amalga oshirish imkoniyatlari о„sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki
davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga,
balki
butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar
yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish
vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning
mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi -
umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bо„lib, u
har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot
tarmoqlarini muhofaza
qilishda, ularning muttasil ishlashini ta‟minlashda hamda qutqarish va tiklash
ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida fuqarolar
muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi.
Jumladan,
mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy
ofatlardan, turli xildagi
avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо„tadil
hayot faoliyatini ta‟minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О„zbekiston
hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi
tizimiga aylantirildi.
Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi
О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda
Toshkent shahrida bо„lib о„tgan Respublika faollarining Kengashida sо„zlagan
nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996
yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini
tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini
bartaraf etish maqsadida О„zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro
mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida О„zbekiston
Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yо„nalishi asosan:
favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish,
favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini
kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish,
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday
hollarda harakatlarni
boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini
ta‟minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar,
mahalliy
davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab
chiqish va hokazolarga qaratilgan
3
.
FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan
kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar
masalasida О„zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо„g„risida»gi(1999y.),
«Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi tо„g„risida»gi (1999 y.), «Fuqaro
muhofazasi tо„g„risida»gi (2000 y.), «Radiatsiyaviy xavfsizlik tо„g„risida»gi (2000
y.), «Terrorizmga qarshi kurash tо„g„risida»gi (2000 y.) kabi qator Qonunlari,
Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq
qaror va farmoyishlarini aytish mumkin.
Qabul qilingan me‟yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya,
Ukraina,
Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlarning
fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.
Dostları ilə paylaş: