Fizika matematika fakul’teti



Yüklə 338 Kb.
səhifə1/4
tarix25.07.2023
ölçüsü338 Kb.
#119929
  1   2   3   4
HFX Oqava suvlar kurs ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

MUNDARIJA

KIRISH


ASOSIY QISM


  1. BOB KORXONALARNING SUV TA’MINOTI LOYIHASI


1.1 SUV TA'MINOTI VA KANALIZATSIYA LOYIHALASH. DIZAYN QOIDALARI

1.2. SUV BOSIMI VA UNING QIYMATI


1.3. SUV TAʼMINOTINING UMUMIY SXEMASI

II- bob OQOVA SUVLARNI OQIZISH TIZIMLARI VA CHIZMALARI


2.l-§ . Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari
2.2-§. Oqova suvning umumiy chizmasi va uning asosiy elementlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH

Suv ta’minoti va oqova suv sohasi shahar xo‘jaligida muhim o'ringa ega. Shahar aholisini sifatli va zarur miqdorda suv bilan ta’minlash, shaharda hosil bo‘ladigan oqova suvlarni oqizish va ularni qaytadan suv havzalariga chiqarishdan oldin, tozalash inshootlarida talab qilingan darajada tozalash sanitariya-gigiyenik jihatdan ahamiyatga molikdir. Ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suvlarni oqizish va tozalash aholining turmush darajasini yaxshilash bilan birga suv orqali o‘tadigan turli kasalliklarning oldini ham oladi. Issiq iqlim sharoitida inson hayoti va faoliyati uchun suv alohida salmoqli o‘rin egallaydi. 0 ‘rta Osiyoda qadim zamonlardan buyon suv eng katta boylik b o iib kelgan, uni e’zozlashgan va tejashgan. 0 ‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, qadimgi shaharlar aholisi suvni ariqlardan yoki suv yig‘ish va tindirish uchun mo‘ljallangan maxsus moslama - hovuzlardan olishgan. Tabiiy manbalardan suv olish, uni tozalash, zararsizlantirish, tashish hamda aholi, sanoat korxonalari va boshqalarga uzatishni ta’minlovchi muhandislik inshootlari hamda qurilmalari majmuyini qurish bilan aholini kerakli miqdorda va bosimda sifatli ichimlik-xo‘jalik suvi bilan ta’minlash mumkin. Shuningdek, oqova suvlarni zararsizlantirish hamda suv havzalari ifloslanishining oldini olish uchun maishiy-xo‘jalik va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar maxsus inshootlarda tozalanib, yana suv havzalariga oqiziladi. Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan suv havzal'arining sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shaharlarning kengayishi, aholi sonining ortishi hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojianishi suv havzalaridagi oqova suvlar ifloslanishining birdan bir omilidir. Oqova suvlarni ko‘p miqdorda suv havzalariga tushirish bilan birga ularning tozaligini saqlab qolish xalq xo‘jaligidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham oqova suvlarni tozalash usulini to‘g‘ri tanlash bilan suv havzalariga tushiriladigan suvlarning sanitariya me’yorlariga to‘la muvofiq kelishini ta’minlash mumkin. Oqova suvlar tarkibida turli chiqindi moddalar bo'ladi. Ularning tarkibidagi organik chiqindi moddalar turli kasalliklar chaqiruvchi bakteriyalar rivojianishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bois oqova suvlarni tozalashda suv tarkibidagi chiqindi moddalarni, ayniqsa, organik moddalarni suvdan ajratib olish va zararsizlantirish muhim vazifalardan biridir. Oqova suvlar mexanik, fizik-kimyoviy va biologik usullarda tozalanadi Oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalarni yo‘qotish uchun ular zararsizlantiriladi. Mexanik tozalash usuli orqali oqova suv tarkibidagi chirimagan chiqindi moddalari suzisn, tindirish va filtrlash yo‘li bilan ajratib olinadi. Kimyoviy tozalash usuli oqova suvga kimyoviy reagentlarni qo‘shishdan iborat bo'lib, bu reagentlar oqova suv tarkibidagi erimagan kolloidli va erigan modda zarrachalarining cho‘kishiga imkon yaratadi. Biologik tozalash usuli oqova suv tarkibidagi mikroorganizmlarning yashash sharoitiga asoslangan bo‘lib, bu organizmlar oqova suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash va qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Oqova suvlarni tozalash jarayonida tutilgan chiqindilar maxsus inshootlarda achitilib, ular quritiladi va zararsizlantiriladi.




  1. BOB KORXONALARNING SUV TA’MINOTI LOYIHASI



Yüklə 338 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə