Fermentlarning umumiy xususiyatlari



Yüklə 196,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü196,25 Kb.
#135312
1   2
Fermentlar

Turlari
Xususiyatlari
Oksireduktazalar 
Vodrodning atom va elektronlarini olib o'tib, 
o'zining ozuqa muhitini oksidlanishini 
katalizatsiya qiladi 
Transferazalar 
Kimyoviy guruhlarni bir moddadan boshqasiga 
o'tkazishda ishtirok etadi 


Gidrolazlar 
Yirik molekulalarga suv molekulalarini 
qo'shib,maydaroq molekulalarga parchalaydi. 
Liazlar 
Molekulali bog'lanishlarni gidroliz jarayonisiz 
parchalanishini katalizatsiyalashtiradi 
Izomerazlar 
Molekuladagi atomlarning o'rin almashtirishini 
aktivlashtiradi 
Ligazlar 
(sintetazalar) 
ATF quvvatini ishlatib, uglerod atomlari bilan 
bog'lanishlarni hosil qiladi. 
Tirik organizmdagi barcha fermentlar ichki- va tashqihujayralilarga bo'linadi. 
Ichkihujayralilarga,misol uchun,qon bilan kelib tushadigan,turli xil moddalarni 
zararsizlantirishda ishtirok etadigan,jigar fermentlari kiradi.Ular organga shikast 
yetganda qon tarkibida aniqlanadi,va bu o'z o'rnida uning kasalliklarini aniqlashda 
yordam beradi. 
Ichki organlarning shikastlanganligini belgilab beruvchi,ichkihujayrali fermentlar: 

jigar-alaninaminotransefraza, aspartataminotransferaza, gamma-
glyutamiltranspeptidaza, sorbitdegidrogenaza; 

buyrak - ishqorli fosfataza; 

prostata bezi - nordon fosfataza 

yurak mushagi - laktatdegidrogenaza 
Tashqihujayrali fermentlar bezlar tomonidan tashqi muhitga ajralib 
chiqadi.Ularning asosiylari so'lak bezlari,oshqozon devorlari, oshqozonosti 
bezi,ichak hujayralaridan ajraladi va hazm qilishda faol ishtirok etadi 
Hazm qilish fermentlari 
Hazm qilish fermentlari- bu ovqat tarkibiga kiruvchi yirik molekulalarning 
parchalanishini tezlashtiruvchi,oqsillardir.Ular bu molekulalarni o'zlashtirilishi 
yaxshi bo'lishi uchun, kichikroq bo'laklarga bo'ladi.Hazm qilish fermentlarining 
asosiy turlari- proteazalar,lipazalar,amilazalar. 


Asosiy hazm qiluvchi bez-oshqozonosti bezidir. U DNK va RNK ni 
parchalaydigan,ko'pgina fermentlar, hamda nukleazalarni va erkin 
aminokislotalarni hosil qilishda ishtirok etadigan,peptidazlarni ajratib 
chiqaradi.Hosil bo'ladigan fermentlarning oz miqdori ham,katta oziq hajmiga 
«ishlov» bera oladi. 
Ozuqaviy moddalarning fermentativ parchalanishi natijasida,hayot faoliyati va 
moddalar almashinuvi jarayonlariga sarflanadigan quvvat ajralib chiqadi. 
Fermentlarning ishtirokisiz,bu jarayonlar juda sekin o'tardi va organizmni yetarli 
quvvat bilan ta'minlay olmasdi. 
Bundan tashqari,fermentlarning hazm qilish jarayonidagi ishtiroki,molekulalarni 
ichak devorlarining hujayralaridan o'tib,qonga singib ketishiga imkon beruvchi 
darajagacha parchalanishini ta'minlaydi. 
Amilaza 
Amilaza so'lak bezlaridan ajralib chiqadi. U ozuqaning uzun glyukozali zanjirdan 
tarkib topgan, kraxmaliga ta'sir ko'rsatadi.Bu fermentning ta'siri natijasida,ikkita 
o'zaro bog'liq glyukozali molekulalar,ya'ni fruktoza, va boshqa kaltazanjirli 
uglevodlardan tarkib topgan yuzalar paydo bo'ladi.Keyinchalik ular ichakdagi 
glyukozagacha o'zgaradi va qonga so'rilib ketadi. 
So'lak bezlari kraxmalning faqat bir qismini parchalaydi.So'lak amilazasi qisqa 
vaqt ichida, ovqat chaynalyotgan paytda,faoldir.Oshqozonga tushgandan keyin 
ferment uning nordon suyqligi bilan faolsizlashtiriladi.Kraxmalning ko'p qismi 12-
barmoqli ichakda,oshqozonosti bezi tomonidan ajratiladigan,oshqozonosti 
amilazasi ta'sirida parchalanadi. 
 
2-rasm - Amilaza kraxmalni parchalashni boshlayapti
Oshqozonosti amilazasi ta'sirida paydo bo'lgan, qisqa uglevodlar,ingichka ichakka 
kelib tushadi. Bu yerda ular maltazalaktaza, saxarazadekstrinazalar yordamida 
glyukoza molekulasigacha parchalanadi.Ferment ta'sirida parchalanmaydigan 
to'qimalar ichakdan axlat bilan chiqib ketadi. 
Proteazalar 


Oqsil va proteinlar-odam ozuqasining asosiy qismlaridan biridir.Ularni parchalash 
uchun ferment - proteazalar zarur. Ular sintezlanish joyi, muhiti va boshqa 
xususiyatlari bilan farqlanadi. Ulardan bir xillari oshqozonda faol, masalan, pepsin. 
Boshqalari oshqozonosti bezi tomonidan ajratib chiqariladi va ichak oralig'ida faol. 
Bezning o'zida fermentning nofaol shakli - ximotripsinogen ajralib chiqadi va u 
faqatgina ozuqa tarkibidagi nordon moddalar bilan aralashib, ximotripisinga 
aylanganda ta'sir qila boshlaydi. Bunday tartib, oshqozonosti bezi proteaza 
hujayralari tufayli o'zini shikastlashini oldini olishga yordam beradi. 
 
3-rasm - Oqsillarning fermentativ parchalanishi
Proteazalar ozuqaviy oqsillarni maydaroq bo'laklar-polipeptidlarga parchalaydi. 
Ferment-peptidazlar ularni ichakda o'zlashtirilib ketadigan, aminokislotalargacha 
parchalaydi. 
Lipazalar 
Ozuqaviy yog'lar,oshqozonosti bezidan ajralib chiqadigan fermentlar-lipazalar 
tomonidan parchalanadi. Ular yog' molekulalarini,yog' kislotalari va glitseringa 
parchalaydi. Bunday ta'sirlanish uchun,12-barmoqli ichakda,jigarda hosil 
bo'ladigan o't mavjud bo'lishi kerak. 


 
4-rasm - Yog’larning fermentativ gidrolizi
«Mikrazim» preparati bilan o'rnini bosuvchi davolashning ahamiyati 
Hazm qilish tizimi buzilgan ko'pchilik odamlar uchun, hammasidan oldin 
oshqozonosti kasalliklari holatida,fermentlarning tayinlanishi organning funksional 
qo'llab-quvvatlanishini ta'minlaydi va sog'ayish jarayonini tezlashtiradi. 
Oshqozonosti bezining yallig'lanishi yoki boshqa o'tkir holatni to'xtatgandan keyin 
fermentlarni qabul qilishni to'xtatish mumkin, chunki organizm ularning ishlab 
chiqarish faoliyatini o'zi tiklab oladi. 
Fermentlarni, faqat oshqozonosti bezining tashqi ishlab chiqarishining og'ir 
yetishmovchiligida uzoq muddat qabul qilish kerak bo'ladi. 
Tarkibi bo'yicha eng fiziologik preparatlardan biri «Mikrazim» dir. Uning tarkibida 
oshqozonosti suyuqligi tarkibidagi:amilaza, proteaza, lipazalar mavjud. Shuning 
uchun, bu organning turli xil kasalliklarida ishlatiladigan fermentlarni, alohida 
tanlab olishning hojati yo'q. 
Bu dorini qo’llash uchun ko’rsatmalar: 

oshqozonosti bezining surunkali yallig'lanishi, mukovisidoz va oshqozonosti bezi 
fermentining yetarlicha ishlab chiqarilmasligining boshqa sabablari; 

oshqozon, ichak, jigarning yallig'lanish kasalliklari,ayniqsa ular operatsiya 
bo'lgandan keyin,hazm qilish tizimining tezroq tiklanishi uchun; 

oziqlanishdagi xatoliklar; 



chaynash vazifasining buzilishi, masalan, stomatologik kasalliklar yoki bemorning 
kam harakatligidan. 
O'rin bosuvchi maqsadli, hazm qilish fermentlarini qabul qilish,qorin dam 
bo'lishi,suyuq ich kelishi va qorin og'rishining oldini olishda yordam beradi. 
Bundan tashqari, oshqozonosti bezining og'ir, surunkali kasal bo'lgan holatlarda, 
Mikrazim ozuqalarni parchalash vazifasini butunlay o'ziga oladi. Shu sababli,ular 
hech qanday to'siqsiz ichakda o'zlashtiriladi. Bu ayniqsa, mukovisidoz bilan 
kasallangan bolalar uchun muhimdir. 

Yüklə 196,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə