Фукаролик жвмияти ваунинг конистуциявий тузилиши


shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi



Yüklə 265,84 Kb.
səhifə2/4
tarix04.12.2017
ölçüsü265,84 Kb.
#13773
1   2   3   4

shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi;

  • davlat, uning idoralari va fuqarolar teng huquqli subyektlar sifatida munosabatga kirisha olish ,ularning sudda teng huquqli taraflar sifatida qatnasha olishi. Fuqarolar huquqlarini qafolatlash va ustuvor ta’minlash mexanizmlarining yaratilganligi ;

  • fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi;

  • jamiyatning ma’naviy-madaniy va axlokiy jixatdan yuksak rivojlanganligi ; insonlar o’rtasidagi munosabatlarning o’zaro hurmat, iymon-insof doirasida, o’axs qadrini e’zozlash asosiga qurilganligi.

    Shunday kilib, fuqarolik jamiyati har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga xurmat muxiti shaklantirilgan, umum-insoniy qadriyatlar e’zozlanadingan, inson huquqlari va erkinliklari muqarrar ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyatdir.

    Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitusiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy prinsinlarning mustahkamlab qo’yilganligi barcha aholi qatlamlari manfaatlarining aks ettiradigan bunday tashkilotlar keng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorattashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko’rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko’pdir. Fuqarolir yig’inlari va o’zini щo’i boshqarish organliri – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Bo’lar qatorida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston xotin – qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg’armalari, “Ijod” fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o’tish mumkin1.

    Bunday tashkilotlarning obrosi oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimyat tizimlari vaoliyati ustidanta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roloi jamiyatimizda toboro ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchtlik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o’zaro samarasi aloqasini ta’minlash, odamlakrning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o’zgarishlarga munosabatini aniqlashtirish muhum vositalardan biriga aylanmoqda.

    Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz, “Itimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlarimonitoringi instituti kabi inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlarfaoliyat ko’rsatmoqda.

    O’tgan davr moboynida mamlakatimiznidemokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamyatini kuchatirishga, fuqarolarning eng muhum sosial – iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabo’l qilingani ham bu soha rivojiga katta e’tiborni ko’satadi.

    Aytish kerakki, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy – huquqiy, moddiy – texnikaviy jihatdan qo’llab – kuvatlashni kuchaytirishga qaratilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning qabo’l qilinishi muhum ahamiyat kasb etdi.

    So’ngi yillarda “Jamoat fondlari to’g’risida”gi, “Homiylik to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasining Prezidenting “O’zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko’maklashish chora - tadbirlarito’g’risida”gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabo’l qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhum omil vazifasini bajarmoqda.

    Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlvt notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab – quvvatlashni kuchaytirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qo’shma qarori hamda alohida ahamiyatga ega bo’ldi. O’z navbatida, Oliy Majlis huzurida Jamoat fondi hamda tarkibiga nodavlvt notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining vakolatli vakillari bilan birga deputatlar, moliyaviy tuzulmalarning mas’ul xodimlari kirgan Parlament komissiyasining tashkil qilinishi ham e’tiborga sazovordir.

    Mazkur komissiyaning faoliyati “uchinchi sektor” deb nom olgan fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab – quvvatlashga davlat byudjetidan tajratilagn moliyaviy mablag’larini yanada ochiq, oshkora aniq yo’naltirilgan va eng muhumi, demokratik asosda taqsimlashni ta’minlash imkonini bermoqda. Bu esa nodavlvt notijorat tashkilotlari faoliyatitning tashkiliy – texnikaviy va iqtisodiy negizini mustahkamlashga samarali ta’sir ko’satmoqda.

    Fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun davlatimiz tomonidan juda katta mablag’lar ajratilishi kuzatilmoqda. “Faqat keyingi uch yilning o’zida fuqarolik jamiyati institutlari taqdim etgan turli ijtimoiy lohihalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 11 milliard so’mdan ortiq mablag’ ajratilganligi1 ushbu sohaga bo’lgan e’tiborning dalilidir.

    Yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlvt notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirish va mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi bo’yicha o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni ro’yobga chiqarishda hyech bir mubolag’asiz hal qiluvchi omil ekanini, o’ylaymanki, kimgadir uqtirib o’tishga zarurat bo’lmasa kerak.

    Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohatlarimizning ochiq – oshkoraligi va samaradarligini taminlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonunning qabo’l qilinishi muhum ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlvt notijorat tashkilotlarining davlat tizilmalari bilan o’zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy – huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo’yicha huquqiy normalar ko’zda tutilishi darkor.

    Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko’lamini kengaytirish, davlat hokimyati va boshqaruv organlari bilan o’zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda1.

    O’zbekiston Prezidenti tomonidan ko’pgina qonunlarimizga o’zgartirish kiritish tashabbus qilindi. Xususan, “Bu vazifani hal qilishda “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. Bunda mahallani aniq yo’naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo’llab – quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, uning davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borish tizimidagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim2.
    Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari.

    Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan o’zini o’zi boshqarish mexanizmlari muqammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq,erkinlik xamda mafaatlarini aks ettiruvchi,muxafoza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va idoralari mavjud bo’ladi. Ular davlat xokimiyatidan mustaqil bo’lib, o’zini o’zi boshqarish prinsipi asosida jadal faoliyat ko’rsatadi.

    Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga qatta axamiyat beriladi. Uning asosiy maksadi inson hayotini saklash, uning maksadlarini, hayotiy orzularini, niyatlarini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruxlar, oila va boshqa jamoat birlashmalari orqali amalga oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruxlar shaxsga uning xokimiyat manbai eqanligini, layoqati, haraqati va obrusi yuksak qadriyat eqanligini tushunishiga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilotlar va birlashmalar orqali o’zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maksadlarini amalga oshiradilar.

    Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:


    1. ko’ppartiyaviylik:

    2. siyosiy hayot va institutlarning, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi:

    3. o’zini o’zi boshqarish organlari mavqyeining balandligi;

    4. jamiyatni boshqarishda ommaviy axborot vositalari rolining kattaligi1.

    Fuqarolik jamiyati ma’naviy hayot umumbashariy qadriyatlar asosida amalga oshirilganligi, insonning muqaddasligi, erkinligi, qonun oldida tengligi, ijtimoiy adolatning tulik qaror topganligida ifodalanadi.

    Demak, fuqarolik jamiyati teng huquqli insonlar jamiyati, yakqa shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishga ko’maklashadigan jamoat va nodavlat institutlarning tizimidir.

    Shuni xam takidlash kerakki, fuqarolik jamiyati jamoat birlashmalarining yigindisidangina iborat bo’lmay, balki ular faoliyatining natijasida paydo bo’ladigan munosabatlar tizimi xamdir. Shu bois xam fuqarolik jamiyatini milliy va diniy an’analar, odatlar, odob-axlok normalari va milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu jamiyat iqtisodiy, qasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishga xamda ularni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini xam qamrab oladi.

    O’zbekiston Respubliqasining Konstitutsiyasi har bir insonning extiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga qaratilgan. Konstitusiya insonni eng qata boylik sifatida aloxida ko’rsatgani xolda fuqaro, jamiyat va davlat urtasidagi o’zaro munosabatlarning okilona, huquqiy xal etishni siyosiy jixatdan rasmiylashtiradi. Konstitusiya va qonunlarning ustunligi, ularning inson manfaatlarini himoya kilishga va ijtimoiy munoasbatlarni makbo’l xolga keltirishga yunaltirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirishning asosiy omillaridir.

    Fuqarolik jamiyatida qonun ustuvor bo’lib, uning huquq va erkinliklari tulik ruyobga chiqarishga kumaklashadi. Ayni vaktda bu barcha odamlar qonunlarga so’zsiz rioya kilishlari shart eqanliklarini xam bildiradi.

    O’zbekiston fuqarolari Konstitusiyada ko’rsatilgan huquqlardan foydalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora faol ishtirok etmokdalar.

    O’zbekiston Respubliqasi Prezidenti I.A.Karimovning takidlashicha, «o’tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda O’zbekiston axolisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etish lozim bo’lgan keng tarmokli, kuppartiyaviy tizim qabi demakratik institutlar xamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi xam qatta axamiyat qasb etmokda.

    Shu jixatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiyalar va jamoatchilik haraqatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlanishini sekinlashtirib kuyadigan har qanday goya va tusiklarni bartaraf etishdan iboratdir»1.

    Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish, ruyobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi.

    Fuqarolik jamiyatining ichki tuzilishini quyidagicha tasniflash mumkin.

    Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar:

    a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlar:

    b) shirqat xujaliklari va ularning uyushmalari;

    v) ijara asosida ishlovchi jamoalar;

    g) xissadorlik jamiyatlari;

    d) moliyaviy jamgarma xamda uyushmalar;

    ye) ishlab chiqarish korporasiya, konsern va birlashmalari;

    j) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va xoqazo.



    Ijtimoiy soxadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:
    , a) oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;

    b) ta’lim-tarbiya muassasalarida (maktab, urta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;

    v) jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;

    g) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari;

    d) mustaqil ommaviy axborot vositalari;

    ye) diniy tashkilotlar;

    j) milliy-madaniy marqazlar;

    z) kungilli jamiyatlar;

    i) jamoatchilik fikrini aniqlash va urganish institutlari;

    y) turli ijtimoiy ziddiyatlarni adolatli xal etuvchi tuzilmalar va hoqazo.



    Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar:

    a) huquqiy davlatning mavjudligi;

    b) siyosiy partiyalar;

    v) ijtimoiy-siyosiy partiyalar;

    g) siyosiy muxolifatning mavjudligi;

    d) inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hoqazo.

    Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo’lib, u eng asosiy tarkibiy tuzilmalarni ifodalaydi. Albatta, fuqarolik jamiyati o’zining rang-barangligi, turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Unda turfa kurinishdagi ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko’rsatishi mumkin1.

    1.2 O’zbekiston Prezidenti I.Karimov fuqarolik jamiyati haqida

    O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir islohotlarni rivojlangan demokratik mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar tajribasidagi demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhum ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlvrdan o’tganligi, balki o’zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tadbiq etila boshlandi.

    O’zbekiston Respubliqasi Prezidenti 2002 yil 29 avgustda Oliy Majlisning tuqqizinchi sessiyasida «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqaralik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yunalishlari» mavzusida alohida ma’ruza qildi. Mazkur ma’ruza dasturiy ahamyatga molik bo’lib, unda mamlaqatimizda demokratik fuqarolik jamiyati bapo etishning yettita ustuvor yunalishi belgilab berildi:

    Birinchi ustuvor yunilish- eng muhum maqsad tengsiz oliy nemat-mustaqillikni bundan buyon ham asrvb-avaylash, himoya qilish va mustahqamlash bo’lib qolaveradi. Mustaqillik biz uchun, avvalo, o’z taqdirimizga o’zimiz ugalik qilish huquqi, kelajagimizni o’z qulimiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yulida foydalanish demakdir.

    Ikkinchi ustuvor yunalish- mamlaqatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning yaxlitligini, sarxadlarimiz dahilsizligini, xalqning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash.

    Uchunchi ustuvor yunalish bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli boz1or infra tuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro mutanosib, mustahqam iqtisodiyotningmuhim sharti bo’lgan erkin iqtisodiyot prinsiplarini joriy etishdan iborat.

    To’rtinchi ustuvor yunalish inson huquqlari va erkinliklarini, so’z va matbuot erkinligini, shuningdek oshkoralikni, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik prinsiplarni amaliy hayotga joriy qilishdan iborat.

    Beshinchi ustuvor yunalish- fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhum sharti sifatida jamiyat hayotida nodavlat va jamot tashkilotlarining mavqyei va ahamyatini qaskin kuchaytirish.

    Oltinchi ustuvor yunalish- sud-huquq sohasini isloh qilish buyicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirish. Bu sohada eng muhum vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini amalda ta’minlashdir.

    Yettinchi ustuvor yunalish barcha islohotlarning privord natijasi inson manfaatlariga buysidirilganligi, ularga baho berishning asosiy omili va mezoni inson eqanligi.

    Inson ehtiyojlari nafaqat iqtisodiy soha bilan, balki ma’naviy qadriyatlar bilan ham bo-liqdir. Shu bois fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhum tarkibiy qismima’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam akmol toptirish borasida o’zliksiz ish olib borishdan iborat. Ushbu faoliyatning marqazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat qabi o’lmas qadriyatlar turmogi kerak, deb takidladi Prezident.

    Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhum bo’lgan demokratik qadriyatlarni Prezident I.A. Karimov quyidagicha baholagan edi: “Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o’z xohish irodasini erkin bildirish hamda uni amalga oshirish, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi , davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”. 1 Shu bilan birga, Prezident I.A. Karimovning qarashicha, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir mamlakat milliy qadriyatlari, xalqning milliy mentaliteti va milliy an’analarini o’zida ifodalashi zarur. Bu shuning uchun ham zarurki, fuqarolik jamiyati barpo etishda har bir xalq o’z manfaatlarini ifoda etilishini ham anglashi lozim. Bu kabi holatga ega bo’lish uchun milliylik yangi jamiyat mzmuni va shaklu shamoyili bilan uyg’inlashishi lozim. O’zbekistonda esa boshqa mamlakatlarga nisbatan adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarga boyligi bilan ajralib turadi.

    Shuningdek, mamlakatda yangi jamiyat qurish islohotlari inqilobiy yo’lni ham qabo’l qilmaydi. Chunki, bu yo’l o’zining vayronagarchiligi, millionlab aholining ijtimoiy ahvoli pasayib ketishi, jamiyatni qutblashgan tomonlarga bo’linib ketishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining O’zbekiston mamlakati uchun o’ziga hos quyidagi jihati ilgari surildi: “Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya’ni, sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyasi noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G’arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi...”.1

    Shu bilan birga, Prezidentimizning O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir nazariy qarashlari rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan demokratik tamoyillar asosidagi tajribalarga hamohang tarzda rivojlandi. U fuqarolik jamiyatining asosini o’zini o’zi boshqarish organlarini o’ziga munosib vakolatlar bilan ta’minlashda, deb bildi.

    Shuningdek, Prezident I.A.Karimov O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining yashashini ta’minlaydigan asosiy shart-sharoitlardan biri, bu-davlat hokimyati vakolatlarini chegaralash, fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatda o’zini o’zi boshqarish uchun qanchalik zarur bo’lsa, shunchalik yetarli vakolatlar berish ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining yashash qobilyati fuqarolarning siyosiy jarayonlarda nechog’lik ishtirok etishlari bilan uzviy bog’liq ekanligini ham chuqur anglab yetgan edi.

    Prezident I.A.Karimov davlat vakolatlarini jamiyat institutlariga berish asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida quyidagi vazifani qo’ydi: “Ammo haqiqiy milliy ravnaqqa biz faqat davlat hokimiyati vazifalarini qat’iy va mukammal belgilab va shu bilan birga cheklab qo’yilgan fuqarolik jamiyati sharoitidagini erishmog’imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh vazifasini taraqqiyot strategiyasini aniq belgilash va uni hayotga joriy etish uchun qattiq nazorat olib borishdan iborat bo’ladi... Ana shunday davlat va jamiyatni qurish, haqiqiy demokratik qadriyatlarni vujudga keltirish - bizning bosh konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir”.1

    Mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va iaraqqiyot kafolatlari” asarida o’z takomiliga yetganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O’zbekiston mamlakati shart-sharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. Shuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari “shaxs-jamiyat-davlat” o’zaro uyg’unligi asosida tahlil etiladi. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatning rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan farovon bo’lishi hamda barqarorligi uchun ma’sulligini oshirib borish zarurligi asoslangan.

    Shuningdek, asarda fuqarolik jamiyatini inson erkinligi va huquqlarining eng asosiy himoyachisi ekanligiga ham muhim e’tibor beriladi. Asarda quyidagi fikrlar fuqarolik jamiyatining yangi qirralarini ochib beradi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo’lib, u insonning o’zini-o’zi kamol toptirishga moneylik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi.Ya’ni, erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shu barobarida barcha odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”.1

    Shu o’rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyati kamsitmagan holda shuni ham aytish joizki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milli mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarni cheklab quyadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmun va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yo’nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat-ul-Banotning milliy tarbiya an’analari haqidagi ushbu fikrlarida ham chuqur ma’no bor. “Ota-onalar qo’lida bolalar aziz omonatlaridir. Shuning uchun ham ularni go’zal tarbiya etmoq, yaxshi xulqlarga o’rgatmoq va ko’rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.

    Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin2. tarbiyalangan kishilar dil amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bunday fazilatlilarni shakllantirish birinchi navbatda oilada ota-onaga hamda qolaversa tarbiyachilarga bog’liqdir.

    Shaxs ma’naviyatini, uning dunyoqarashi, insonning tasavvuvr va e’tiqodiga aloqador ko’nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda oila,-haqiqiy ma’naviyat o’chog’i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga mos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.

    “Yurtimizda har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I.A. Karimov – Vatan tushunchasi, avvalo, oilada boshlanadi. Shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Oilaning jamiyatdagi o’rni, tarbiyaviy-ahloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai-nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz”3.

    Binobarin jamiyat faqat o’z shaxsiy manfaatini ko’zlaydigan odamlar yig’indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamoa bo’lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo’ladi. Bu ayniqsa hozirgi o’tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo’lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O’zining vatan deb atalmish ulug’ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg’usi o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, balki muttasil va izchil g’oyaviy tarbiya samarasi o’laroq, yuzaga keladi1. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan ahloqiy tarbiyaning g’oyat hilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o’rtasida hamjixatlik, totuvlik, o’zaro yordam xislarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi.Diqqat qilinsa, ta’limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mazmun-mohiyatining aynan milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasidagi asosiy tamoyillari bilan uyg’unligini anglab olish qiyin emas.

    Kadrlar tayyorlash milliy modelida belgilangan maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs – komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotiga tomomila boshqacha yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.

    Ikkinchidan, milliy model tadbiqi kishining jamiyatda o’z o’rnini topish jarayonini tezlashtiradi.

    “Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, - deb ko’rsatgan edi I.A. Karimov, - insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatdan munosib o’rnini topishi kerak...2”.

    Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib kelmoqda. Bunday shaxslarningko’payishi jamiyatda ongli hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi.

    Odamlar olomon bo’lib yashashdan bosh tortadilar har bir kishi o’z aqli, o’z mehnati, o’z xulosasi bilan yashash boshlaydi eng muhimi bunday kishilarga chetdan xech qanday nopok kuch, buzuq g’oyalar, quruq ishoralar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo’lmaydi. Bunday odamlarni o’z tanlagan yo’llari, maqsadlaridan xech qanday kuch toydira olmaydi. Yuksak g’oyalar odamarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G’oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko’rsata oladi1.

    Prezidentimiz I.A.Karimov yozganidek, “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimiz bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”2.

    Fuqarolik jamiyatida shaxsning o’rni masalasi azaldan turli olim va mutafakkirlar tomonidan o’z davridan uzoqlashgan holda doimo optimal fikr va xulosalarni yozib qoldirishgan. Xususan, bizning buyuk ajdodlarimizdan ham ko’pchiligi bu boradagi qimmatli fikr va mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligin ular qoldirgan asarlardan o’rganishimiz mumkin bo’ladi. Shu o’rinda ulardan eng ulug’ vatandoshlarimiz, Abu Nasr Farobiy va Alisher Navoiylarning ayrim fikr va munosabatlariga murojaat qilib ko’raylik.,

    Adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati unsurlarining shakllanishiga doir ulqan ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlardan eng mashxuri Abu Nasr Farobiydir (873-950 y). Uning fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, o’zining muayyan funksiyalariga ega bo’lib, go’yoki shu vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar3

    Fozillar jamiyatining adolatli bo’lishida va tabaqalar o’rtasidadagi tavofutlarning saqlanishida adolat huquqiy qategoriya vazifasini bajaradi. Ana shu jihatdan yondashganda, Farobiyning adolat g’oyasiga nisbatan ishlatgan ta’riflari Platon talqinlariga yaqindir.

    Farobiy orzu qilgan fozil va adolatli jamoaning johil jamoalardan farqi shundaki. Unda odamlar eng go’zal va yaxshi maqsadlarga hamda umumiy manfaatlarga erishish yo’lida bir-birlariga yaqindan yordam beradilar. Ko’rinib turibdiki, Farobiy fozil jamoa qurish uchun insonlarning ma’naviy yuksalishi, fuqaroviy fazilatlarga ega bo’lishi talablarini ilgari suradi.

    Farobiy jamiyat (“ inson jamoasi ”) ning kelib chiqishi xaqida shunday deb yozgan: “Har bir inson o’z tabiatiga ko’ra shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikqa erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtojlik sezadi, uning bir o’zi esa bunday narsalarni qo’lga kirita olmay-

    di. Shu bois ularga ega bo’lishda kishilik jamoasiga ehtiyoj tug’iladi…. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan. Kishilarni bir-biriga yetqazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’b kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikqa erishuvi mumkin”

    Farobiy insoning o’zini “ siyosiy mavjudot” sifatidagi o’rniga quyidagi ta’rifni bergan edi: “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos “insoniylik” dir. Shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari tufayli o’zaro tinchlik yashomoqlari lozim”.

    Farobiy X asrning boshlaridayoq adolatli fuqarolik jamiyatning sodda va oddiy modeli loyixasini quyidagicha ta’riflagan : “ Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlaqat) shunday bo’ladiki, shu mamlaqatning aholisidan bo’lgan har bir odam qasb-xunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan qasb-hunar bilan shug’ulladi. Biri ikkichiga xo’jayin bo’lmaydi. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya’ni, podshox) bo’lmaydi. Ular orasidagi turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo’ladi”1.

    Kurinib turibdiki, mutafakkir ilgari surgan “madaniy jamiyat”ning asosiy belgisi fukoralik jamiyatining eng asosiy unsurlaridan biri-inson erkinligi bo’lganligi bilan xam axamiyatlidir.Shu bilan birga,”madaniy jamiyat” va “madaniy shahar”(bunda “shahar” davlat manosida ishlatilmokda-K.M.) xalkining erkin ravishda o’zlari xoxlagan qasb-xunar bilan shug’ullana olish huquqlariga ega bo’lishi fuqoralik jamiyatining muhim unsurlaridan biridir.

    Ma’lumki, fukoralik jamiyatining muxim institutlaridan biri- fukoarolarning erkinlik huquqi asosida o’tqaziladigan saylovlardir. Saylovlar davrida fukoralar o’z xoxish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini ruyobga chiqarish va muxofaza kilishda xakikiy shart-sharoit, huquqiy zaminga ega bo’ladilar. Bu qabi jamiyatda inson huquqlari va erkinliklari har tomonlama himoya kilinadi. Hozirgi davr vakillik demokratiyasining ana shu muxim unsuri xam Forabiy etiboridan chetda kolmagan. Mutafakkir shunday deb yozgan: ”Ularning o’zlaridan saylangan raxbar yoki boshqalar hokimi mutloq bo’lmaydi. Ular odamlar ichida ko’tarilgan, sinalgan, eng oliyjanob, raxbarlikqa loyik kishilar bo’ladilar. Shuning uchun bunday raxbarlar o’z saylovchilarini to’la ozodlikqa chiqaradilar, ularni tashki dushmandan muxofaza kiladilar. Bunday raxbarlar xammaga barobar munosabatda bo’ladilar, hatto xammaning manfaatini o’zlarining manfaatlaridan ortiq ko’radilar, umumning manfaati uchun o’zlaridagi kuch-g’ayrat va boyliklarni ayamaydilar”1

    Forobiy ijtimoiy-siyosiy talimotining eng muxim kismi jamiyat, uning tarkibiy tuzilishi, paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy sabablari xamda shart-sharoitlari, shuningdek amal kilishning ijtimoiy-huquqlari meyorlarini tatkik kilishga bagishlangan. Farobiyning adolatli fozil jamiyat xakidagi talimoti uning falsafiy va siyosiy qarashlari bilan uzviy boglik bo’lib, bu uziga xos jixatlari shundaki u jamiyat, davlatchilik va huquqiy masalarining yechimlarini topishda muxim urin tutadi, bu soxaga doir ilmiy tatkikotlar uchun umumiy uslubiytamillar vazifasini bajaradi.

    Forobiy uz dvridagi turli mamlaqatlar hayotiy faolyatiga,ularning boshqaruv usullariga baxo berar eqan, u uz tasavuridagi muqammal jamiyat va davlatning oliy maksadi-insonlarning tom ma’noda baxt-saodatga erishuvi yulidagi maksadlaridan kelib chiqadi. Albatta xozirgi davrda davlat va jamiyat bosh maksadi-xalk farovonligi e’tibor bersak, bu masalini xal kilish yuli bundan salqam ming yil ilgari mutafakkir tomonidan kashf etilganligiga guvoh bo’lamiz.

    Yukoridagi taxlillar umumlashtirilganida, Abu Nasr Forobiy fozil jamiyatga doir ta’limotining asosiy yunalishi komil insonni shakllantirishga, insonning ma’naviyatli va axlokli bo’lishiga yugrilganliganik sezilib turadi. Shuningdek, u fozil va adolatli jamiyat kurish uchun xukumdor va davlat mansabdorlarining ma’naviy dunyosi yuksak bo’lishi lozimligini o’z nazariy izlanishlarida har tomonlama isbotlab bergan1.

    Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501 yy.) o’z asarlarida fozil jamiyat kurishga doir boy ilmiy meros koldirdi. Alisher Navoiy xam fozil jamiyat tashkil jtish uchun adolatli xukumdor, ya’ni «a’hli ma’niga» mansub bo’lgan xukmdorlarni ulug’laydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan nohaqliklar, adolatsizliklarni esa qoralaydi.

    Xakikiy insoniy fazilatlar-adolat, mexru muruvat, mexnatsevarlik, to’g’risuzlik, vatanparvarlik, xalollik, insonparvarlik, qaxramonlik qabi fazilatlarning ijobiy jixatlarini keng va chukur ochib beradi.

    Alisher Novoiyning qarashicha, adolatli jamiyatni yuksak fazilatli, ma’naviyatli insonlargina barpo etishlari mumkin. Shuning uchun xam mutafakkir inson ma’viyatini yuksaltirish asosida fozil jamiyat kurish g’oyalarini ilgari suradi. U insoniyatni ikkiga -«axli ma’ni» va «axli surat» ga bo’lib, ularning har birini chukur tariflab beradi.

    «Axli suvrat»-bu toifaga mansub kishilar insoniy munosabatlarning faqat shakli shamoiliga muxim e’tibor beradilar. Ularga viqorli bo’lish, kibrlanish, zeb-ziynatga berilish, o’zgalarga zulm o’tqazishdan huzurlanish mansubdir. «Suvrat axli» uchun dunyoni qalban anglash, ezgulik xis-tuygulari butunlay yotdir. Ular insoniy munosabatlarining faqat tashki ko’rinishlarini tan oladilar, mohiyat va mazmunga kirib bora olmaydilar. Ularning asoasiy xususiyatlaridan biri taqlidchilikdir. Bu toifadagi kishilar kuchlilar oldida qul, ojizlar uchun zulmkor. Ular maslaksizliklari tufayli faqat bugungi kun huzr-halovati bilan yashaydilar, bu bilan u dunyolarni kuydiradilar. «Suvrat axli» diniy amallarni xam faqat qurquv va u dunyodagi moddiy lazzatlanish ilinjida bajaradilar. Bunday insonlar faqat johil jamiyatni xush ko’radilar1.

    «Axli ma’ni» -yuksak tafakkur sohiblaridir. Ularning ma’niligi shundaki, bu toifa insonlar uchun aql-idrokli bo’lish turli munosabatlarning mohiyat va mazmunini anglash xosdir. Bu qabi insonlar o’z extiyoj va manfaatlarini o’zgalarniki bilan uygunlashgan xolda idrok qiladilar. Jamiyat va xalk uchun xizmat kilish va yashashdan lazzatlanadilar. Ular har bir xati-haraqat va vokeylikning oqibatini o’ylab ish tutadilar, bu dunyoning kisqa va o’tkinchi eqanligini chukur his kiladilar. «Axli ma’ni» Yaratganning ato etgan tafakkurlash fazilati vositasida dunyoni anglashga, bu yulda ilm-fanni egallashga va ma’rifatli bo’lishga intiladilar. Ularning bosh maksadi Yaratganga yetishish. Bu toifaga mansub bo’lish uchun inson erkin, dovyurak, xaqiqatparvar, burch va mas’ulyatni xis etuvchi, qamtar, kuch va tayzik ishlatishdan holi, xalk va din uchun fidoya, iymonli, hayoli, o’zga inson uchun xamdard, har qanday zulmga qarshi boriladigan, adolat oldida har qanday boylik, izzat-nafs va manfaatlardan voz kecha oladigan, o’z fikriga ega bo’lishi lozim.

    Ko’rinib turibdiki, «Axli ma’ni »ga mansub bo’lish, ya’ni yuksak ma’naviyat soxibi bo’lish insonning eng oliy orzusidir. Alisher Navoiyning bu talkinini anglagach, chukur xis etgan har bir kishi uchun ma’naviyat - bu inson mazmuni va mohiyatini tashkil yetuvchi hodisadir. Dunyodagi insoniyatning jamiyat sifatida yashab turishini ta’minlovchi qudratli tutqilar xam, insoniy rivojlanish yoki umuman sivilizasiyaga erishuv, uni barkoror ushlab turivuchi va yanada takomilashtirivchi beqiyos va hadsiz kuch xam ma’naviyatdir2. Demak mana shunday shaxslarning kamol topishi fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun eng muhim omillardan biri ekanligini, shuningdek, bunday insonlarni tarbiyalash va kamol toptirishga har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz zarur.



    Yüklə 265,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə