Fe`l deyiladi. Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe`l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi



Yüklə 6,93 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,93 Kb.
#167158
16-mavzu. Fe\'l


Dars mavzusi:
Fe’l – so’z turkumi
Fan nomi: Boshlang’ich sinflarda o’zbek tili va uni o’qitish metodikasi
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe`l deyiladi.
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe`l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi.
Dars
rejasi
Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari.
02
O’timli va o’timsiz fe’llar.
03
Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar
04
Fe’l – so’z turkumi.
01

Fe’lning morfologik belgilari

Fe’lning morfologik belgilari


1
    • Ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe`ldagi o`timli va o`timsizlik ma`nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe`l; o`tirmoq, chiniqmoq - o`timsiz fe`l

2
    • Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe`llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma`nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe`l

3
    • Ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma`nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat

4
    • Ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma`nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli

5
    • Ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe`ldagi zamon ma`nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, o`rganmoqchiman kelasi zamon

6
    • Ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe`ldagi shaxs-son ma`nosida aks etadi. Fe`l shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar
    • Demak, fe`l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma`nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega.

Fe`l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe`llar; xursand bo`lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe`llar.
Fe`llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil qo`shimcha ma`nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib bo`ldi – tugallanganlik kabi.

Fe’lning sintaktik vazifalari


Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi
Sof fe`l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi
Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma‘naviy harkatlaridandir
Fe`lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari vazifasini ham bajarib keladi.

Fe’lning sintaktik vazifalari

O’timli va o’timsiz fe’llar

O’timli va o’timsiz fe’llar


Fe`ldagi o`timli va o`timsizlik ma`nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
Leksik-semantik usul.
Bunda fe`llar o`z leksik ma`nosiga ko`ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o`zgarishisiz (o`zak-negiz holida) o`timli yoki o`timsiz bo`ladi. Masalan: ol, och, ko`r, yoz, ich, qo`y, so`ra, ber kabilar o`timli; bor, kel, o`tir, uxla, yot, yur kabilar o`timsiz fe`llardir.
Morfologik usul. Bunda fe`l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe`l nisbatini yasaydigan qo`shimchalar o`timli va o`timsiz fe`llarni belgilab beradi.
o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe`lni o`timsiz fe`lga aylantiradi: so`radi - o`timli fe`l, so`raldi - o`timsiz fe`l; ko`rdi - o`timli fe`l, ko`rindi - o`timsiz fe`l.
orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe`lni o`timli fe`lga aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe`l, kuldirdi - o`timli fe`l; yurdi - o`timsiz fe`l, yurgizdi - o`timli fe`l; uxladi - o`timsiz fe`l, uxlatdi - o`timli fe`l.
orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe`ldan yana o`timli fe`l hosil qilinadi: esladi o`timli fe`l, eslatdi - o`timli fe`l;

Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar

Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar


Bo’lishsiz fe’llar
Fe`l negiziga –ma (bu affiks urg`u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo`shish: ko`rmadi
Fe`lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so`ng emas, yo`q
so`zlarini kiritish bilan.
Na inkor yuklamasi.
Ohang.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe`llar bo`lishli fe`l deyiladi.
RAHMAT!
Yüklə 6,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə