Farg'ona okrugi reja


Farg‘onalik akademiklar [ tahrir ]



Yüklə 105,46 Kb.
səhifə8/13
tarix29.11.2023
ölçüsü105,46 Kb.
#140477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
FARG\'ONA OKRUGI

Farg‘onalik akademiklar [ tahrir ]


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti, Mehnat Qahramoni, ustoz, jamoat arbobi – Qori-Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich.
Adabiyotshunos olim, shoir, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi — Baki (taxallusi; asl ismi Mirzaabdulla Nasriddinov).
Tarixchi, sharqshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi – Yo‘ldoshev Muhammadjon Yo‘ldoshevich.
Fizik olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor – Ubay Orifov.
Gidrobiolog, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor – Muhammadiev Avliyoxon.
O‘zbekistonda zoologiya fanining tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor – Zohidov Tesha Zohidovich.
Iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi – Aminov Olim Mo‘minovich.
Oʻsimlikshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor – Saidov Joʻra.
Genetika olimi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi – Sodiqov Saodat Sodiqovich.
Infeksionist olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi – Musaboyev Ishoq Qurbonovich.
Tilshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, filologiya fanlari nomzodi – Komilova Hosiyat Komilovna.
Agronom, davlat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor – Muhammadjonov Mirzaali Valievich.
Teatrshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, san’at fanlari doktori, professor – Rahmonov Mamajon.
Matematik va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor – Sirojiddinov Sa’di Hasanovich.
Tilshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi – Abdurahmonov G‘anijon.
Tarixchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor – Aminova Rahima Hodievna.
Adabiyotshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori – Qayumov Azizxon Po‘latovich.
Adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor – Hayitmetov Abduqodir Xojimetovich.
Rangtasvir ustasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi – Qo‘ziboyev Ne’mat Mirzaboyevich.
Faylasuf, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor – Yusupov Erkin.
Faylasuf, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor – Xayrullaev Muzaffar Muhitdinovich.
Matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor – Farmonov Shokir Qosimovich.
Rangtasvir ustasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi – Tursunnazarov Yigitali.
Sharqshunos, manbashunos olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor – Ibrohimov Ne’matulla.
Kulol, sulolaning davomchisi, zamonaviy Rishton kulolchilik maktabining yirik vakili, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi – Yusupov Sharofiddin Isomiddinovich.
“Sado” korxonasi rahbari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Rahmonali Nortojiyev.
“O‘zbekiston xalq artisti”, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi – Sultonali Mannopov.
Vodiyning xaritadan ko‘rinishi bodom shaklida bo‘lib, shimoli g‘arbdan Mo‘g‘ultog‘, Qurama tog‘ tizmalari, shimoldan Chatqol tizmasi, sharqdan Farg‘ona tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tizmalari o‘rab turadi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 370 km ga cho‘zilgan, kengligi o‘rtacha 190 km, eng tor yeri — g‘arbida eni 9 km bo‘lib, «Xo‘jand darvozasi» deyiladi.



Yüklə 105,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə