Fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 67,85 Kb.
səhifə1/5
tarix14.06.2023
ölçüsü67,85 Kb.
#117078
  1   2   3   4   5
AMIR TEMUR YER SUV



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI


KURS ISHI


MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA YER-SUV MUNOSABATLARI
Tayyorladi:_______________
Tekshirdi:________________
Toshkent – 2023
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………...………..3
1-Bob.Amir temur davlati yer-suv munosabatlari………………...………………....…6
1.1. Amir Temur davrida Movarounnahrdan tashqari barcha yerlarning suyurg’ol qilinishi va oldingi yer – suv boshqaruv tartiblarining saqlab qolinishi…………………………..…6
1.2. Amir Temur davrida mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor qaratilishi…………………………………………………………………………………...9
II – Bob. Sug’orish imoratlarining barpo etilishi...........................................................14
2.1 Temuriylar davrida yirik suyorish inshootlarining barpo etilishi..................................................................................................................................14
2.2 Alisher Navoiy, Xo’ja Ahror va boshqalarning yer suv masalalariga oid olib borilgan ishlar....................................................................................................................................20
XULOSA.............................................................................................................................24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati......................................................................................35

Kirish
Mavzuning dolzarbligi.Bugungi kunning o‘tkir va dolzarb muammolari bizdan zamonaviy taraqqiyotning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tahlil etish bilan birga, insoniyatning yaqin va olis tarixidagi boy tajribasini ham teran idrok etishni, shu asosda amaliy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda, ya’ni tarix tajribasi odamzod uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi ham ana shunday buyuk tajribalar manbaidir. Bu tarixning eng yorqin va shonli sahifalarini tashkil etadigan ulug‘ ajdodlarimiz haqida so‘z borganda, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning o‘lmas nomini birinchilar qatori tilga olishimiz tabiiy, albatta. Mana, qariyb yetti asrdirki, bu ulug‘ zotning shonu shuhrati, hayoti va faoliyatiga bo‘lgan qiziqish jahonning turli mamlakatlarida tobora ortib bormokda.
Shuni ta’kidlash joizki, ulug‘ ajdodimizning o‘zi yashagan zamonga, shu davrda Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan, juda katta tarixiy ahamiyatga ega o‘zgarishlarga olib kelgan voqea-hodisalarga hal qiluvchi ta’siri, uning bu jarayonlardagi roli nainki tarixchi va siyosatchilar, harbiy ilm mutaxassislari, balki badiiy ijod ahlining ham diqqat-e’tiborini hali-hamon o‘ziga jalb etib kelmoqda. Bu benazir zotning qanday milliy zamin va tarixiy sharoitda o‘sib-ulg‘aygani, qay tariqa shunday yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgani, zafarli yurishlari haqida, uning nafaqat davlat arbobi va yengilmas sarkarda, ayni vaqtda inson sifatidagi fazilatlari, ichki dunyosi va kechinmalari haqida Sharq davlatlari bilan birga olis Yevropada–Buyuk Britaniya, Frantsiya, Ispaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda ham bundan necha yuz yillar avval ko‘p-ko‘p ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani yaxshi ma’lum.

Yüklə 67,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə