Farg'ona okrugi reja


IQLIMI, SUVLARI, ТUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI



Yüklə 105,46 Kb.
səhifə2/13
tarix29.11.2023
ölçüsü105,46 Kb.
#140477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
FARG\'ONA OKRUGI

IQLIMI, SUVLARI, ТUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
Iqlimi. Farg‘ona tabiiy geografik okrugi turli tomondan tog‘lar bilan o‘ralganligi tufayli shimoldan, shimoli sharqdan esuvchi sovuq va g‘arbdan esuvchi nam havo massalarining bevosita o‘tishiga to‘siq bo‘ladi. Shu sababli uning iqlimi issiq, quruq, davomli yoz hamda mo‘tadil qish bilan tavsiflanadi.

Qishda tabiiy okrugning atrofini o‘rab olgan tog‘lardan esadigan sovuq havo Farg‘ona botig‘ining markaziy qismida to‘planib qoladi.


Okrugda qishin-yozin havo harorati g‘arbdan sharqqa tomon hamda markaziy qismidan adirlar tomon pasayib boradi: Qo‘qonda yanvarning o‘rtacha harorati –2,2°C, iyulniki +27,5°C bo‘lsa, Kampirravotda yanvarniki – 4,8°C, iyulniki +24,9°C ni tashkil etadi.


Ba’zi yillari shimol va shimoli sharqdan sovuq havo massalari esib, tog‘lardan oshib o‘tishi natijasida okrug harorati pasayib ketadi. Ana shunday paytda eng sovuq harorat –26 –30°C ga tushadi.


Okrugda yoz issiq va quruq bo‘lib, iyul oyining o‘rtacha harorati +26 +27°C, eng issiq harorat esa +43 +44°C ga yetadi. Okrugda o‘simliklarning barq urib rivojlanish davri (vegetatsiya) 230 — 240 kun davom etib, harorat yig‘indisi 4400-4500°C ga yetadi.


Farg‘ona tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida yog‘in miqdori 80-250 mm.


Okrugning sharqidagi tog‘oldi va adirlar qismiga yiliga 300-400 mm yog‘in tushadi. Okrugda yog‘inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to‘g‘ri keladi. Yog‘inning bir qismi qor holida yog‘ib, u bir yilda 30-38 kun erimay turishi mumkin. Bahor oylarida ba’zan jala yog‘adi va bu selni vujudga keltirib, xo‘jalikka zarar keltiradi.


Okrugda qishda kuchli Bekobod shamoli vodiydan Mirzacho‘l tomon essa, bahor va kuzda Mirzacho‘ldan vodiy tomon Qo‘qon shamoli esib turadi.




Suvlari. Okrugdagi eng katta va sersuv daryolar— Norin, Qoradaryo va Sirdaryo hisoblanadi.

Norin daryosining uzunligi 578 km bo‘lib, qor-muz suvlaridan to‘yinadi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi Uchqo‘rg‘on yaqinida sekundiga 427 m.kub. Suv sarfining 80 foizi mart-sentabr oylariga to‘g‘ri keladi.


Qoradaryo Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Тor va Qora G‘ulja daryolarining qo‘shilishidan vujudga kelib, Baliqchi qishlog‘ida Norin bilan tutashadi. Uning uzunligi 180 km bo‘lib, qor-muz suvlaridan to‘yinadi. Yillik o‘rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog‘i yonida sekundiga 123 m.kub bo‘lib, suv sarfining 46,4 foizi mart-iyun oylariga to‘g‘ri keladi.


Тabiiy geografik okrugning sharqidagi Farg‘ona tizmasidan Yassi, Ko‘gart, Qorao‘ngur, Moylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Ular qorlarning erishidan to‘yinadi, eng ko‘p suv oqimi bahorda sodir bo‘ladi.


Okrugni shimol va g‘arb tomonidan o‘rab olgan Chatqol va Qurama tog‘laridan Chodaksoy, Kosonsoy, Namangansoy, Chortoqsoy, Podshoota, Qorasuv kabi daryolar boshlanadi. Ularning suvi may-iyun oylarida ko‘payadi.


Okrugning janubidagi Oloy va Тurkiston tog‘laridan Xo‘jabaqirg‘on, Isfara, So‘x (uzunligi 130 km, suv sarfi sekundiga 42 m.kub), Shohimardon, Isfayramsoy, Aravonsoy, Oqbura, Qurshab kabi daryolar boshlanadi. Bu daryo va soylar muz va qorlardan suv oladi, yillik oqimining 60 foizga yaqini iyul — sentabr oylariga to‘g‘ri keladi.





Yüklə 105,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə