yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida o‘tgan Jahon chempionatidagi natijasini takrorladi, kuchli sakkiztalikka kirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 1992-yildan 2016-yil 16-noyabr sanasi holatiga ko‘ra, jami 252 ta o‘yinlarni o‘tkazdi (shulardan, 75 tasi o‘rtoqlik maqomiga ega) va shu o‘yinlardan 121 g‘alaba, 51 o‘yin durang, 80 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati bo‘yicha460 ta raqiblar darvozasiga ishg‘ol qilishgan, 299to‘p o‘tkazib yuborgan. Jami FIFA tassarufidagi 51 mamlakat terma jamoalari bilan bahs olib borishgan.
2016-yilda OFK tomonidan o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida O‘zbekistondan to‘rtta jamoa Qarshi shahrining “Nasaf” va Toshkent shahrining “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” jamoalari qatnashdi. Faqatgina “Lokomotiv” jamoasi guruh bosqichida munosib o‘yin ko‘rsatib, o‘z tarixida birinchi marta 1\8 finalgacha yetib bordi. “Lokomotiv” jamoasi guruh bosqichida va nimchorak finallarida Eronning “Zobaxan”, BAAning “Al-axli”, Saudiya Arabistonning “Al-Ittixod” jamoalarni mag‘lubiyatga uchrata oldi.
Yüklə 23,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə