Foydalanilgan adabiyotlar


Kurs ishning maqsadi va vazifalari



Yüklə 270,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.03.2023
ölçüsü270,97 Kb.
#102358
1   2
1Davlat byudjetining ijrosi omillari va samaradorligini oshirish

Kurs ishning maqsadi va vazifalari. 
Ishning maqsadi iqtisodiy islohatlar 
sharoitida davlat soliq siyosatining barqarorligini ta’minlash va davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirishning amaldagi holatini nazariy jihatdan o’rganish, 
mavjud muammolarni aniqlash va Respublikamizda iqtisodiy islohatlar va tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirilishida mamlakatimizda mavjud an’analarnihisobga 
olgan holda uni takomillashtirish bo’yicha aniq taklif va mulohazalar berishdan 
iboratdir.
Yuqoridagi maqsadlarga asoslangan holda kurs ish oldiga quyidagi vazifalar 
qo’yildi.

davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy 
mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganish;

davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli 
va ahamiyatini yoritish;

byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini 
baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlash;

soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganish;

byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini 
baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berish.
Kurs ishning ob’ekti 
sifatida O’zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjetining ijrosi:omillari va samaradorligini oshirish tizimida olib borilayotgan 
siyosati strategiyasi va taktikasi, shuningdek unga ta’sir etuvchi omillar.
 
 
 



1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati. 
Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyatini 
yoritishda uning: 
- iqtisodiy kategoriya sifatida; 
- moddiy tushuncha sifatida; 
- huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan (1- 
rasm) 
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy
shaxslar o’rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol 
qismi bo’lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta 
taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo’lib, ular 
natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa, davlat boshqaruvi va 
boshqa davlat ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan pul fondi bo’lgan 
davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. 
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli 
darajadagi mahalliy hokimiyatlar faoliyatini ta‘minlovchi, ular oldidagi siyosiy, 
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
va 
ekologik 
vazifalarni 
bajarishga 
mo’ljallangan 
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy 
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan 
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, 
taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko’zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik 
xujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili
2
uchun tuziladi, 
ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
2
O‘zbekiston Respublikasida moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning 
an‘analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga muvofiq, byudjet yili kalendar yiliga mos 
kelmasligi mumkin 



1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyati
3
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo 
bо‘lgan bо‘lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida 
davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy 
tuzumiga tyegishli bо‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari 
davlat faoliyatining va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini 
belgilab (aniqlab) beradi.
Hozirgi 
sharoitda 
Davlat 
byudjeti 
ijtimoiy 
(ishlab 
chiqarish) 
munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda 
yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini 
tо‘plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni 
saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) 
rivojlanishiga yо‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumyenti 
(vositasi)dir.
3
Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 
102-bet. 

Yüklə 270,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə