Farg'ona vodiysida istiqlolchilik xarakatim ularning namoyondalari mundarija


II.2.Shermuhammadbek boshchiligidagi istiqlolchi kuchlar



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə6/8
tarix29.11.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#141761
1   2   3   4   5   6   7   8
FARG\'ONA VODIYSIDA ISTIQLOLCHILIK XARAKATIM ULARNING NAMOYONDALARI

II.2.Shermuhammadbek boshchiligidagi istiqlolchi kuchlar

Shermuhammadbek boshchiligidagi istiqlolchi kuchlar umuman 1920-yil oxirlariga kelib kattagina muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritadilar. Ular Marg’ilon, Namangan, Andijon va boshqa shaharlarni qizil askarlardan qaytarib oladilar. Glende Frezer bergan ma`lumotlarga qaraganda saroydan quvilgan Amir Olimxon Shermuhammadbekka yordam so’rab murojaat ham qilgan. Shermuhammadbek katta kuch bilan Amir olimxonga ham yordam bergan. U o’z ukasi Ro’zimuhammad boshchiligida 500 askarni Buxoroga jo’natgan. O’zi esa shaxsan Amir Olimxon bilan uchrashish uchun Dushanbega borgan. 1920 yilning oxirlari, 1921-yilning boshlarida sovetlar hukumati Shermuhammadbekka qarshi juda katta kuchlarni tashlaydi. Bu kuchlarga 8-otliq brigada qo’shinlari komandiri Yu.A.Melkumov boshchilik qildi. Ushbu jangdan so’ng oqibatda Parpibek qo’rboshi boshchiligidagi vatanparvarlar Qo’qonqishloq, Omoncho’ra, Bozorqo’rg’on hududlarini tashlab chiqishga majbur bo’ldilar. Jang maydoni Jalolobod va Sizoq hududlariga ko’chirildi. Bu yerda Parpibek qo’rboshi qo’shinlari Turkiston 2-o’qchidiviziyasi bilan bo’lgan janglarda katta talofat ko’rdi, ko’plari asir olindi. Parpibek qo’rboshining o’zi bu jangda og’ir yarador bo’ladi va 1921 yil 9 aprelda vafot etadi. Bu Shermuhammadbek uchun katta yo’qotish edi. Shu 1921 yilda Xolxo’ja qo’rboshi Oloy tog’ tizmalari atrofida qor ko’chkisi oqibatida halok bo’ladi.


Albatta bunday yo’qotishlar qo’rboshilarning ba`zi bir vakillariga o’z salbiy ta`sirini ko’rsatadi. 31 yanvarda Akbarali va mahkamhoji qo’rboshilar o’zlarining 2600 askarlari bilan sovetlar tomoniga o’tib ketadilar. Shu yili Boytuman qo’rboshi ham o’z ixtiyori bilan sovetlarga taslim bo’ldi. Ammo qizil askarlarning Farg’ona guruhi qo’mondoni Zinovevning buyrug’iga asosan Boytuman qo’rboshi va uning 40 kishidan iborat yigitlari qirib tashlanadi.
G.Frezer ma`lumotlariga ko’ra 1922 yil iyunida istiqlolchilarga qarshi kurashish uchun Rossiyadan uchta polk jo’natilgani, general Budyoniy avgust oyida Rossiyadan Andijonga kelib, o’z qo’shinlarini 3 qismga bo’lib, Qo’qon, Marg’ilon va Andijonga joylashtirganini, Andijon va O’zgan o’rtasidagi ,,bosmachilar” joylashgan Gurunchmozorda Budyoniy 50 kishini qamoqqa olganini, ko’pchilik ,,Bosmachilar” Shermuhammadga qo’shilganini ta`kidlaydi.
Istiqlolchi kuchlarga ketma-ket berilgan zarbalar Shermuhammadbekning mavqeini albatta ancha zaiflashtiradi. Shu boisdan u 1921 yil sentyabrda Zinovev bilan sulh muzokaralarini boshlashga rozilik beradi. Shermuhammadbekka barcha qurollarni topshirib, so’zsiz taslim bo’lish sharti qo’yiladi. U bunday shartni qabul qilmaydi. Shundan so’ng u o’z o’rniga bosh qo’mondon qilib qirg’iz qo’rboshisi Muhiddinbekni qoldirib, Sharqiy Buxoroga yo’l oladi. Uning bundan ko’zlagan maqsadi Sharqiy Buxoro hududida Anvar Poshsho boshchiligida ozodlik harakati va istiqlolchi kuchlar bilan bog’lanish, umumiy dastur birligi asosida kelishishga erishish va Afg’onistondan yordam olish imkoniyatini izlash edi1.
Shermuhammadbek ketgach Muhitdinbek musulmon lashkarlari safida bir qator o’zgarishlar qiladi, o’ziga yoqmagan qo’mondonlarni o’zgartiradi, ularning o’rniga o’z odamlarini qo’yadi. Natijada, Shermuhammadbek katta mehnatlar evaziga tuzib shakllantirgan mujohidlar tizimida tashkiliy tarqoqlik va bosh-boshdoqlik boshlanadi. Oqibatda Muhitdinbekning o’zi ham yuqorida ta`kidlangani singari o’z yog’iga qovuriladi. 1922 yil 22-oktyabrda sovetlar Muhitdinbek qo’rboshini Oloy tog’ida bo’lgan jangda qo’lga olib otib tashlaydi2.
Shermuhammadbek Buxorodan 1922 yil mart oyida qaytib keladi. U oldingi kuchlarni yagona bir markazga birlashtira olmaydi. Aprel oyida ,,Turkiston muvaqqat hukumati”ning rahbari sifatida Samarqandda bo’lib o’tgan Turkiston musulmonlari Kongressida qatnashadi. Unda turli muzofotlardan kelgan qo’rboshilar ishtirok etadilar. Kongress qatnashchilari Rossiya hukumati oldiga bir qator shartlar bilan ultimatum qo’yadi. Unda sovetlar hukumati 2 oy ichida Turkistondan chiqib ketishlari kerakligi ta`kidlanadi. Ana shu muddat davomida Turkiston hukumati ruslardan tozalanmasa, Turkiston hukumati Moskva bilan diplomatik aloqalarni uzadi, Turkiston bilan Rossiya o’rtasidagi jang adolat qaror topguncha davom etaveradi, deyiladi1.
Qizil askarlar sovet hukumatining 1922 yil, mart oyidagi istiqlolchi kuchlar bilan muzokaralar olib bormaslik va ularni majburan zo’rlik asosida taslim qilish to’g’risidagi buyrug’iga asosan iyundan boshlab yanada dahshatli hujumini kuchaytiradilar. Shermuhammadbek 1923-yil ukasi Nurmuhammadbek bilan bir guruh mujohidlarni yoniga olib, Afg’onistonga o’tib ketishga majbur bo’ladi. U bir necha bor o’z vatanini mustamlakachilardan ozod qilish uchun harakat qiladi. Jumladan, 1924-yilda 20 ming kishilik askar bilan Qashqar orqali Farg’ona vodiysiga o’tmoqchi bo’ladi. Ikkinchi urinish 1929-yilda bo’lgan edi. O’shanda Shermuhammadbek Afg’onistondan Vaxsh daryosi orqali Sharqiy Buxoroga o’tishga intiladi. Ammo urinishlarning barchasi besamar ketadi. Shundan so’ng u taqdirga tan bergan bo’lsada, doimo qalbida vatanni ozod ko’rish tuyg’usi bilan umrining oxirigacha yashab kurashadi2.



Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə