Farg’ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi


Alohida e’tibor qaratiladi



Yüklə 95,27 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü95,27 Kb.
#157196
1   2   3   4   5   6
Katta yanvar 3-hafta Men va mening tanam

Alohida e’tibor qaratiladi: jamoada ishlash, vazifani to’g’ri tahlil qilish va bajarish.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markaz
«Irkit qiz» syujetli-rolli o’yini
Maqsad: bolalar ozodalikka, tartib va saramjonlikka, kasal bo’lmaslik uchun ehtiyot
choralarini ko’rishga, tengdoshlari orasida ozoda yurish qoidalarini targib qilishga o’rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: «Irkit qiz» taxallusi ostida qo’g’irchoq, gigienik vositalar, suv, ko’zgu, ko’ylak, yotoq jihozlari, ozodalik, tartib va saramjonlikni aks ettiruvchi rasmlar, ozodalikka e’tibor bermaslik natijasida yuz berishi mumkin bo’lgan holatlar tasvirlangan rasmlar.


Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Rasmlardagi holatlarni do’stlari bilan muhokama qilish.
3. Qo’g’irchoqni olib uning ahvolini o’rganish.
4. Qo’g’irchoqni tartibga solish maqsadida reja tuzish.
5. Bajariladigan ishlarni tengdoshlari orasida taqsimlash.
6. Qo’g’irchoqni tartibga keltirish.
7. Olib borilgan faoliyatning o’zaro muhokama qilish.
Qo‘shimcha: «Moydodir» multfilmini namoyishetish. Qo’l yuvish hamda tish yuvish tartibi bilan tanishtirish va amaliyotda bajarib ko’rishni taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: faoliyatdan so’ng
tarbiyalanuvchilardagi o’zgarish, shaxsiy gigienaga e’tibor qaratilayotganligiga ahamiyat beriladi.
Til va nutq markazi
«Sen mening bir qismim» ta’limiy o’yini va rasm asosida o’z fikrini bayop etish
M aqsad: tana qismlarini aniq nomlashni, bir tana a’zosining va organlarning qaerda joylashganligini, bo’laklardan bir butunni hosil qilishni o’rganishadi.
Kerakli jihoz va materiallar: tana qismlari tasvirlangan rasmlar, inson tanasining yaxlit ko’rinishi.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Bilimlarini mustahkamlash.
3. Tana qismlarini o’z joylariga biriktirish.
4. Inson tanasini to’liq ko’rinishini hosil qilish.
5. Tayyor maketni do’stlari bilan tahlil qilish.
6. Faoliyat yakunida mavzu asosidagi fikrlari bilan do’stlashish.

Yüklə 95,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə