Fuqarolik huquqi tushunchasi predmeti tamoyillari va tizimi


Fuqarolik huquqi predmeti



Yüklə 102 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü102 Kb.
#152020
1   2   3   4
FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI PREDMETI TAMOYILLARI VA TIZIMI

Fuqarolik huquqi predmeti
Fuqarolik huquqi predmeti tarkibiga kiruvchi mulkiy munosabatlar, o‘z navbatida, mol-mulkning ma’lum shaxslarga tegishliligi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar hamda mol-mulkni boshqarish yoxud uni bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga bo‘linadi. Yuridik jihatdan ushbu tasnif (boMinish) ashyoviy, tashkiliy va majburiyat huquqlari (munosabatlari) degan darajalar yordamida tavsiflanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Fuqarolik huquqining predmeti hisoblangan shaxsiy nomulkiy munosabatlar, o‘z navbatida, mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga bo‘linadi. Fuqarolik huquqining predmetini tashkil etuvchi ushbu munosabatlar doirasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi 1-qismida belgilangan. Bunga muvofiq, Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bogiiq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solinishi nazarda tutilgan. Demak, fuqarolik huquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, fuqarolik huquqi predmeti tarkibini tashkil qiluvchi munosabatlar doirasi ancha kengaytirildi. Fuqarolik kodeksining 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan fuqarolik muomalasi ishtirokcliilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va ularni amalga oshirish tartibi bevosita tashkiliy masalalarni hal qilish bilan bog‘liq. Qonunlar, qonunosti hujjatlarida belgilangan va o ‘zlarining Nizom hamda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan, huquqiy maqomlariga muvofiq, fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchilar, o‘zlariga tegishli mulk huquqi va ashyoviy huquqlardan foydalanib, mulkiy munosabatlarni o ‘matish maqsadida turli tashkiliy masalalarni hal qilishga harakat qiladilar, ya’ni tashkiliy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etadilar. 2-§. Fuqarolik huquqining predmeti sifatida mulkiy munosabatlar Mulkiy munosabatlar fuqarolik huquqi predmetining asosiy va katta qismini tashkil etadi. Ular tovar xususiyatlariga ega boMgan moddiy ne’mat mol-mulk bilan bogiiq holda vujudga keladi. Bunday ne’matlarga nafaqat, qo‘l bilan ushlab yoki ko‘rish orqali mavjudligiga ishonch hosil qilish mumkin bo‘lgan ashyolar, shuningdek shartnoma bilan bir qatorda ba’zi huquqlar (masalan, bank omonati o‘zida omonati qo‘yilgan pul summasini emas, balki omonatchining bankdan talab qilish huquqini ifoda etadi) ham taalluqli bo‘ladi. Mulkiy munosabatlar, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsawww.ziyouz.com kutubxonasi tish natijalari bo‘yicha ham vujudga kelishi mumkin. Lekin bu natijalar har doim ham ashyoviy natijalar ko‘rinishida bo‘lavermaydi. Masalan, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish, omonat saqlash, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish shular jumlasidan. Demak, bunday natijalar ham tovar shakliga ega bo‘ladi. Mulkiy munosabatlar yuridik kategoriya hisoblanmaydi. Ular o‘z holicha yuridik tusga ega emas. 0'zining ijtimoiy tabiatiga ko‘ra ular huquqiy tartibga solinadigan, ya’ni huquqiy jihatdan rasmiylashtiriladigan iqtisodiy munosabatlardir. Ushbu munosabatlarda tovar xo‘jaligi, bozor iqtisodiyoti gavdalanadi. Bunda ular mazkur xo‘jalik munosabatlarining turg‘unligi, barqarorligini, ya’ni moddiy ne’matlarning o ‘zlashtirilganligi hamda taalluqliligini ta ’minlovchi tovarlar almashuvi jarayonini aks ettiradi. Zero, har ikkala jihat bir-biri bilan chambarchas bogMiq va ular o ‘zaro bir-birini taqozo etadi. Tovar almashuvi ishtirokchilar tomonidan uning obyektlari (ashyolari, ishlari, xizmatlari)ni o‘zlashtirmasidan turib mumkin bo‘lmaganidek, o‘zlashtirish ham ko‘p hollarda tovar almashuvi natijasidagina amalga oshiriladi. Mulkiy munosabatlar quyidagi umumiy belgilar bilan tavsiflanadi: Birinchidan, ushbu munosabat ishtirokchilari mulkiy jihatdan mustaqildirlar. Bu ularga mol-mulkni mustaqil tarzda tasarruf qilish va shu bilan birgalikda o‘zlarining harakatlari hamda harakat natijalari uchun mustaqil mulkiy javobgar bo‘lish imkoniyatlarini beradi. Ikkinchidan, umumiy qoidaga ko‘ra, ular tovar-pul xususiyatlariga ega bo‘lib, ekvivalent-haq evaziga amalga oshiriladi. Albatta, ayrim hollarda mulkiy munosabatlar haqsiz, tekin, masalan, hadya, ssuda asosida vujudga kelishi ham mumkin. Lekin, ushbu munosabatlar ikkilamchi, ya’ni ekvivalent-haq evaziga amalga oshiriladigan mulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan hosila munosabatlar bo‘lib, tovar almashuvining oddiy shakli hisoblanmaydi. Uchinchidan, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari teng huquqli va mustaqildirlar. Ular tovar egalari sifatida mustaqil bo‘lganliklari bois, bir-birlariga ma’muriy yoki boshqa bir hokimiyat tarzida bo‘ysunmaydilar. Yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik huquqi predmeti tarkibiga kiruvchi mulkiy munosabatlar tovar-pul xarakteriga egaligi bilan farqlanadi. Demak, o‘zida ana shu belgilarni mujassamlashtirmagan boshqa tusdagi (notovar tabiatga ega boMgan) mulkiy munosabatlar (masalan, soliq, budjet va boshqa moliyaviy munosabatlar, m a’muriy munosabatlar; umummilliy (davlat) mulki www.ziyouz.com kutubxonasi bo‘lgan yer va h.k.) fuqarolik huquqining predmeti bo‘lib hisoblanmaydi va ularga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi. Tovar xo‘jaligining barqarorligi munosabatlari, ya’ni moddiy boyliklarning o‘zlashtirilganligi, taalluqliligi mulkiy munosabatlarning u yoki boshqa ishtirokchilari tomonidan ashyoning egallanganligini, aniqroq aytganda, ularning muayyan ashyoning mulkdori ekanligini anglatadi. Statik munosabatlar ikki taraflama tabiatga egaligi bilan izohlanadi, ya’ni birinchidan, mulkdorning o‘ziga tegishli bo‘lgan ashyoga munosabati va ikkinchidan, ushbu ashyo bo‘yicha mulkdor va barcha boshqa shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatni ifodalaydi. Ashyoga (muayyan mol-mulkka) shaxsning munosabati me’yordagi xo‘jalik faoliyatini belgilovchi sharti hisoblanadi. Shu ma’noda, agar har bir shaxsning boshqa mulkka nisbatan o‘z mulkiga bo‘lgan alohida, oqilona munosabatini e ’tiborga oladigan bo‘lsak, xo‘jalik faoliyatining yuqori samarasini ham aynan ana shu omil belgilashiga ishonch hosil qilish mumkin. Zero, ashyoga xo‘jasizlarcha begonalashtirish asosidagi yondashuv, shak-shubhasiz, iqtisodiy natijalarning kutilgan darajada bo‘lishini ta’minlab bera olmaydi. Bizga ma’lumki, mehnatkashlarni yollanma ishchilarga aylantirgan davlatlashtirilgan iqtisodiyot (sobiq ittifoq davridagi tizim) tajribasi buni tasdiqlagan. Bundan tashqari, shaxsning o‘z mulkidan erkin, o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi va bunda boshqa birovlarning asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymasligi xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish hamda amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda mulkiy (ashyoviy) munosabatlarning ikkinchi tarafi — mulkdor bilan barcha boshqa shaxslarning ashyo (mol-mulk) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabati namoyon bo‘ladi. Aytish joizki, mulkdorning o‘z mulkidan (o‘ziga tegishli ashyodan) foydalanishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 0 ‘z navbatida, boshqa shaxslardan (shuningdek davlatdan) ham mulkdorning o‘z mulkidan mustaqil tarzda qonunlarda nazarda tutilgan hollar, shartlar va doirada foydalanishiga imkoniyat yaratib berishlari, to ‘sqinlik qilmasliklari talab qilinadi. Ushbu munosabatda mulkdor o‘z mulkiga egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishiga nomuayyan doiradagi majbur shaxsga qarshi turganligi sababli, bunday munosabatning mutloq xarakteri (tabiati) xususida so‘z borishi tabiiy. Yuridik jihatdan mulkiy munosabatlar moddiy boyliklarning tegishliligi bo‘yicha mulkiy (ashyoviy) huquqiy munosabatlar sifatida www.ziyouz.com kutubxonasi e’tirof etiladi va rasmiylashtiriladi. Ular mulkiy munosabatlar va o ‘zga (cheklangan) ashyoviy huquqlarga bo‘linadi. Mulkiy munosabatlar ashyodan foydalanish bo‘yicha qonuniy barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan mulkdorga ushbu ashyo (mulk) ning tegishli ekanligini ifoda etadi. 0 ‘zga ashyoviy huquqlar esa mulkdor bilan bir qatorda boshqa shaxslarning ham foydalanishi mumkin boigan mulkdor mulkining huquqiy holatini belgilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.O’zbekiston Respublikasi qonunlari
3.O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi
4.Fuqarolik huquqi darsligi R.Dj. RUZIYEV, V.R. TOPILDIYEV
Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə