|
Farg’ona politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 26-20 tmj guruh talabasi Yoqubjonov Abdurasulning “Falsafa” fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi
|
səhifə | 1/8 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 20,7 Kb. | | #146940 |
| estetika va ta\'lim tarbiya.pptx Farg’ona politexnika instituti Mexanika-mashinasozlik fakulteti 26-20 TMJ guruh talabasi Yoqubjonov Abdurasulning “Falsafa” fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi Sog’lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllaring uzviyligi, estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari Reja; 1. 2. 3. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular: Bular: -kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; -jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish; -tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib boorish ko’nikmalarini hosil qilish; - o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; - ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|