Farg‘ona Davlat Universiteti Texnalogik ta‘lim yo‘nalishi 22-19 guruh talabasi Turg‘unova Diyoraning O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayorlagan slaydi


Mustaqil davlatda inson shaxsiy huquq va erkinliklari tizimida tub islohotlar



Yüklə 465,64 Kb.
səhifə3/3
tarix07.03.2023
ölçüsü465,64 Kb.
#102028
1   2   3
Turg\'unova Diyora

Mustaqil davlatda inson shaxsiy huquq va erkinliklari tizimida tub islohotlar.

  • Inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻydi
  • Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qoʻllash amaliyoti takomillashtirildi.
  • Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yoʻnalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari oʻz ifodasini topgan.

Koʻrsatib oʻtish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin boʻlgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning oʻz huquq va erkinliklarini hech qanday toʻsiqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning masʼulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni taʼminlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining oʻzida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida oʻrin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Yüklə 465,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə